11-BOB. AFRIKA MINTAQASINING 0 ‘ZIGA XOS
JIHATLARI
Darsning maqsadi:
• talabalarda Afrika mintaqasining xususiyatlari to‘g‘risida tu-
shuncha shakllantirish;
• talabalarda Afrika mintaqasidagi
siyosiy vaziyat yuzasidan
tushunchalami shakllantirish;
• yoshlar orasida sog‘lom m a’naviy muhitni shakllantirish;
• talabalar Afrika davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar
borasida tasavvur hosil qilishlariga ko‘maklashish;
• talabalarga nazariy tushunchalardan foydalanishni hamda
amaliyotda ulami qo‘llashni o‘rgatish;
• talabalarga Afrika davlatlarida ijtimoiy-siyosiy
jarayonlari
borasidagi to‘la m a’lumotlami yetkazish hamda ushbu jarayonlar-
ning o‘ziga xos jihatlarini singdirish;
• talabalarda davlatni har tomonlama rivojlantirish jarayonida
o‘ta muhim, o‘ziga xos rol o‘ynovchi tashqi siyosat va uning maqsad-
larini amalga oshirishda muhim omil hisoblangan xalqaro muzokara-
lar bo‘yicha nazariy bilim va amaliy mahoratni shakllantirish.
Tushunchalar va tayanch iboralar:
Afrika Ittifoqi, Afrika Birligi
Tashkiloti, xalqaro nizolar, hududiy mojarolar, NEPAD, Addis-Abeba,
Gambiya, Zair, K o d -d ’Iuar, Niger, Ruanda, Serra-Leone, Durban.
11.1. Afrika mintaqasining o ‘ziga xos xususiyatlari
Hozirgi vaqtda Afrika jahon hamjamiyatining muhim tarkibiy
qismi hisoblanadi. Mazkur “uyg‘onayotgan qit’a” oldida bir qator
murakkab geosiyosiy muammolar mavjud bo‘lib,
ulaming ayrimlari
uzoq, ko‘p asrli tarixga ega, masalan, mustamlakachilik, ish savdosi
va hokazo. Ayrimlari yaqinda paydo bo‘ldi
yoki kuchayib ketdi va
bu jarayon nisbatan kichik davmi o‘z ichiga oladi, chunki SSSRning
parchalanib ketishi bilan jahon geosiyosiy kuchlarining muvozanati
o ‘zgardi,
bu esa shak-shubhasiz, mazkur qit’adagi hayotning ijti-
147
moiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy sohalarida namoyon bo‘ldi. Afrika
xalqlari nisbatan kechroq siyosiy mustaqillikka erishishdi, biroq iqti
sodiy va ijtimoiy jihatdan ulaming ko‘pchiligi hamon haqiqiy ijobiy
o‘zgarishlami his etishganlaricha yo‘q.
Afrika mamlakatlari mustamlakachilik zulmidan xalos bo‘lgach,
ulaming ko‘pchiligida G ‘arb, xususan, AQSHning ijtimoiy institutlari,
huquq etalonlari oriyentatsiyasi va vestemizatsiya (g‘arblashtirish)
konsepsiyasi qo‘llab-quvvatlanmadi. Biroq bir vaqtning o ‘zida Afri-
kaning Yevrosiyoga, xususan Sobiq Sovet Ittifoqiga boigan geosiyo
siy moyillik g‘oyasi ham keng taraqqiy etmadi.
Afrika - sayyoraning eng nizoli geosiyosiy nuqtasi degan nom ay
niqsa XX asming so‘nggi choragida tobora mustahkamlandi. So‘nggi
o‘n yil mobaynida qit’ada 35 ta yirik qurolli nizolar sodir bo‘lganligi
qayd etilgan bo‘lib, ularda o ‘n milliondan ortiq kishi vafot etgan, shu-
lardan 90 foizini - shahar aholisi tashkil etadi. Jahondagi qochoqlar
sonining
qariyb yarmi, (turli baholarga ko‘ra - 7 mln. kishidan 10
mln. kishigacha) hamda ko‘chirilgan shaxslaming 60 foizi (qariyb
20 mln. kishi) aynan shu qit’ada yashaydi. Jahon miqyosida bolalar
o iim i ko‘rsatkichi qit’ada eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi: yiliga
8 mln. kishi97.
Bu turli konfliktogen, ya’ni ixtilofli omillar:
etnik va qabilaviy
qarama-qarshiliklar, konfessional kelishmovchiliklar, ijtimoiy-iqti-
sodiy va siyosiy xarakterdagi ziddiyatlar va boshqalaming murakkab
chigallashuvi bilan izohlanadi. Ayniqsa G‘artfda, ba’zida Afrikaning
rivojlanishini siyqa chizmaga keltirgan va bu muammoni sezilarli da
rajada ko‘pgina ishlar soddalashtiradi. Bu haqda S.Xantington shun
day yozadi: “Siyosatga massaning kirib kelishi keskinlikning yuzaga
keltiradi, bu esa siyosiy beqarorlik natijasida rivojlanish uchun xavf-
xatar tug‘dirishi mumkin”.
Afrika geosiyosiy holatining tahlili mavjud bo‘lgan
biror-bir
chuqur izlanmalar (ishlar) SSSR, Rossiya, G‘arb mamlakatlari, Afri
kaning o‘zidagi ilmiy adabiyotlarda deyarli mavjud emas. Geosiyo-
sat va siyosatshunoslikning alohida yo‘nalishlarini anglab yetishga
bo‘lgan intilishlar mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: