2.
«Urbanizatsiya» va «Texnik ekinlar» atamalarining mazmun-mohiyatini
tushuntiring.
Javob:
Urbanizatsiya
(lotincha urb – “shahar”) – bu shaharlar va shahar aholisining
o‘sish, shahar turmush tarzining keng tarqalish jarayonidir.
Texnik ekinlar
– mahsuloti sanoat uchun xomashyo sifatida ishlatiladigan ekinlar.
3.
Dunyoning siyosiy xaritasidan Janubiy Osiyo davlatlarini ko‘rsating. Ushbu
davlatlardan qaysi birining poytaxti ekvatordan eng uzoqda joylashgan? Ushbu
shaharning geografik koordinatalarini aniqlang.
Javob:
Janubiy Osiyo davlatlari: Pokiston, Hindiston, Nepal, Butan, Bangladesh.
Ular ichida Pokistonning poytaxti Islomobod shahri ekvatordan eng uzoqda
joylashgan. Uning koordinatalari: 33°40
'
shimoliy kenglik, 73°10
'
sharqiy uzoqlik.
18-BILET
1.
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi. Shanxay hamkolik tashkiloti.
Javob:
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH)ga 1991-yil 8-dekabrda asos solingan
bo‘lib, o‘z faoliyatini o‘sha yilning 21-dekabrida boshlagan. Hamdo‘stlik nizomiga
ko‘ra a’zo davlatlar inson huquqlari va erkinligini ta’minlash, davlatlar tashqi
siyosatini nazorat qilish, iqtisodiy hamkorlik, transport va aloqa tizimini
rivojlantirish, aholi salomatligini muhofaza qilish, tabiatni muhofaza qilish, ijtimoiy
va migratsion siyosat masalalarini hal etish; uyushgan jinoyatchilikka qarshi
kurashish masalarini hamkorlikda hal qilishlari zarur. Hozirgi kunda Rossiya
Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Moldova,
Ozarbayjon, Armaniston Res publikalari tashkilot a’zolari bo‘lib hisoblanadilar.
Turkmaniston esa assotsi atsiyalashgan davlat maqomiga ega. Shu bilan birga
Mongoliya, Afg‘oniston tashkilot kuzatuvchilari sifatida turli darajadagi
yig‘ilishlarda ishtirok etadi. Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) ning shakllanishi
1996-yil 26-aprelda Xitoy ning Shanxay shahrida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya,
XXR va Tojikiston harbiy sohada hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolashi bilan
bog‘liq. Avvaliga “Shanxay beshligi” deb nom olgan ushbu tashkilot 2001-yil
O‘zbekistonning unga a’zo bo‘lgandan so‘ng hozirgi rasmiy nomdagi tashkilot
tuzilganligi haqidagi deklaratsiyani e’lon qildi. 2017- yil Hindiston va Pokiston ushbu
tashkilotning teng huquqli a’zolariga aylandilar. Shu bilan birga 6 ta muloqot hamkor
davlatlar, 4 ta kuzatuvchi va 2 ta nomzod davlatlar ham ishtirok etadi. A’zo davlatlar
o‘rtasida o‘zaro ishonch, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikni ta’minlash, mintaqada
tinchlikni saqlash, xavfsizlik masalalarini o‘zaro hamkorlikda hal qilish, terrorizm va
ekstremizmga qarshi birgalikda harakat qilish, qurol-yarog‘, narkotik vositalar hamda
noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash, iqtisodiy masalalarda o‘zaro hamkorlikni
rivojlantirish kabilar tashkilotning asosiy maqsadi hisoblanadi. Hozirgi kunda
tashkilot tarkibida jahonning qudratli davlatlaridan uchtasi – Rossiya, Xitoy,
24
@geografiya_test_video_slayd
Hindistonning faoliyat olib borishi uning jahondagi mavqeyi oshib borishiga sabab
bo‘lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |