Research and publications


O„zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi



Download 10,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/217
Sana23.07.2022
Hajmi10,45 Mb.
#841807
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   217
Bog'liq
“TA’LIM FIDOYILARI” JURNALI. 4-SON

O„zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi 
Harbiy-texnik Instituti 133 guruh kursanti 
 Qurbonov Umidjon G‟ayratjon o‟g‟li
 
EKOLOGIYA VA ATROF TABIIY MUHITNI MUHOFAZA QILISHNING 
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASIDAGI O„RNI 
ANNOTATSIYA 
Hozirgi ekologik jarayonlarning globallashgan bir davrda bizning bildirilayotgan 
fikrlar va keltirib o‗tilayotgan ma‘lumotlar fuqarolarimizga tabiatga ekologiyaga, va 
atrof-tabiiy muhitga bo‗lgna e‘tiborini yanada kuchaytiradi. Ishlab chiqilayotgan 
barcha normalar aynan konstitutsiyamizdan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. 
Fuqarolarimiz qay darajada Konstitutsiyani yaxshi bilsalar va undagi normalarni 
tushunib yetsalar barcha hatti-harakatlariga yoki harakatsizliklariga huquqiy baho bera 
oladilar. Quyidagi maqola orqali bular oz bo‗lsada yoritib o‗tildi. 
Kalitso‗zlar: Konstitutsiya, ekologiya, atrof-muhit, sanksiya, tabiat. 
Национальная гвардия Республики Узбекистан 
133 группа курсантов военно-технического института 
Курбонов Умиджон Гайратжон угли 
РОЛЬ ЭКОЛОГИИ И ОХРАНЫ ОКРУЖАЮЩЕЙ ПРИРОДНОЙ СРЕДЫ В 
КОНСТИТУЦИИ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН 
АННОТАЦИЯ 


354 
В эпоху глобализации текущих экологических процессов наши мнения и 
приводимая информация еще больше укрепляют внимание наших граждан к 
природе как к экологии, так и к окружающей среде. Все разрабатываемые нормы 
реализуются именно исходя из нашей Конституции. В той степени, в какой наши 
граждане хорошо знают Конституцию и понимают содержащиеся в ней нормы, 
они могут дать правовую оценку всем своим действиям или бездействию.Это 
было освещено в небольшой статьениже. 
Ключевые слова: Конституция, экология, окружающая среда, санкция, природа. 
National Guard of the Republic of Uzbekistan 
133 group of cadets of the Military-Technical Institute 
Gurbanov is the son of Umidjon Gayratjon 
THE ROLE OF ECOLOGY AND ENVIRONMENTAL PROTECTION IN THE 
CONSTITUTION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN 
ANNOTATION 
In a globalized era of current environmental processes, our expressed views and future 
data further focus on ecology to nature, and on the environment to our citizens. All the 
norms under development are carried out exactly as follows from our Constitution. To 
what extent our citizens know the Constitution well and understand the norms in it, 
they will be able to give a legal assessment of their actions or inaction. Through the 
article below, these have been shed light on though little. 
Keywords: Constitution, Ecology, Environment, sanction, nature. 


355 
Inson tug‗ilar ekan birinchi navbbatda atrof tabiiy-muhitni ko‗radi. Inson sifatida tabiat 
qo‗ynida shakllanadi. Atrof tabiiy-muhit bilan birgalikda hayot kechiradi. 
Tabiatning har bir elementi, hayot uchun har bir zarur zarrasi inson uchun qadrli 
ne‘matdir. Insonning sog‗ligiga, qancha umr ko‗rishiga atrof tabiiy-muhit ta‘siri juda 
ham kattadir. Insonga atrof-tabiiy muhit ta‘siri ikki xil bo‗ladi. Biri ijobiy, ikkinchisi 
salbiy. Ijobiy fikrni yuqorida ko‗ribchiqdik. Bu o‗z navbatida shaxsning 
sog‗ligiga,uzoq umr ko‗rishiga,sog‗lom avlod tarbiyalashga katta hissa qo‗shadi. 
Salbiy ta‘sirlari esa juda ham ko‗pdir. Yuqorida sanab o‗tgan ijobiy fikrlarn itabiiy 
muhit bilan bo‗lgan munosabatiga bog‗liqdir. O‗z navbatida insono‗ziga kata zarar 
yetkazadi. Ya‘ni atrof-tabiiymuhitga qanday munosabatda bo‗lsa shunday hayot 
kechiradi. Atrof-tabiiy muhitni sog‗lom bo‗lishi har bir shaxsga bog‗liq. Quyida 
bildirilgan fikrlarimiz barcha qonun hujjatlarimizda, normalarimizda belgilangan. 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
50-moddasida quyidagicha tartibga solingan. Fuqarolar atrof-tabiiy muhitga 
ehtiyotkorona munosabatda bo‗lishga majburdirlar. [1]
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi faqatgina keltirib o‗tilgan ma‘lumotlar, 
undagi tegishli bo‗lgan normalar orqaligina muhofaza etiladi degan fikrga kelishimiz 
bu juda ham to‗g‗ri fikr deb bo‗lmaydi. Chunki har doim ham ma‘muriy chegara, 
ekotizimlar chegarasiga mos kelmasligi mumkin. Zamonamizda har bir ma‘muriy 
birliklarning barqaror rivojlanishi uchun institutsional, ya‘ni barqaror birlashish, turli 
iyerarxik pog‗onada ham ekotizimlar o‗zaro uzviy bog‗langanligi Konstitutsiyamizni 
boshqa bo‗lim, bob va moddalarda o‗z aksini topgan. 
Tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabat avlod-ajdodlarimizga, millatimizga xos 
xususiyat.Oqa rsuvlarni ifloslantirmaslik, axlat tushgan joylarni tozalab qo‗yish, 
yashash joyini ozoda saqlash muqaddas dinimiz ta‘limotlarida ham mavjud bo‗lib, 
unga uzoq vaqtlar ixtiyoriy amal qilingan.[2]
Afsuski bugungi eng rivojlangan davrlarda atrof tabiiy-muhit achinarli ahvolda. 
Bularga misol qilib barchamiz biladigan London, Parij, Nyu-York, Pekin shaharlarini 
olsak yanglishmaymiz.Atrof tabiiy-muhitni muhofaza qilish qanchalar muhimligi va 
tartibga solishda Konstitutsiyamizning o‗rni beqiyosligini undagi normalar misolida 
ko‗rib chiqdik. Bunga hozirgi kunda qay darajada e‘tibor berilayotganini kundalik 


356 
sharoitlarda ham guvoh bo‗lmoqdamiz. Bizning qonunlarimizda belgilangan atrof-
tabiiy muhitni muhofaza qilishga doir qonunlarni buzganlik uchun O‗zbekiston 
Respublikasi Jinoyat Kodeksidagi jazo sanksiyalar tizimi ko‗rib chiqaylik. JKning 
193-moddasi ―Ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish‖ bazaviy 
hisoblash miqdorining 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 
yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki 360 soatgacha majburiy jamoat 
ishlari yohud 2 yildan 3 yilgacha ahloq 
tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha 
ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. JKning 
194-moddasi ―Atrof tabiiy-muhitning ifloslanganligi to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni 
qasddan yashirish yoki buzib ko‗rsatish‖ bazaviy hisoblash miqdorining 100 
baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki 5 yilgacha muayyan huquqdan 
mahrum qilish yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yohud 3 yilgacha ahloq 
tuzatish ishlari bilan jazolanadi. JKning 195-moddasi ―Atrof tabiiy muhitning 
ifloslanishi oqibatlarini bartaraf qilish choralarini ko‗rmaslik‖ bazaviy hisoblash 
miqdorining 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki 5 yilgacha 
muayyan huquqdan mahrum qilish yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yohud 
3 yilgacha ahloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. O‗sha qilmish odam o‗lishiga sabab 
bo‗lsa – muayyan huquqdan mahrum qilib 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 
3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. JKning 196-moddasi ―Atrof 
tabiiy-muhitni ifloslantirish‖ bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 200 
baravarigacha miqdorda jarima yoki 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish 
yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yohud 3 yilgacha ahloq tuzatish ishlari 
bilan jazolanadi. O‗sha qilmish odam o‗lishiga sabab bo‗lsa – muayyan huquqdan 
mahrum qilib 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan 
mahrum qilish bilan jazolanadi.[3] 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 aprelda ―Ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish 
to‘g‗risida‖[4]gi farmoni qabul qilinib, unga ko‘ra respublikamizda ekologik 
xavfsizlikni ta‘minlash va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasida davlat 
boshqaruvini tubdan takomillashtirish, ekologik holatni yaxshilash, chiqindilarning 
fuqarolar sog‗ligiga zararli ta‘sirining oldini olish, aholi turmush darajasi va sifatini 
oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish, maishiy chiqindilami yig‗ish, saqlash, tashish, 
utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish tizimini yanada takomillashtirish 


357 
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish 
davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish 
davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil etildi. Endi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va 
atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi o‘z faoliyati yuzasidan O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi. 
Braziliya Lotin Amerikasidagi eng rivojlangan davlatlardan biri bo‗lib, unga qit‘adagi 
barcha sanoat korxonalarining 50% dan ortig‗i to‗g‗ri keladi. Ushbu mamlakat o‗rmon 
resurslari bo‗yicha dunyoda Rossiyadan keyin ikkinchi o‗rinda turadi, ammo 
o‗rmonlarni yo‗q qilish bo‗yicha dunyoda etakchi hisoblanadi. Mamlakatdagi ekologik 
vaziyat yomonlashgani va ekologik muammolarning kuchayganiga qaramay, 
Braziliyada atrof-muhit to‗grisidagi to‗liq qonunchilik mavjud. Avvaliga Braziliya 
Konstitutsiyasida VI «Atrof muhit to‗g‗risida». Asosiy qonunning ekologik qoidalari 
har bir insonning, u mamlakat fuqarosi bo‗lishidan qat‘iy nazar, odamlar tomonidan 
umumiy foydalanish uchun mos bo‗lgan va sifatli turmush tarzi uchun zarur bo‗lgan 
ekologik muvozanatli muhitdan foydalanish huquqini mustahkamlaydi.
Huquq bilan bir qatorda ekologik majburiyatlar, ya‘ni davlat va jamiyatning atrof-
muhitni hayot va kelajak avlodlar manfaati uchun himoya qilish va saqlash majburiyati 
ham mustahkamlangan. 
D. O. Sivakov ta‘kidlaganidek, «Braziliya tuzilishining o‗ziga xos xususiyati nafaqat 
shtatlar, balki o‗z vakolatlari jihatidan ancha avtonom bo‗lgan munitsipalitetlarni ham 
o‗z a‘zosi sifatida federatsiyaning o‗ziga qo‗shilishi hisoblanadi. Shuning uchun ham 
hukumatning uchta darajasi atrof-muhitni muhofaza qilish bilan shug‗ullanishga 
vakolatli. ifloslanishning har xil turlariga qarshi kurashish, boy o‗simlik va hayvonot 
dunyosini saqlab qolish. Shuningdek, hukumatning har uch darajasining ham mineral 
va gidro resurslarini qidirish va ekspluatatsiya qilish sohasidagi kontsessiya 
munosabatlari masalalarida birgalikdagi vakolatlari ekologik vazifalarning bajarilishini 
ta'minlashga imkon berishi bejiz emas». 
Umuman olganda, Lotin Amerikasi davlatlarida davlat atrof-muhit holatini yaxshilash, 
shuningdek, aholining ekologik huquqlarini amalga oshirish uchun tegishli huquqiy 
mexanizmlarni yaratishga harakat qilmoqda. Masalan, Chili Respublikasining siyosiy 
konstitutsiyasida konstitutsiya har kimga toza muhitda yashash huquqini kafolatlashi 
aytilgan. 


358 
Ushbu huquqni ta'minlash va atrof-muhitni muhofaza qilish davlatning vazifasidir. 
1994 yilda Chili parlamenti atrof-muhit to‗g‗risidagi qonunni bir ovozdan ma'qulladi. 
Bu odatiy va ekologik siyosatning asosiy yo‗nalishlarini belgilaydi. Biroq, atrof-
muhitga etkazilgan zararni qoplash va ekologik huquqlarni himoya qilish to‗g‗risidagi 
qoidalar etarlicha ishlab chiqilmagan, garchi Chili jinoyat qonunchiligida ayrim 
ekologik jinoyatlar uchun javobgarlik ko‗zda tutilgan. 
AQSh Konstitutsiyasidan farqli ravishda mamlakatimiz Asosiy qonunida ijtimoiy-
siyosiy tusdagi normalar bilan bir qatorda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va 
tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga soluvchi maxsus ekologik me‘yorlar ham 
mavjud. Chunonchi, O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining maxsus ekologik 
normalari tizimi quyidagicha: fuqarolarning ekologik burchi (50-modda); mulkdan 
foydalanishning ekologik talablari (54-modda); davlat ekologik siyosatini amalga 
oshirish prinsiplarini belgilab beruvchi normalar (55-modda); mahalliy hokimiyat 
organlarining ekologiya sohasidagi vakolatlari (100-modda).[5] 
Germaniyaning atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‗yicha federal qo‗mitasining 
vazifasi doirasiga atrof muhitni muhofaza qilish, tabiatni muhofaza qilish va reaknorlar 
ishi xavfsizligi bo‗yicha vazirlikka huquqiy va ma‗muriy ko‗rsatmalar tayyorlash 
jarayonida ilmiy yordam ko‗rsatish, aholining atrof tabiiy muhitga taalluqli masalalar 
yuzasidan xabardor qilish, atrof tabiiy muhit sohasidagi tadqiqotlar uchun ma‗lumotlar 
taqdim etish kabi vazifalar yuklatilgan.[6] 
Har bir qonun yoki huquq sohasining asos qilib Konstitutsiyani olsak 
yangilishmaymiz. Zero bu huquq sohalari O‗zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasidan ancha oldin vujudga kelgan degan fikrga kelishingiz shubhasiz. 
Ammo buni huquq tizimi oilasi tizimida quyidagicha keltiramiz. Ekologiya huquqi 
huquq oilasida vujudga keldi. Bizning mustaqil qonunchiligimizga kiritib uni aks 
ettirish zarurdir. Buning eng ustuvor yo‗li bu bosh qomusimiz O‗zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasiga kirgizib uni namoyon qilish edi.Shuning uchun har bir 
davlatning bosh qomusi Konstitutsiya bo‗lganligi uchun ekologiya huquqini bosh asosi 
etib Konstitutsiyani qabul qilsak yangilishmagan bo‗lamiz. Demak, asosiy 
qonunimizning 50, 54, 55 va 100 moddalarida tabiatni muhofaza qilish tabiiy 
boyliklardan oqilona foydalanish bilan bog‗liq ekologik huquqiy qoidalar 


359 
mustahkamlangan. Konstitutsiyaviy huquq normalari atrof tabiiy muhit va fuqarolar 
salomatligini muhofaza qilishning asosiy tamoyillarini belgilab beradi. 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasidan tashqari quyidagi 
moddalarni ham ko‗rib chiqaylik O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-
moddasi ―mulkdor mulkiga o‗z hoxishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni 
tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, 
yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‗riqlanadigan 
manfaatlarini buzmasligi shart‖. O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-
moddasi ―Yer, yerosti boyliklari, suv, o‗simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa 
tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat 
muhofazasidadir‖.[7]
―Suv va suvdan foydalanish to‗g‗risida‖, ―Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar 
to‗g‗risida‖, ―Yerosti boyliklari to‗g‗risida‖, ―O‗simlik dunyosini muhofaza qilish 
to‗g‗risida‖, ―O‗rmon to‗g‗risida‖gi qonunlar, ―Yer kodeksi‖ va boshqa huquqiy 
hujjatlar tabiatni, atrof muhitni muhofaza qilishni nazarda tutadi. Atrof muhitga 
taalluqli qonunlar sonining ko‗pligini o‗zi bular hammasi emas atrof muhitga jiddiy 
munosabatda bo‗linayotganligini ko‗rsatadi. 
Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilab berilgan 
ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish 
sohasidagi konstitutsiyaviy islohotlar amalga oshirildiki, u mamlakatimiz ekologik 
xavfsizligini taʼminlashning muhim strategik kafolati boʻldi. Ayni chogʻda mazkur 
sohaning huquqiy asosini yanada takomillashtirish, tabiiy resurslardan oqilona 
foydalanishni tartibga soluvchi qonunlarning ijrosini izchil taʼminlashda dolzarb 
ahamiyat kasb etmoqda.[8] 
Atrof tabiiy muhitni O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi o‗rnini izohlab 
o‗tyabmiz. Bu demak butun boshqa qomusimizni atrof tabiiy muhit ekologiya, tabiatni 
muhofaza qilishdagi ahamiyatini mos tarzda anglashimiz uchun Konstitutsiyadagi 
barcha moddalarini anglay olmasak ham aksar normalar bunga hizmat qiladi. Chunki 
―O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi aholimizning munosib hayot kechirishlarini 
ta‘minlashni o‗z ichiga qamrab olishga intiladi. Xususan asosiy qonunning 37-
moddasida fuqarolar adolatli mehnat sharoitlarida ishlash huquqiga egaligi 
ta‘kidlangan. Bu maqsadga erishish normal va sog‗lom hayot kechirishlari, sog‗lom 


360 
turmush tarzini amalga oshirishlari, mehnat faoliyati bilan shug‗ullanishlari uchun 
ularni o‗rab turgan tabiiy atrof muhit – atmosfera havosi, suv, o‗simlik dunyosi, tuproq 
toza hamda inson sog‗ligiga zararli ta‘sir etmaydigan holatda bo‗lishi lozim‖.[9]
Atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‗lish majburiyati faqat atrofni toza 
saqlash, ekologiyani buzmaslik, tabiat ne‘matlariga zarar keltirmaslikkina emas, balki 
tabiatning barcha boyliklariga ehtiyotkorona munosabatda bo‗lishni nazarda tutadi. 
Chunki ularning barchasi tabiat qismi va hayotiy manbaalardir.[10]
―Asosiy qonunimiz - O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tabiyat obyektlarini 
muhofaza etuvchi asosiy qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishda bosh manba rolini 
o‗ynaydi. O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi tabiatni muhofaza etishga 
bag‗ishlangan qator qoidalar O‗zbekiston Respublikasining ―Tabiatni muhofaza qilish 
to‗g‗risida‖gi qununi, Yer, Jinoyat, Fuqarolik, Ma‘muriy javobgarlik to‗g‗risidagi 
Kodekslar, ―Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‗g‗risida‖gi, ―Yer osti boyliklari 
to‗g‗risida‖gi, ―O‗rmon to‗g‗risida‖gi, ―Atmosfera havosini muhofaza qilish 
to‗g‗risida‖gi, ―O‗simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish 
to‗g‗risida‖gi, ―Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish 
to‗g‗risida‖gi qonunlarida yanada rivojlantirilgan. Sanab ko‗rsatilgan qonunlar 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga 
bag‗ishlangan asosiy qoidalarga mos ravishda ishlab chiqilgan bo‗lib, ularni 
rivojlantirishga qaratilgandir‖.[11] 
Hozirda dunyo hamjamiyati tomonidan barqaror rivojlanish konsepsiyasi ishlab 
chiqilib, undan atrof tabiiy-muhitni muhofaza qilish tabiat obyektlaridan oqilona 
foydalanish asosiy muammolardan biri siafatida belgilandi. Barqaror rivojlanish 
konsepsiyasida ko‗rsatilishicha inson tabiiy resurslarni o‗zlashtirganda biosferaning 
barqarorligi chegarasi saqlanishini shunday ta‘mnilash kerakki, bunda inson hayoti 
yashashi uchun tabiiy asos buzilmasligi lozim. Barqaror rivojlanish konsepsiyasining 
asosiy qoidalarida belgilanishicha, jamiyatning barqaror rivojlanishini atrof tabiiy-
muhitni saqlamasdan turib amalga oshirib bo‗lmaydi.[12] 
Biz O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‗rganar ekanmiz undagi har bir so‗zni 
chuqur anglab yetgan holda tahlil etmog‗imiz kerak. Chunki unda bitilgan har bir so‗z 
bu bir kitobdir. Konstitutsiyamizni o‗qib tahlil qilar ekanmiz undagi har bir ta‘rif, har 
bir norma naqadar chuqur ma‘no anglatishini yaqqol his etamiz. Bugungi rivojlanib 


361 
borayotgan dolzarb bir zamonda ham O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
huquqiy masalalarini o‗z normalarida aks ettirgan holda birinchi navbatda barcha 
huquqiy masalalar davlat tomonidan hal etilishi belgilab qo‗yilgan. Ammo biz 
fuqarolar bularni o‗z vaqtida to‗g‗ri anglab yeta olyabdilarmi. Ular o‗zlari yashab 
hayot kechirayotgan atrof tabiiy muhit, tabiat, ekologiya barcha qonunlar asosiy bosh 
qomusimiz O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham belgilanganligini chuqur 
anglamog‗i darkorlar. 
Oʻzbekistonda 10 dan ortiq oʻrmon xoʻjaligi, 9 ta qoʻriqxona, 2 milliy bogʻ, bir qancha 
buyurtma qoʻriqxona mavjud. Ularda tabiat yodgorliklari, kamayib ketgan oʻsimlik va 
hayvonlar qoʻriklanadi, oʻrganiladi va koʻpaytiriladi. Oʻzbekistonda tabiatni muhofaza 
qilish respublika jamiyati, 12 ta viloyat va Qoraqalpogʻiston jamiyati, Oʻzbekiston 
geografiya jamiyati, EKOSAN, bir qancha ilmiyommabop va ilmiy jurnallar, radio va 
televideniye, vaqtli matbuot Tabiatni muhofaza qilishq. haqidagi bilimlarni targʻib 
qilmoqda. Aholi oʻrtasida tabiat, undan oqilona foydalanish va muhofaza qilish 
haqidagi bilimlarni targʻib qilish, aholining geografik, ekologik madaniyatini koʻtarish 
Tabiatni muhofaza qilishq.da katta ahamiyatga ega. Tabiatni, uning boyliklarini 
muhofaza qilish, geografik ekologiya oʻquv kurslari oʻrta maxsus va oliy yurtlarining 
tabiatshunoslik mutaxassisliklari talabalariga maxsus kurslar sifatida oʻqitilmoqda.[13] 
Barqaror rivojlanish xalqaro hujjatlarda ko‗rsatilishicha hayotning sifat ko‗rsatkichi: 
odam sog‗ligi, ularning umr ko‗rish yoshi, daromadi, xavfsizligi; ekologik qulay muhit 
ko‗rsatkichi: atrof muhit holati, tabiiy resurslarni iste‘mol qilish va foydalanish 
darajasi, ekotizim holati, bioxilma-xillik holati kabi indikatorlar yordamida aniqlanadi.
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan ―Fuqarolar atrof-tabiiy 
muhitga extiyotkorona munosabatda bo‗lishga majburdirlar.‖ deyilgan normani 
fuqarolarimiz ongiga singdirmog‗imiz kerak. Bu yo‗lda faqat majburdir degan so‗zni 
majburlikdan emas chin yurakdan bajarmog‗imiz kerak.
Rivojlanib borayotgan davr, bozor iqtisodiyotiga asoslangan siyosat, inson omili 
tabiatga ta‘siri bir falokatli holatga yetib kelayotgan bu davrda normalarni, qonun osti 
hujjatlarini qabul qilyabmiz. Lekin biz fuqarolarimiz ongiga, ularni tarbiyasiga, bilim 
ko‗nikmasiga bosh qomusimizni birinchi navbatda singdirishmi ustuvor etib 
belgilashimiz kerak. Chunki biz o‗sib, rivojlanib kelayotgan zabardast yoshlarni 
vatanparvarlik ruhida tarbiyalamog‗imiz darkor. 


362 
Insonlarga davlat organlari majburiyatlar yuklagan sari ular tabiatni, ekologiyani, 
atrof-tabiiy muhitni kundalik ko‗r-ko‗rona majburiyatlar qatoriga kirib qolmaydimi? 
Ularni fuqarolarni o‗zi qonunlarni o‗zhayotining bir bo‗lagi sifatida qaralishi kerak. 
Buning uchun qonunlarimiz barcha ijobiy tomonlarni ochib berishi kerak. 
Men yuqoridagi fikrlarimda O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Ekologiya 
va atrof tabiiy-muhitni muhofaza qilishga doir tegishli moddalar, O‗zbekiston 
Respublikasi Jinoyat Kodeksidagi belgilab qo‗yilgan gipoteza va sanksiyalarni izohlab 
o‗tishga harakat qildim. Konstitutsiyamiz asosida chiqariladigan qonunlarimiz 
mukammaldir. Qonunlarni hurmat qilish va ularga so‘zsiz itoat etishni o‘z oldimizga 
maqsad qilib qo‘yishimiz zarur. Zero, fuqarolik jamiyatida fuqarolar barcha qonun va 
hujjatlardan bohabar bo‗lmog‗i kerak. Uning uchun esa, huquqiy ong va 
madaniyatimizni takomillashtirshimiz talab etiladi.
Иқтибослар/Сноски/References: 
O‗zbekistonRespublikasiKonstitutsiyasi 50-moddasi. Toshkent.: 2019 yil, 17 bet.
Konstitusiyaviyhuquq. Darslik Toshkent 2013. 134-135 bet. 
O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 193,194,195,196 moddalar. Toshkent 2020 
yil. 
Наше Общее – М.:,Прогресс, 1989. 
Atrof muhit O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida. O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti bo‗lim 
boshlig‗i,yu.f.n., dotsent, Dj.Safarov. 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ekologiya. Boriy ALIXONOV, Oliy 
Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari, Abdurahim QURBONOV, Oliy 
Majlis Qonunchilik palatasi deputati. 
Hamidov A., Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. darslik. Toshkent 2018. 


363 
Ekologiya huquqi. Darslik. Toshkent 2018 yil. M.B.Usmonov. 546 bet. 
Z.G‗ofurov ―Tabiatni muhofaza qilishning ma‘naviy va huquqiy asoslari‖.133-
bet.Toshkent 2007. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish 
sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‗risida‖gi PF-5024-sonli 
Farmoni. Xalq so‘zi 2017 yil 22 aprel.
Z.G‗ofurov ―Tabiatni muhofaza qilishning ma‘naviy va huquqiy asoslari‖.135-
bet.Toshkent 2007. 
НашеОбщее – М.:, Прогресс, 1989. 
Hamidov A., Ekologiyaasoslarivatabiatnimuhofazaqilish.
www.norma.uz. 
www. o‘zbekiston ensiklopediyasi.uz. 
www.lex.uz. 


364 

Download 10,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish