Research and publications



Download 10,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/217
Sana23.07.2022
Hajmi10,45 Mb.
#841807
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   217
Bog'liq
“TA’LIM FIDOYILARI” JURNALI. 4-SON

MUAMMOLI O‟QITISH 
Xalimova Sohibaxob Abdurahimovna
Farg‘ona shahar 29-umumiy o`rta
ta`lim maktabi o‘qituvchisi. 
Tel:+998
 90-634-31-70 
Abdumalikova Muborakxon Abduborik qizi 
Farg‘ona davlat universiteti talabasi 
Tel:+998
 93-970-55-95 
Annotatsiya: 
Mazkur maqolada ta‘lim jarayonida muammoli o‘qitish 
texnologiyasiga asoslangan o‘qitish metodlari to‘g‘risida fikr yuritilgan. Muammoli 
o‘qitish tarixi,o‘qitish usullari, maqsad va vazifa, natijalari tahlil etilgan. 
 
Kalit so‟zlar:
,innovatsion, kommunikatsiya, tadqiqot, suqrotona, repraduktiv, 
ob‘yekt, intellektual 
 
―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi qonun, ―Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖da ta‘lim 
muassasalarida ta‘lim sifati va samaradorligini ta‘minlashda zamonaviy pedagogik, 
innovatsion va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayoniga tatbiq 
qilish ustuvor vazifa sifatida e‘tirof etilgan. Bu hujjatlarda ko‘rsatilgan yo‘l-yo‘riqlar 
yosh avlodni har tomonlama barkamol, ma‘naviyatli, har qanday kasb egalarini ijodiy 
va ijtimoiy faollik, ijtimoiy siyosiy hayotda mustaqil qatnasha olish qobiliyatlariga ega 
qilib tarbiyalashga xizmat qiladi. Bunday vazifalarni bajarishga zamonaviy pedagogik 
texnologiyalarning ahamiyati ham o‘ta salmoqlidir. Ijtimoiy hayotdagi mafkuraviy 
jarayonlar pedagogik voqelikni aks ettiradigan ta‘limiy faoliyat loyihalarini 
asoslaydigan fan sohasi, tasavvurlarini qamrab olmasdan iloji yo‘q. Yangi pedagogik 
bilimlar ko‘lami ―Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖ talablari asosida kengayib 


336 
bormoqda, tadqiqot yo‘nalishlari erkin shaxsni shakllantirish muammolariga 
qaratilyapti.
Bugungi kunda ta‘lim-tarbiya jarayonida ta‘limning turli o‘qitish metodlaridan 
unumli foydalanish muhim ahamiyatga ega. Shu bois ham biz ta‘lim jarayonida 
muammoli o‘qitish texnologiyasiga asoslangan o‘qitish metodlari to‘g‘risida baholi 
qudrat fikr bildirmoqchimiz. Muammoli ta‘limni amerikalik pisixolog D.Dyui 1894 - 
yilda Chikagoda tashkil etgan tajriba maktabida qo‘llagan.XX asrning 60-yillarida bu 
yo‘nalishda tadqiqotlar olib borildi. 70-80- yillarga kelib,amaliyotga keng joriy etild. 
O‘zbekistonda muammoli ta‘limni qo‘llash bo‘yicha bir necha asrlar davomida
maktab va madrasalarda suqrotona savol-javob usulidan keng foudalanish asosida 
o‘quvchilarda ziyraklik,hozirjavoblik sifatlari hamda go‘zal nutq tarkib toptirilgan. 
Muammoli vaziyatlarni hal qilish asosida hosil qilingan dars jarayono muammoli 
ta‘lim deyiladi. Ayni paytda har qanday o‘quv maskanlarida muammoli o‘qitish 
texnologiyasi samarador hisoblanadi. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va 
tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirish bo‘lib, u ijodiy, faol shaxs tarbiyasi 
maqsadlariga mos keladi. Bundan tashqari o‘quvchining mustaqilligi o‘qitishning 
repraduktiv shakllariga nisbatan tobora o‘sib boradi. Muammoli o‘qitishning 
mohiyatini o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning o‘quv ishlarida muammoli vaziyatini 
vujudga keltirish va o‘quv vazifalarini, muammolarini hamda savollarini hal qilish 
orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirish bo‘yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish 
tashkil etadi. Muammoli ta‘lim texnologiyalari-o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va 
jadallashtirishga asoslangan. O‘qitishning har qanday harakati asosida inson faoliyatini 
muayyan qonuniyatlari, shaxs rivoji va ular negizida shakllangan barcha fanlarning 
tamoyillari va qoidalari yotadi. Insonning bilish faoliyati jarayoni mantiqiy bilish 


337 
ziddiyatlarini hal qilishda obyektiv qonuniyatlari, didaktik tamoyil-muammolilikka 
tayanadi. 
Muammoli vaziyatni yechishda qo‘llaniladigan usullar: 
-
Muammoni turli nuqtai nazardan o‘rganish, tahlil qilish; 
-
Solishtirish, umumlashtirish; 
-
Dalillarni aniqlash va qo‘llash; 
-
Vaziyatga bog‘liq xulosalar chiqarish; 
-
O‘quvchilarning o‘zlari aniq savollar qo‘yishi va boshqalar.
Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq tashkil 
etiladigan o‘ziga xos o‘qitish sharoitida yuzaga keladi. Shuningdek, o‘rganilgan 
mavzular xususiyatlardan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus 
usullarini ishlab chiqish zarur. Shunday qilib, o‘qitishda muammoli vaziyat shunchaki 
―fikr yo‘lidagi kutilmagan to‘siq‖ bilan bog‘langan aqliy mashaqqat holati emas. U 
bilish maqsadlari uchun maxsus taqozo qilingan aqliy taranglik holatidir. Bunday 
vaziyat negizida avval o‘zlashtirilgan bilim izlari va yangi yuzaga kelgan vazifani hal 
qilish uchun aqliy va amaliy harakat usullari yotadi. Bunda har qanday mashaqqat 
muammoli vaziyat bilan bog‘liq bo‘lavermasligini ta‘kidlash o‘rinli bo‘lardi. Yangi 
bilimlar avvalgi bilimlar bilan bog‘lanmasa, aqliy mashaqqat muammoli bo‘lmaydi. 
Bunday mashaqqat aqliy izlanishni kafolatlaydi. Muammoli vaziyat har qanday 
fikrlash mashaqqatlaridan farq qilib, unda o‘quvchi mashaqqat talab qilgan ob‘yekt 
(tushuncha, fakt) ning unga avval va ayni vaqtda ma‘lum bo‘lgan vazifa, masala 
bo‘yicha ichki, yashirin aloqalarini anglab yetadi. Muammoli vaziyatning mohiyati 
shundaki, u o‘quvchiga tanish bo‘lgan ma‘lumotlar va yangi faktlar hodisalar (ularni 
tushunish va tushuntirish uchun avvalgi bilimlar kamlik qiladi) o‘rtasidagi ziddiyatdir. 


338 
Bu ziddiyat bilimlarni ijodiy o‘zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuchdir. 
Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilardir:
- o‘quvchida notanish faktning mavjud bo‘lishi;
-vazifalarni bajarish uchun o‘quvchiga beriladigan ko‘rsatmalar, yuzaga kelgan bilish 
mashaqqatini hal qilishda ularning shaxsiy manfaatdorligi.
Muammoli vaziyatdan chiqa olish hamma vaqt muammoni, ya‘ni – nima 
noma‘lum ekanligini, uning nutqiy ifodasi va yechimini anlash bilan bog‘langan. 
Muammoli vaziyatni fikriy tahlil qiladigan bo‘lsak, u avvalambor, o‘quvchilarning 
mustaqil aqliy faoliyatidir. U o‘quvchini intellektual mashaqqat keltirib chiqargan 
sabablarini tushunishga unga kirish, muammoni so‘z bilan ifodalash, ya‘ni- faol fikr 
yuritishni belgilashga olib keladi. Bu o‘rinda izchillik yorqin ko‘rinadi; avvalo, 
muammoli vaziyat yuzaga keladi, so‘ng o‘quv muammosi shakllanadi. O‘qitish 
jarayonida o‘quv muammosining muhim belgilari ham mavjud. O‘quv muammosining 
muhim belgilari quyidagilar:
-yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladigan noma‘lumning qo‘yilishi;
-o‘quvchilarda noma‘lumni topish yo‘lida izlanishni amalga oshirish uchun zarur 
bo‘lgan muayyan bilim zaxirasining bo‘lishi.
O‘quv muammosini yechish jarayonida o‘quvchilar aqliy faoliyatning muhim 
bosqichi uning yechilishi usulini o‘ylab topishga oid farazlar, g‘oyalar qo‘yish hamda 
uni asoslashdir. O‘quv muammosi muammoli savollar bilan izchil rivojlantirib boradi 
va bunda har bir savol uning hal qilinishida bir bosqich bo‘lib xizmat qiladi. 
Muammoning tarkibiy qismlari, ma‘lum va noma‘lumning o‘zaro munosabati 
xarakteri bilimga bo‘lgan ehtiyojni keltirib chiqaradi va faol bilishga bo‘lgan


339 
izlanishga undaydi. Ta‘kidlash joizki, muammoli o‘qitishning zaruriy sharti 
o‘quvchilarda haqiqatni va uning natijasini izlash jarayoniga bo‘lgan ijodiy 
munosabatni vujudga keltirish hisoblanadi. Muammoli o‘qitish bilimlarni ongli va 
mustahkam o‘zlashtirish, atrof-muhitga o‘zining faol munosabatini belgilab olishda 
o‘quvchilar bilish faoliyatini jonlantirishda katta imkoniyatlarga ega. Muammoli 
o‘qitishda o‘qituvchi o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etadi, shundagina 
o‘quvchilar fanlarni tahlil qilish asosida mustaqil ravishda intellektual mashaqqatlarni 
hal qilish, xulosa chiqarish va umumlashtirish, qonuniyatlarni shakllantirish, qo‘lga 
kiritilgan bilimlarni yangi vaziyatga tatbiq etishga intiladi. Muammoli o‘qitish 
natijasida o‘quvchilarda bilimlarga mustaqil erishish qobilyati shakllanadi hamda 
mavzu bo‘yicha turli g‘oyalar topish va uni isbotlash orqali yangi aqliy harakat 
usullarini topadi, bilimlarni bir muammodan boshqasiga ko‘chirish ko‘nikmasi hosil 
bo‘ladi. O‘quvchilarda diqqat va tasavvurlari rivojlanadi, o‘quv materialllarini idrok 
qilish orqali ularning bilish faolligi oshadi. Shunday qilib, muammoli o‘qitishning 
vazifasi o‘quvchilar tomonidan bilimlarni puxta o‘zlashtirish va aqliy hamda amaliy, 
mustaqil faoliyatlarini samarali bo‘lishiga hamkorlik qilish, ularda yangi vaziyatda 
olingan bilimlarni ijodiy qo‘llash malakasini xosil qilishdir.Dars jarayonlarida 
o‘qituvchining muammoli topshiriqlardan foydalangan holda darslarni tashkil etish-
o‘quvchilarning mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini oshirish bilan birga tashabbuskorlik 
tuyg‘ulari ortib, o‘quvchilar oz‘o‘zini boshqaruvi amalga oshadi, yaratuvchanlikka 
undaydi, yaratuvchanlikni o‘qgangan bola boshqa har qanday sohaga hech 
qiyinchiliklarsiz erishadi. 

Download 10,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish