Research and publications


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 10,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/217
Sana23.07.2022
Hajmi10,45 Mb.
#841807
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   217
Bog'liq
“TA’LIM FIDOYILARI” JURNALI. 4-SON

Foydalanilgan adabiyotlar 


310 
1. O‘zbekiston Respublikasining ―Taʼlim toʼgʼrisida»gi Qonuni, 1997-yi, 29- 
avgust.
2. O‘zbekiston Respublikasining ―Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖, 1997-yi, 29-
avgust.
3. Y. G‘ulomov ―O‘zbek tili o‘qitish metodikasi‖ Toshkent-1998-yil. 
4. Barkamol avlod orzusi- Toshkent.: 1999, 205- b. 10. Azizxodjayeva N.H 
―Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat‖- Toshkent.: TDPU, 2017, 174 bet. 
5. Boshlang‗ich ta‘lim Konsepsiyasi, Boshlang‗ich ta‘lim jurnali. Toshkent, 2013. 


311 
ONA TILI FANINI O‘QITISHING DOLZARB MUAMMOLARI VA UNI HAL 
QILISH CHORALARI. 
Pop tuman xalq ta‘limi bo‘limiga qarashli 
41-maktabning director o‘rinbosari, 
Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, 
Nabiyeva Diloram O‘ktamovna. 
Annotatsiya: Ushbu maqolada ona tili fanini o‘qitishda yuzaga kelayotgan 
muammolar, ularni hal qilish usullari va choralari tog‘risida so‘z yurtiladi shu bilan 
birgalikda bu muammolar ustida olb borilgan davra suhbatidan ozma-oz na‘muna ham 
keltirib o‘tilgan. 
Kalit so‘zlar: og‘zaki va yozma nutq, reproduktiv ta‘lim, qo‘shma gap, uyushiq 
kesimli soda gap, to‘ldiruvchi, hol. 
Ma‘lumki, o‘zlikni anglash, 
milliy ong va tafakkurning ifodasi, 
ajdodlar orasidagi ruhiy-ma‘naviy 
bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi.
Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbida,
avvalo, ona allasi, ona tilining 
betakror jozibasi bilan singadi. 
Ona tili – bu millatning ruhidir. 
I.A. Karimov. 
Istiqlol yillaridagina ona tilidan ta‘lim mazmuni, maqsadi va usuli masalasi kun 
tartibiga qo‗yildi va hal etildi. Bu ulkan yangilik bo‗ldi. Ta‘lim mazmuni ona tilining 
tabiatidan kelib chiqilgan nazariy bilimlar silsilasidan tashkil topdi. Ta‘lim maqsadi 
―o‗quvchilarning og‗zaki va yozma nutqini takomillashtirish, fikr mahsulini og‗zaki va 


312 
yozma shakllarda nutq sharoitiga mos ravishda to‗g‗ri ifodalash malakasini 
shakllantirish‖ mazmunini oldi. Ta‘lim usuli esa reproduktiv(qayta bayon qilish)dan 
kognitiv-pragmatik (mustaqil va ijodiy fikrlash va uni nutq sharoitiga mos ifodalash)ga 
o‗tdi. Buni ona tili ta‘limi tarixidagi bemisl hodisa sifatida baholash mumkin. 
Albatta, har qanday muammoning yechimi yangi muammolarni vujudga keltiradi. 
Aslida, taraqqiyot mantig‗i mana shunda. Ona tili ta‘limi ham bundan mustasno emas. 
Keraksiz nazariy masalalarga behad chuqur kirib ketilganligi, grammatika ta‘limiga 
ustunlik berilib, so‗z ta‘limi keyingi o‗rinlarga tushib qolganligi, darsliklardagi 
xatoliklar, nazariy chalkashliklar, o‗quvchi egallagan ko‗pgina bilimlarning aslida 
kompetensiyaviy mohiyatga ega emasligi kabilar bugun ona tili ta‘limidagi 
muammolardandir.
Istiqlol farzandining ta‘lim-tarbiyasi, jumladan, ona tili ta‘limi murakkab va serqirra 
jarayon, uni davr talablariga javob beradigan darajada amalga oshirish ko‗p omillarga 
bog‗liq. Bunda davlat siyosati (davlat tomonidan yaratilgan shart-sharoit), o‗quv 
qurollari(darslik, qo‗llanma sifati, saviyasi), ularning mazmunini o‗quvchi ongiga 
singdirishda qo‗llanadigan usul va vositalar (texnik, ashyoviy va hokazo), ta‘limni 
amalga oshiradigan shaxs(o‗qituvchi)ning kasbiy mahorati, shaxsiyati(jonkuyarligi, 
vijdoni va hokazo), o‗quvchining qobiliyati(zehni, xotirasi), uquvi, tarbiyasi hal 
qiluvchi ahamiyat kasb etadi. 
Darsliklarimizda tilimizning turkona tabiatiga xos bo‗lmagan qoidalar ham yashab 
kelayotgani yaxshi emas. Ulardan voz kechish kerak. Tilimiz qat‘iy qoliplarga ega. 
Masalan, ona tili darsliklarida biror qoida tushuntirib kelinadi-da, eslatma deb unga 
―sig‗maydigan‖ ba‘zi ―istisno‖ holatlar keltiriladi. Holbuki, o‗zbek tilining fonetik, 
morfologik, sintaktik, leksik qonuniyatlari juda qat‘iy. O‗zbek tilining o‗ziga xos 
qonuniyatlarini sof saqlashimiz, darsliklar mazmunini shu jihatdan takomillashtirib, 
istisnolardan xalos qilib borishimiz kerak. 
Ona tili fanining asosiy maqsadi to‗g‗ri va ravon so‗zlaydigan, bexato yozadigan 
savodxon shaxsni yetishtirishdir. Qayta-qayta nashr qilinayotgan darsliklarimizda ham 
asosan jahon tajribasidan kelib chiqib, o‗quvchini mustaqil ishlashga o‗rgatishga, matn 
tuzish qobiliyatini shakllantirishga urg‗u berilmoqda. Har bir yangi nashrda 
darsliklarning xatolari tuzatib borilmoqda. Adabiyot darsligi taqrizchilaridan biri 
sifatida shuni aytishim mumkinki, har bir yangi nashrdan oldin katta bir ishchi guruhi 


313 
darsliklarni qayta tekshiruvdan o‗tkazadi. Har bir sahifa bittalab o‗rganib chiqiladi. 
Hattoki nashriyotlarda musahhihlarning yetishmasligi bois, imloviy, ishoraviy, uslubiy 
xatolarni ham o‗qituvchilar to‗g‗rilashyapti. Shunda ham ba‘zan juz‘iy kamchiliklar 
o‗tib ketadiki, bu OAVda tanqidiy chiqishlarga sabab bo‗lmoqda. 
Ayniqsa, ona tili darsliklaridagi ba‘zi mavzular biz o‗qituvchilarni ham qiynab 
qo‗ymoqda. Jumladan: 
– 8-sinf darsligida qo‗shma gap sifatida keltirilgan birlikning akademik litsey 
darsligida uyushiq kesimli sodda gap sifatida berilgani; 
– ajratilgan bo‗laklar ichida ajratilgan kesim istilohi yo‗q bo‗la turib (8-sinf), litsey 
darsligida uning ham ajratilishi haqidagi fikrning berilishi; 
– to‗ldiruvchi va holning aniq chegarasi yo‗qligi; 
– qo‗shma fe‘l bilan ifodalangan kesimning ot kesim yoki fe‘l kesimligi muammosi; 
– fe‘l kesimning sof fe‘l bilan ifodalanishi aytilganiga qaramay, ravishdosh bilan 
ifodalanishiga misol keltirilishi; 
– alla- va -dir qo‗shimchalari bilan yasama olmosh hosil bo‗lishi haqidagi fikr; 
– ravishning yasalishi muammolari; 
– harakat nomining so‗z birikmasida fe‘lli birikmani, gap bo‗lagi bo‗yicha ot kesimni 
shakllantirishi va hokazolar. 
Sanayversak, anchagina. Bunday chalkashliklarning yechim yo‗llari bor, albatta. 
Bizningcha: 
– darslik yozayotgan mualliflar birlashib, yagona fikrga kelishlari kerak; 
– terminlarni qo‗llashda bir xillikka erishish lozim; 
– o‗ta chuqur, ilmiylashib ketgan qoidalarni soddalashtirish kerak; 
– maktab darsliklarini yaratishga metodist o‗qituvchilarni, ha, aynan, maktabda dars 
beradigan, bir necha yil maktab ―havosini olgan‖ va o‗quvchi yoshi, psixologiyasini 
hisobga olgan holda mavzu tanlay oladigan o‗qituvchilarni jalb qilish kerak. 


314 
Tinish belgilari – punktuatsiya bo‘limining darsliklarda sochib tashlanganligi. Ha, 
aynan sochib tashlangan, bo‘linmagan. Chunki nuqta, undov, so‘roq belgilari 5- sinfda, 
shartli nomlarning qo‘shtirnoq bilan yozilishi 6-sinfda, tire, ikki nuqta, nuqtali vergul, 
vergul belgilari 9-sinfda uchraydi. Qolgan tinish belgilari to‘g‘risida ma‘lumot 
umuman yo‘q. Ko‘p nuqta, qavs belgilari qachon qo‘yilishi haqida esa o‘quvchilarda 
tushunchaning o‘zi mavjud emas. O‘quvchilar yuqoridagi tinish belgilarini 
bilmaganliklari sababli ham yozma ishlar olishda, nazorat ishlarida juda ko‘plab 
xatolarga yo‘l qo‘ymoqda. Nahotki, biror sinf darsligida tinish belgilari va ularning 
qo‘llanilishi uchun dars soatlari ajratilmasa! Pedagog kadrlarning an‘anaviy usuldagi 
darslardan voz kecholmaganliklari. Bu muammoni istagan ta‘lim muassasasida 
uchratishimiz mumkin. O‘qituvchilar hali hamon ko‘chirib yozish, mashq bajarish, 
savolga javob berish kabi usullardan foydalangan holda dars o‘tmoqdalar. Ko‘pchilik 
o‘qituvchilar kompyuter texnologiyalaridan foydalanishni bilishmaganligi yoki 
maktablarda darsni zamonaviy usulda o‘tishning iloji yo‘qligi uchun ham an‘anaviy 
usullardan foydalanishmoqdalar. Sinflarda o‘quvchilar sonining ko‘pligi ham 
an‘anaviy usulning umrini uzaytirmoqda. Bir xil vazifa bajaradigan, har darsda 
savolga javobni kitobdan bir amallab o‘qib beradigan, mashqni ko‘chirib kelganligi 
uchun baho oladigan o‘quvchilarning soni ortib bormoqda. O‘quvchilarni darslarga 
qiziqtira olmay qoldik so‘nggi yillarda. O‘quvchilarni darsga jalb qilish uchun ham 
zamonaviy pedtexnologiyalardan foydalanishimiz kerakligi bugungi kun ta‘lim 
tizimimizning asosiy vazifalaridan biri sanaladi. Yuqorida sanab o‘tilgan 
muammolarga yechim topilmas ekan, ona tilimizning sofligini saqlab qolishimiz, 
tilimizga bo‘lgan faxr – iftixor tuyg‘ularini o‘quvchilar ongiga singdirishimiz qiyin 
bo‘ladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
1. Khodjamkulov, U., Botirova, S., Shofkorov, A., & Abdirimova, I. (2020). Bases of 
Organizing Cooperation between Educational Institutions through Clusters (on the 
Example of the Education System of Uzbekistan). Journal of Critical Reviews, 7(12), 
166-169. 
2. Khodjamkulov, U., Makhmudov, K., & Shofkorov, A. (2020). The Issue of 
Spiritual and Patriotic Education of Young Generation in the Scientific, Political and 


315 
Literary Heritage of Central Asian Thinkers. International Journal of Psychosocial 
Rehabilitation, 24(05), 6694-6701. 
3. Shaykhislamov, N. (2020). The Significance and Significance of Modern Linguistic 
Trends in Uzbek Linguistics. International Journal of Progressive Sciences and 
Technologies, 16-18. 
4. Davr va ona tili ta‘limi muammolari (davra suhbati) 


316 


Download 10,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish