jadallashtirishga intilishi sezilarli davrajada oshganligini kuzatish
mumkin. Bu o‘rinda AQSH tashqi siyosatida asosiy jihat sifatida quyi-
dagilami keltirish mumkin:
birinchidan, Yaqin Sharqdagi milliy manfaatlami ta’minlashni
yanada kuchaytirish;
ikkinchidan, arab-musulmon olamiga demokratiyani olib kirish,
demokratik institulaming shakllantirishga ko‘maklashish;
uchinchidan, Isroil xavfsizligini ta’minlash,
xavfsizlik tizimini
qayta ко‘rib chiqish. Asosan Eron va Iroq doirasida;
to‘rtinchidan, mintaqada ommaviy qirg‘in qurollarining yoyilishi-
ga yo‘l qo‘ymaslik va terrorizmga qarshi kurashish;
beshinchidan, Isroil-Falastin masalasini tinchlik muzokaralar yo‘li
bilan hal etishga urinish.
Bundan tashqari, taniqli siyosatshunos Genri Kissendjera fik-
riga ko ‘ra, butun Yaqin Sharqda amerkacha mehanizim ta ’siri
quydagicha 3 ta asosda ko ‘riladi: 1) hududiy kuchlar muvozana-
tini tutib turish; 2) neftni muayyan
tartibda yetkazib berishni
ta ’minlash; 3) Amerikaga tahdid solayotgan musulmon guruhla-
rini tor - mor etish.
AQSH Yaqin Sharqda bevosita eng yaqin ittifoqdoshlari Buyuk
Britaniya va Fransiya bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. So‘nggi
tendensiyalar shuni ko‘rsatadiki, bir qator masalalarda tomonlaming
o ‘zaro qarashlari mos tushmoqda. Masalan, Yaman masalasida AQSH
va Yevropadagi hamkorlar Saudiya Arabistonini qoilab-quvvatlash-
di. Shuningdek, IShlDga qarshi AQSH boshchiligidagi
koalitsiyaga
Buyuk Britaniya 2014-yilda kuzda qo‘shilgan bo‘lsa, Fransiyaning
qo‘shilishi 2015-yil kuziga to‘g ‘ri keldi. Bundan tashqari, 2016-yil
13-aprelda Suriyada parlament saylovlari o‘tkazildi va bu AQSH,
Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan haqiqiy emas deb topilib,
saylovlar faqat Suriyaning yangi konstitutsiyasi
qabul qilingandan
keyingina o ‘tkazilishi mumkin deb hisoblashmoqda.
Bundan tashqari 2016-yil 29-fevralda NATO va Kuvayt o ‘rtasida
amirlik hududidan tashkilotning qo‘shinlari va texnikalarini tran-
zit qilish borasida shartnoma imzolandi. Mazkur shartnoma arab
monarxiyalari ichida birinchi hisoblanadi. 2016-yil 6-martda esa
142
Fransiya va Misr 0 ‘tra Yer dengizida “Ramzes-2016” harbiy o‘quv
mashg‘ulotlarini boshlashdi.
Yaqin Sharqning Rossiya tashqi siyosatidagi ahamiyati, mintaqa
dagi manfaatlari va olib borayotgan siyosatini umumlashtirgan holda,
AQSH Xeritej Jamg‘armasi (The Heritage Foundation)ning taniqli
eksperti A.Koen ta’kidlaganidek, Rossiyaning
Yaqin Sharq siyosati
borasida quyidagicha xulosa qilish mumkin:
Birinchidan, Yaqin Sharq monarxiyalari va Erondagi islom dini
yetakchilarini qabul qilishi bilan Rossiyaning G‘arbning xalqaro siyo
siy vaziyatidan ajralishini ko‘rsatadi. Shuningdek, Rossiya G ‘arbning
Yaqin Sharqdagi demokratiya va inson huquqlari borasidagi yon-
dashuvlarini rad etdi.
Ikkinchidan, Rossiya Yaqin Sharqda, avvalo, Britaniya, so‘ngra
AQSH mavjudligiga qarshilik qiluvchi sobiq
ittifoq modelidan bor-
moqda.
Uchinchidan, Rossiya rahbarlari mamlakatda musulmon diniga
e ’tiqod qiluvchi aholi orasida tug‘ilish nisbatining ortishi va aksin-
cha, slavyan xristiyanlari soni kamayib borishidan havotirda. Ular-
ning Yaqin Sharq davlatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga yo‘l
qo‘ymaslik Kremlning Yaqin Sharq siyosati kun tartibidan muhim
o‘rin olgan deyish mumkin.
To‘rtinchidan,
OPEKdan tashqari, Rossiya eng yirik gaz va neft
ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi davlat hisoblanadi. Jahon ener-
giya bozorida narxlaming muvozanatini barqarorlashtirishda mintaqa
davlatlar bilan OPEK doirasida hamkorlikni mustahkamlash muhim
ahamiyatga ega.
Beshinchidan, Yaqin Sharq nizolarga boy hudud b o iib , bu Ros
siya uchun qurol bozori geografiyasini va eksport hajmini yanada
oshirishga xizmat qilishi mumkin. Rossiya qurol va yadroviy reak-
torlarini Germaniyaning XIX asrda temir yo‘l qurishi loyihasi singari
Yaqin Sharqdagi ta’sir etish vositalaridan biriga aylanishi tarafdoridir,
deb xulosa qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: