yoqidagi mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar soni tobora ko‘payib
bormoqda.
16.2. Shanxay hamkorlik tashkilotiga a ’zo davlatlaming
tashkilot doirasidagi manfaatlari
Oxirgi yillarda postsovet makonda bir
qancha integratsion bir-
lashmalar tashkil etildi (MDH, GUAM, YevrAzES va b.). Biroq
sir emaski, bugungi kunga kelib ulaming hammasi ham yuklatilgan
ishonchni oqlayotgani yo‘q. Shu asnoda hozirga qadar eng muvaf-
faqiyatli
va hayotiy, istiqbolli tashkilot sifatida Shanxay hamkorlik
tashkiloti o‘zini namoyon qilib kelmoqda. Shanxay hamkorlik tashki
lotiga a’zo bo‘lib kirgan mamlakatlar o ‘rtasida hududiy bahslar yo‘q.
Aksincha, anchagina umumiy manfaatlar mavjud. Xususan, Xitoy va
Markaziy Osiyo mamlakatlari jangovar separatizm va fundamenta
lizm bilan kurashda sa’y-harakatlami birlashtirish muhim hisoblanadi.
Islom fundamentalizmining shimoliy yo‘nalishda tarqalishi terror-
chilaming hurujlarini bir necha yil davomida boshidan kechirayot-
gan Rossiyani xavotirga solmasligi mumkin emas. Rossiya, Xitoy va
Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, transport sohasida hamkorlik
qilishdan juda manfaatdor, zero, aynan
ulaming chegaralari orqali
G‘arb va Sharq hududlarini, Osiyo-Tinch Okeani mintaqasini Yevro
pa- Atlantika mintaqasi bilan bog‘lovchi yangi transport koridorlari
o ‘tishi rejalashtirilgan.
Umumiy manfaatlar va yaqin hamkorlik alohida mamlakatlar yoki
mamlakatlar guruhiga qarshi turuvchi geosiyosiy alyansning tashkil
topishini anglatmaydi. Moskva Sammitining yakunlovchi Deklaratsi-
yasida, Shanxay hamkorlik tashkiloti «a’zo davlatlar o‘rtasida o ‘zaro
ishonch, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash maqsadi-
da tuzilganligi» va «alohida davlatlar yoki
davlatlar guruhiga qarshi
qaratilgan blok yohud yopiq alyans emas»ligi aytiladi. Shu m a’noda
0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning
Sammitda nutqidagi ushbu so‘zlangan so‘zlar juda o‘rinlidir: «hozirda
shakllanayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti xalqaro siyosatning
konstmktiv organi sifatida shakllanishi zamr, unda Shanxay hamkor
lik tashkilotiga a ’zo bo‘lgan har bir davlatning manfaatlari inobatga
252
olinishi kerak. 0 ‘ylaymanki, bunda mintaqada har qanday bloklararo
yondashuvlar yoxud to‘qnashuvlaming yuzaga kelishi
beunum jara-
yon bo‘lardi»137. Shanxay hamkorlik tashkiloti Ijrochi kotibi Chjan
Deguan Toshkentga qilgan safarida shunday deydi: «Shanxay ham
korlik tashkiloti tinch hamjamiyat hisoblanadi va hech bir tashkilot
bilan to‘qnashishni xohlamaydi».138
ShHTga a’zo davlatlaming har birida Shanxay hamkorlik tashki
loti doirasidagi manfaatlari mavjudki, ular bu tashkilotda faol ishtirok
etishga harakat qilmoqdalar.
Xitoyning mazkur tashkilotdan doimiy manfaatdorligi xususidagi
fikr
shu bilan tasdiqlanadiki, qator xitoylik siyosatshunoslar yangi
mintaqaviy tashkilot - Shanxay hamkorlik tashkilotining tashkil
etilishini Xitoy tashqi siyosatining eng muhim yutuqlaridan biri sifa-
tida baholaydi.
Xitoy Raisining ta ’riflashicha, bu tashkilot na ittifoqchilik, na
konfrontatsion munosabatlarga asoslanmaydi.
Noyob jihati shun-
daki, butun tarixi davomida harbiy-siyosiy bloklarni tuzmaslik va
ittifoqlarga birlashmaslikka asoslangan harbiy doktrina tarafdori
bo‘lgan Xitoy ilk bor mintaqaviy tuzilmani tashkil etish tashabbus-
kori bo‘ldi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida Xitoy manfaatlari ham
o ‘z siyosiy strategik
maqsadlariga erishish, ham mamlakatning
barqaror taraqqiyoti uchun iqtisodiy muammolami yechish ehtiyoji
bilan belgilanadi.
Birinchidan, a’zo mamlakatlar geosiyosiy, iqtisodiy va har
biy manfaatlarining yaqin istiqbolda
ushbu mexanizm doirasida
ko‘ptomonlama hamkorlikni o‘matish va mustahkamlash uchun
o ‘zaro mos kelishi.
Ikkinchidan, Xitoy tashkilotning ikki a ’zosi - Rossiya va Tojikis-
ton Respublikasi bilan chegara bahslarini tartibga solish masalasini
yakunlanishiga qadar a’zo mamlakatlaming
diplomatik va harbiy
Do'stlaringiz bilan baham: