Research and publications



Download 10,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/217
Sana23.07.2022
Hajmi10,45 Mb.
#841807
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   217
Bog'liq
“TA’LIM FIDOYILARI” JURNALI. 4-SON

OILA - MUQADDAS DARGOH 
Buxoro shahar 18-umumiy o’rta ta’lim maktabi 
Huquq va Tarbiya fani o’qituvchisi 
Rustamova Nigora 
Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi 
Nazarova Maloxat Usmonova 
Annotatsiya
 Maqolada oila tushunchasining jamiyatda tutgan o'rni va ahamiyati, 
zamonaviy dunyo olimlarining oila tushunchasiga munosabatlari va G'arb va Sharq 
mamlakatlarida oilaning ahamiyati haqida batafsil so'z yuritiladi.
Kalit so'zlar
 Oila, jamiyat, ma'naviyat, xavfsizlik, ijtimoiy mavqe, davlat, muaqaddas 
tushuncha.
Annotation
 The article discusses in detail the role and importance of the concept of 
family in society, the attitude of modern world scholars to the concept of family and 
the importance of the family in Western and Eastern countries. 
Key words
 Family, society, spirituality, security, social status, state, sacred concept. 
Аннотация
 В статье подробно рассматрєваются роль є ѓначенєе концепцєє 
семьє в обществе, отношенєе современных мєровых ученых к концепцєє 
семьє є ѓначенєе семьє в странах Запада є Востока. 
Ключевые слова
 Семья, общество, духовность, беѓопасность, соцєальныѕ 
статус, государство, сакральное понятєе. 
Oila – nafaqat bir yurtning, balki umuminsoniyatning katta siyosati. Aytish 
o'rinliki, oila – davlat siyosati. Nega deganda, bashariyatning tirikligi, uzluksizligi – 
oiladan! Axir olamning eng birlamchi va bevosita vazifasi, bir so'z bilan aytganda, 


328 
muqaddas vazifasi – insoniyatning zanjirini sog’lom avlodlar bilan ulab borishdan 
iborat-ku! Bu – hamma millat, hamma davlar, hamma xalqlar zimmasidagi sharafli 
vazifa. 
Sharqda oila qadim-qadimdan muqaddas qo’rg’on hisoblangan. O’zbek oilalarning
serildizlik, serbutoqlik xususiyatlari qadim-qadimdan va hozir boshqa millat 
kishilarida ham hayrat, ham hurmat uyg’otgan xususiyatdir. O’zbek oilasida ayol, ona 
ana shu qo’rg’onning posponlari, oilaning muqaddasligini taminlovchi mo’tabar 
insonlardir. Muqaddas islom ta’limotida oila mustahkamligi borasida ko‘rsatmalar 
kelgan. Qur’oni karimda, hadislarda ayol- onani ulug’lash kerakligi haqida ko’plab 
ibratli ko’rsatmalar bor. Ularning hammasi ayol- onaning oilada tutgan o’rnidan kelib 
chiqib aytilgan, albatta. Negaki, dunyoga yangi kelgan farzand uchun oila - ilk tarbiya 
maskanimaskani. Jamiyat oila a'zolarining, shu jumladan, katta oila deb 
hisoblanadigan odamlarning rollariga ta'sir qiladi. Zamonaviy dunyo olimlari oila 
quyidagi 6ta vazifani bajarishini qayd etishgan: 
1. Asosiy ehtiyojlar - oziq-ovqat, suv va boshpana zamonaviy jamiyatdagi oilalar 
tomonidan ta'minlanadi. 
2. Qabul qilish va qabul qilish - zamonaviy zamonaviy jamiyatda oilaviy tuzilmalar har 
kuni birgalikda oilaviy hayotda ishtirok etadigan oila a'zolarini qo'llab-quvvatlaydi va 
qabul qiladi. Ushbu ehtiyojlarni qondirish oilalarning aqliy va hissiy farovonligi uchun 
juda muhimdir. 
3. Moliyaviy xavfsizlik - zamonaviy jamiyatdagi oilalar oila a'zolari tarkibidagi barcha 
oila a'zolarining moliyaviy farovonligiga hissa qo'shadilar. Bu shuni anglatadiki, 
kundalik oilaviy hayotni baham ko'radigan oilaning barcha a'zolari moliyaviy 
ehtiyojlari doimo qondirilishiga amin bo'lishlari mumkin. 
4. Qo'llab-quvvatlash tizimi - oila a'zolari jamiyatda va kundalik hayotda 
qiyinchiliklarga yordam beradigan o'rnatilgan qo'llab-quvvatlash tizimini taqdim 
etadilar. 


329 
5. Sog'liqni saqlash uchun foydalar - sizning jismoniy va ruhiy salomatligingiz uchun 
sog'lig'ingiz va farovonligingiz haqida g'amxo'rlik qilishda sizga yordam beradigan 
odamga ega bo'lish - bu zamonaviy oilaning yana bir afzalligi. 
6. Jamiyat foydalari - qo'llab-quvvatlovchi va barqaror oilalardan chiqqan odamlar 
ko'pincha ko'proq jamoaga hissa qo'shadilar va natijada mustahkam mahallalar va 
oilalarni yaratadilar. 
Biroq aytish kerakki, oila tushunchasi biz o'zbeklarda yuqorida sanalgan 6 vazifadan 
ko'proq ma'no anglatadi. G'arb dunyosi oilaga ijtimoiy hodisa sifatida yondashishsa, 
Sharqliklar esa oilani undan muqaddasroq tushuncha va dargoh sifatida bilishadi. 
Shuningdek, oila tushunchasi ta'limda hal qiluvchi rol o'ynaydi, chunki u hayot va 
jamiyatning turli sohalari bilan bog'liq e'tiqodlarni kuchaytiradi. Ota-ona 
munosabatlari yaxshi bo'lishi bolalarga ta'lim va hayot darslarining muhimligini 
tushunishga yordam beradi. Hayot davomida ijtimoiy, hissiy va akademik elementlar 
bilan bog'liq bo'lgan, yadroviy oila a'zolariga oiladan tashqaridagi odamlarni bog'lash 
va tanishtirishga yordam beradigan saboqlar mavjud. Oila ijtimoiylashuvning muhim 
jihati va jamiyat o'sishiga ta'sir qiladi. Oilalar jamiyatga hissa qo'shadigan 
qadriyatlarni rivojlantiradi.
Yuqorida oila – nafaqat bir yurtning, balki umumisoniyatning katta siyosati, aytish 
kerakki – davlat siyosati, dedik. Shuning uchun ham dunyoda necha xil millat, necha 
xil mamlakat bo’lsa, ularning nashr etgan behisob adabiyotlari ichida oila, oilaviy 
munosabatlar, oilaning jamiyatda tutgan o’rni xususida alohida varaqlardan tortib, 
kodekslargacha uchratish mumkin. Oila muqaddas va buyuk ne’mat hisoblangani 
uchun ham juda ko’p donishmandlar oilani tuzishni mamlakatni tashkil qilish kabi 
muhim deb biladilar. Oilaning barqarorligi va baxtli hayoti – shu mamlakatning yuzi, 
obro’yi deb qaraladi. Taraqqiy etgan davlatlarning o’z mamlakatlarida oilaga bunday 
katta e’tibor berishi turli yo’llar bilan uning nufuzini ko’tarishga intilishi also bejiz 
emas. 
Bizda oilalar qurayotganda an’anaviy ko’rsatmalarga amal qilinadi. Asrlar davomida 
ma’naviyatimiz boyib borayotganiga, oilalarimiz mustahkamligiga bu ko’rsatmalarning 
insonparvarligi umrboqiyligi sabab bo’layotgani ham sir emas. Yaxshi oila xushxulqli, 


330 
iymonli solih kishilarni ibratli insonlarni tarbiyalaydi. Voyaga yetgan har bir kishi oila 
to’g’risida yaxshi ko'rsatma, yo’riq, tuzuk, qonun-qoidalarni yaxshi bilishi lozim. Ana 
shu bilim va istak ularning o’z oilalarini ko’rkam tuzuvlariga shu kichkina 
mamlakatlarni to’g’ri boshqaruvlarga yordam beradi. Oilada rohatli umr kechirish- 
barakotli umr kechirish demakdir. Bordi-yu oila tuzuk bo’lmasa, tarbiyaga ham e’tibor 
berilmasa, qancha buyuk bo’lsa ham, bunday millat dunyoda uzoq yashay olmaydi. 
Buni donishmandlar ko’p ta’kidlashgan; “Millatlar sharafini yuqori martabaga 
ko’taradigan narsa milionlar ila sanaladigan askarlar-u, dunyoda eng oz e’tibor 
bermasdan qoladiganimiz – oiladir. Oila nizomsiz bo’lsa, uning yomon oqibati butun 
millatga ta’sir etadi va shu sababdan fazilat yeriga razolat, taraqqiyot o’rniga tubanlik 
negiz quradi… Agar bir millatga bunday hol ro’baro’ kelsa, u millat kitobning so’nggi 
varag’i ochiladi…” 
Garchi oila turmushni iqtisodiy tashkil etuvchi ilk uyushma sifatiga ibtidoiy davrlardan 
boshlab mavjud bo’lib kelayotgan bo’lsa ham, davrlar o’tishi, “zamonlar o’zgarishi” 
bilan oilaning maqsad va vazifalari ham o’zgarib, tobora takomillashib boraveradi. 
Oiladagi sog’lom ma’naviy muhit bolani jamiyatda o’z o’rnini topishga, muomala 
qilishga, faoliyat yuritish, kasb-hunarli bo’lish, odob-axloq qoidalariga bo’ysinishga 
o’rgatadi. U avvalo yurish-turishi, odamlar bilan muomalasi, yolg’on gapirmasligi, 
lafzida turishi, va’dasiga vafo qilishi bilan o’rnak bo’ladi. Ota bolalar bilan 
suhbatlashishga vaqt topishi, ularning qiziqishlariga alohida e’tibor qaratishi, lozim
bo’lsa qo’llab-quvvatlashi kerak. Ayol qudrati, uning oiladagi ishtiroki
erkaklar bilan tengligini namoyon qilishda emas, balki nazokat va mehr-shavqatga, 
o’ziga xos iffat, kiyinish odobi, kishilar bilan munosabatda iboli, andishali bo’lish kabi 
axloqiy sifatlardadir. Shuning uchun qizlar tarbiyasi va ma’navit kamolotiga faqat oila 
davrasida emas, jamiyat nuqtai nazaridan e’tibor kerak. Qizlar oilda, jamoat joylarida 
yurish-turishi, singari odobning nozik tomonlariga o’rgatalishi kerak.Ona zimmasidagi 
bu mas’uliyat natijasi farzandlar farzandlar ulg’ayganida, ularning xatti-harakatida, 
q’oni-qo’shnichilikda, atrofdagi insonlar bilan ijtimoiy munosabatlarda o’z aksini 
topadi.


331 
Shu o'rinda, o'z fikrlarimizga yakun yasar ekanmiz, davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoyev 
shunday deydi: «Oila men uchun muqaddas. Muqaddasligi shuki, avvalambor qayerda 
ishlashidan qat’i nazar, kim bo‘lishidan qat’i nazar agar oilada tarbiya, oilada muhit, 
oilada halollik, munosabat, tarbiyaga alohida e’tibor bermasa, hech qachon natija 
bo‘lmaydi. Shuning uchun men farzandlarimning tarbiyasiga juda katta e’tibor 
beraman. Har bir farzandimga ham, nevaramga ham alohida o‘zimning munosabatim 
bor. Har bir nevaramning alohida xarakterini bilaman, orzusini, istagini bilaman», — 
dedi u. «Odam baxtliman deyishga qanchalik haqqi bor? Agar oilang bilan sen baxtli 
bo‘lsang, baxtliman deyishga haqqing bor. Faqat oilam emas, xalqim baxtli bo‘lsa men 
o‘zimni baxtli deb bilaman», — deya ta’kidladi prezident. 

Download 10,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish