1-mavzu. Pedagogik fikrlar taraqqiyoti ilmiy bilimlar sohasi sifatida. Reja



Download 242,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana22.07.2022
Hajmi242,91 Kb.
#839456
  1   2   3
Bog'liq
1-маъруза



1-mavzu. Pedagogik fikrlar taraqqiyoti ilmiy bilimlar sohasi sifatida. 
Reja:
1. Pedagogik fikrlar taraqqiyoti fanining predmeti, vazifalari va tarkibi.
2.Pedagogik fikrlar taraqqiyoti fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
3.Pedagogik fikrlar taraqqiyoti fanining asosiy funksiyalari, manbalari. 
4. Pedagogik hodisalarni o‘rganishga tarixiy yondashuv.
Asosiy tushunchalar: 
Fan tarixi, metodologiya, pedagogika tarixini o‘rganish prinsiplari, mumtoz 
adabiyot, globallashuv, “Avesto”, didaktika, ta’lim-tarbiya tizimi, ta’lim-
tarbiyaning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni. 

Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti jarayonida har bir fan obyektiv 


bilimlar tizimi sifatida tarkib topgan, o‘zining rivojlanish bosqichlari mavjud. 
Insoniyat hayotining muhim tarkibiy qismi, pedagogik ta’limotlar taraqqiyot omili 
bo‘lgan, yosh avlodni ta’lim-tarbiyasi tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan. 
Pedagogik g‘oyalar, tajribalar kishilik jamiyati paydo bo‘lgandan boshlab paydo 
bo‘lgan, hayotiy tajribalar, ilmiy tahlillar, ta’lim-tarbiya qonuniyatlari, tamoyillar, 
yo‘llari, usullari, shakllari, vositalari takomillashgan, tarkib topgan har bir davrda 
jamiyatning madaniy, iqtisodiy, ma’naviy-siyosiy rivojlanishida hal qiluvchi 
ahamiyatga ega bo‘lgan. 
Ana shu g‘oyalar, ta’limotlar, qonuniyatlar umumlashmasi yozma va 
og‘zaki, hayotiy ananalar, qadriyatlar shaklida kelajak avlodlarga o‘tib kelgan. 
Unga har bir davr, xalq, uning olimlari hayotiy tajribalari asosida o‘zining hissasini 
qo‘shganlar. Ana shu tarixiy taraqqiyot tahlili pedagogika tarixining predmetidir. 
Professor N. SHermuhammedova: “Fan tarixini o‘rganish XX asrda 
boshlangan bo‘lsa-da, unga azaldan falsafaning yoki umumiy madaniyat 
nazariyasining bir bo‘limi sifatida qaralgan”
1
, - deb yozadi. Bu fikr ayrim
fanlargagina taalluqli bo‘lishi mumkin. Lekin IX asrdayoq Abu Nasr Forobiy
2
ning 
Arastu asarlarining tahlili, Abu Rayhon Beruniyning “Qadimiy xalqlardan qolgan 
yodgorliklar ”, “Hindiston” asarlari, Alisher Navoiy va boshqa mutafakkirlarning 
adabiyotshunoslik haqidagi tazkiralari, Firdavsiyning”Shohnoma” tarixiy asarida 
50 podsholik davrida ta’lim-tarbiyani yoritilishi fanlar tarixi haqidagi tarixdir.
Kishilik jamiyati paydo bo‘lganidan boshlab, ta’lim-tarbiya paydo bo‘lgani 
“pedagogika” tushunchasi meloddan oldin V - IV asrlarda qadimgi Yunoniston 
tarbiyachilik faoliyatini ifodalagani pedagogika tarixining qadimiyligidan dalolat 
beradi. Hayot sinovlaridan o‘tgan ta’lim – tarbiya mazmuni metodlari, shakl va 
vositalari pedagogika tarixining predmetidir. 
N. SHermuhammedova “Hozirgi davrda fanning tarixiyligini asoslovchi 
uchta modelni ko‘rsatadi:
- fan tarixi ketma-ket progressiv jarayon natijasi; 
fan tarixi ilmiy inqilob natijasi; 
fan tarixi individial xususiy vaziyatlar majmui”.
1
N. Shermuhammedova “Falsafa va fan metodologiyasi” M. Ulug‘bek nomidagi O‘zMU.T.2005.388 b. 
2
Abu Rayhon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. –T.: o‘rta va oliy maktab, 1968. – 486 b.


Pedagogika tarixini ketma-ketlik, uzluksizlikda tadqiq etish imkoniyati yo‘q,
tarixiy manbalar yo‘qolib ketgan. O‘zbekistonning birinchi Prizidenti I.Karimov 
Bu haqida “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy me’rosi, 
uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusida, 2014-
yilning may oyida xalqaro konferensiya ochilishi marosimidagi nutqida “Bugun 
oradan ming yil o‘tganidan keyin ham biz o‘rta asrlarda yashab ijod qilgan, jahon 
sivilizatsiyasi 
rivojiga 
bebaho 
hissa 
qo‘shgan Sharq allomalari va 
mutafakkirlarining dahosi, ilm-fanning turli yo‘nalishlardagi izlanishlari va 
qomusiy bilimlari oldida hayratga tushamiz. Afsuski insoniyat boshidan kechirgan 
har xil fojialar, urushlar, tabiiy ofatlar natijasida ular qoldirgan buyuk me’rosning 
aytish mumkinki mingdan bir qismigina bizga yetib kelgan xolos”
1
,-degan edi. 
Yozma adabiyot ham keng rivojlanmagan fan tarixiy taraqqiyotida ketma-ketlikni 
IX asrdan keyingi davrda ko‘rish mumkin.
Pedagogik g‘oyalar tarixiy taraqqiyotida “inqilobiy rivojlanish” jamiyat 
taraqiyoti bilan uyg‘unlik holatini “Avesto”da komil inson ta’limoti; qadimgi 
Yunonistonda ta’lim tizimi va pedagogika atamasi joriy etilgani, Suqrot, Arastu, 
Aflotun, Demokritlarning pedagogik qarashlari; VIII- IX asrlarda fanlar tarkibida 
“Ta’lim”, “Tarbiya”ning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va samarali metodlari 
haqidagi (Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn 
Sino Husayn Voiz Koshifiy) ixtirolar, madrasalar, maktablarni tashkil topishi; 
XVII-XIX asrda Yevropada pedagogik ta’limotlarni globallashuvi ta’lim-tarbiya 
tizimini tarkib topishi ta’lim-tarbiya mazmuni va metodlarini takomillashtirilishi 
(Y.A.Komenskiy, J.J.Russo, A.Disterverg, I.Pestalotssi, K.D.Ushinskiy) da ko‘rish 
mumkin. 
Pedagogika tarixini “xususiy vaziyatlar majmui” modelida o‘rganish ham 
muhim ahamiyatga ega. YAni, “Avesto”
3
da zaruriyatning o‘sha davriga xalqni 
marifatga, yuksak ma’naviyatga, ezgulikka, oqilona hayot kechirishga yo‘llovchi 
inqilobiy ta’limoti uzoq davr ta’lim-tarbiyaning qomusi bo‘ldi. Hatto uning eng 
nodir g‘oyalaridan yunonlar bahramand bo‘lganlari tarixdan malum. 
Qadimgi Yunonistonda ta’lim-tarbiya tizimini, fanni jamiyat hayotining 
ustuvor sohasiga aylanishida Aleksandr Makedonskiyning davlat siyosati, 
ahamiyati katta bo‘lgan. Davlat arbobi tomonidan fan va ta’lim-tarbiyani 
rivojlanishiga rag‘bati bir tomondan pedagogik g‘oyalarni rivojlanishiga sabab 
bo‘lsa, ikkinchi tomondan mamlakatni iqtisodiy, madaniy taraqqiyotining hal 
qiluvchi omili bo‘lgan. 
Xitoyda Konfutsiy ta’limotini bir necha asr millatni, mamalakatni ma’naviy, 
mafkuraviy qudratiga aylangani buyuk shaxslarning fan taraqqiyotidagi 
hissalaridan dalolat beradi. 
Arab malakatlarida V-VI asrga kelib, o‘zaro ziddiyatlar ma’naviy buhronlar, 
hatto qiz bola tug‘ilganda tiriklayin ko‘mish aqidasi bo‘lgan bir davrda 
1. Karimo.I.A, “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy me’rosi, uning zamonaviy sivilizatsiya 
rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusida, 2014-yilning may oyida xalqaro konferensiya Ma’rifat gazetasi 17-may 
2014-yil. 
2. Avesto. Dushanbe. «Adab», 1990., 
3.Homidiy H. «Avestodan Shohnomagacha». Toshkent. «Sharq» 2003 yil


Muhammad payg‘ambar s.a.v. ning ta’lim-tarbiya borasidagi g‘oyalari millatni 
marifatga yetakladi. Tug‘ilgandan umrining oxirigacha saboq olish, “jannat 
onalarning oyog‘i ostida” kabi ta’limoti mana qariyb bir yarim ming yilga yaqin 
yer yuzida musulmonlarni ezgulikka yetaklovchi g‘oya aylandi. 
Temuriylar saltanatining jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni Amir Temur 
uning nabiralari Ulug‘bek, Boburlarning marifatparvarlik siyosatining natijasidir. 
“Temur tuzuklari” dagi ta’lim-tarbiya g‘oyalari temuriylar oilasidagi ma’naviy 
kodeks davlat qudratining omili bo‘ldi. Temuriylar davrida pedagogik g‘oyalar 
davlat siyosatining tarkibiy qismi bo‘lgani Alisher Navoiy kabi buyuk 
mutafakkirlarning komil insonni, ta’lim-tarbiyani ahamiyatini madh etishga sharoit 
yaratdi. 
Buyuk shaxslarni Chex qardoshlar maktabining rahbari, keyingi provaslav 
dinining yepiskopi Yan Amos Komenskiyning “Didaktikaning oltin qoidasi”
1
4
ni 
ishlab chiqishi pedagogika tarixida “individial vaziyatlar modeli” asosida o‘rganish 
zarurligini ko‘rsatadi. 
XVIII asrda Rossiyani taraqqiyot yo‘liga kirishida Pyotr-1 tomonidan 
ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilinishi muhim omil bo‘ldi.
M. V. Lomonosov singari ma’rifatparvarlarni qo‘llab quvvatlanishi bu 
siyosat keyingi qator olimlar tomonidan pedagogika fanini rivojlanishida o‘z 
ifodasini topdi. 
XX asrning 80 yillariga kelib ta’lim-tarbiya tizimida milliy ildiz qirqilishi 
mamalakatni va maktabni tanazzulga olib borgani aniq. Mustaqillik tufayli 
O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida milliy maktab 
konsepsiyasi yaratildi. Dunyo tan olgan taraqqiyotning o‘zbek modeli tarkibida 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chiqildi. Ta’lim-tarbiya ustuvorligi 
mamlakatni barqaror rivojlanishini kafolatladi. “Yuksak ma’naviyat - yengilmas 
kuch”
2
5
, “Tarixiy xotarasiz kelajak yo‘q”
3
6
, “Barkamol avlod O‘zbekiston 
taraqqiyotining poydevori”
4
7
, “Ilg‘or pedagogik texnologiyalar ta’lim-tarbiya 
samaradorligi omili” ta’lim-tarbiya uyg‘unligi Sharqona hayot falsafasi, ekanligi 
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya Islom Karimov ta’limotida pedagogika 
fanining nazariy asosi rivojlantirildi va u mamlakat taraqqiyoti istiqbolini belgilab 
berdi. Bu esa pedagogika tarixini “ilmiy inqilob” natijasida “individual vaziyatlar 
majmui”
5
8
asosida o‘rganishni taqozo etadi. 

Download 242,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish