Pedagogika tarixi taraqqiyotining qonuniyatlari
Klassik fanlar singari pedagogika tarixiy taraqqiyotining o‘ziga xos
qonuniyatlari mavjud:
1
Komenskiy Y. A. Velikaya didaktika. Izd. Ped. Soch. v 2-x tomax.- M.: Pedagogika, 1982.-351s.
2
Islom Karimov . “Yuksak manaviyat - yengilmas kuch”, T., Ma’naviyat, 2008. 97 -bet
3
Islom Karimov . “Tarixiy xotarasiz kelajak yo‘q”, T.,: «Sharq», 1998 yil 48-b
4
Islom Karimov . Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq nashriyot-matbaa kontserni,
1997. – 53 b.
5
Ochilov S. Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari. – T.: O‘qituvchi, 1997. – 222 b.
- pedagogikaning predmeti ta’lim-tarbiyaning davr talabiga mosligi
qonuniyati. Ya’ni kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyotida, har-bir xalq millat va
mamlakatning rivojlanishida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni. Shuningdek, ta’lim-
tarbiya tizimi takomillashuvida ijtimoiy sharoit;
- pedagogikani xalq pedagogikasi asosida rivojlanishi qonuniyati. Ta’lim-
tarbiya tajribalari, pedagogik g‘oyalar kishilik jamiyati paydo bo‘lgandan boshlab
xalqning turmush an’analarida, og‘zaki ijodida o‘z ifodasini topgani, xalq
pedagogikasi pedagogikaning buloq boshi, ekanligi, xalq pedagogikasining
vorisiyligi;
- komil insonni shakllantirish, insonni ezgulikka yo‘llash, o‘zligini anglashi,
o‘z-o‘zini tarbiyalash predmetida pedagogika tarixini va dinlar tarixi, tasavvuf
bilan uzviy bog‘liqligi. “Tasavvufning ta’limiy-tarbiyaviy imkoniyatlarini
umumlashtirish, pedagogik asoslarini ishlab chiqish jamiyat taraqqiyotiga, millat
ravnaqiga zid har xil diniy niqobdagi g‘oyalar taraxining oqibatlarini ilmiy
asoslanishi nuqtai nazaridan qaraganda muqaddas islom dinimizni pok saqlash, uni
turli xil g‘arazli xuruj va hamlalardan, tuhmat va bo‘htonlardan himoya qilish,
uning asl mohiyatini o‘sib kelayotgan yosh avlodimizga to‘g‘ri tushuntirish, islom
madaniyatining ezgu g‘oyalarini keng targ‘ib etish vazifasi hamon dolzarb bo‘lib
qolmoqda”. (I. Karimov)
1
9
;
- ta’lim-tarbiyaning mavjud shart- sharoitga bog‘liqligi qonuniyati. Zero, har bir
hudud, mintaqa mamlakat, milliy maktab qanday bo‘lsa, mamlakat taraqqiyoti
shunday bo‘lgan va mamlakat siyosiy tuzulishi qanday bo‘lsa, maktab ta’lim-
tarbiya shunday bo‘lgani aksioma ekanligi. Jamiyat taraqqiyotida bazis va
ustqurma o‘zaro bog‘liqligi falsafiy kategoriya asosida pedagogik fikrlar
taraqqiyoti;
- pedagogika ayrim ijtimoiy fanlar qatori falsafa tarkibida rivojlangani. Pedagogika
tarixi va boshqa gumanitar fanlar tarixi bilan uzviy bog‘liqligi obyektiv olamning
bir butunligi, fanlar tarixi biri ikkinchisini to‘ldirishi.
- pedagogika tarixini mumtoz adabiyot bilan tarixan va mantiqan bog‘liqligi
qonuniyati. Sharqda adabiyot “adab”- axloq, odob, “yot”-ko‘plik, fan, ta’limot
ma’nosini anglatgani, adabiyot hayot darsligi, ta’lim-tarbiya vositasi ekanligi,
mumtoz adabiyot milliy ta’lim-tarbiya tajribalari va g‘oyalarini asrlardan asrlarga
yetkazuvchi, manba’ ekanligi;
Badiiy obrazlar va uslublar orqali komil inson g‘oyasi, modeli ta’lim –
tarbiya mazmuni, metodlari ommalashtirilgan. Keyinchalik adabiyot badiiyot
o‘rnida qo‘llanilib uning adab, axloq haqidagi qimmatiga ham e’tibor berilgan.
Adabiyotshunoslar badiiy asarlardagi pedagogik g‘oyalarni o‘z imkoniyatlari
darajasida tanqidiy tahlil qilishdan nariga o‘taolmaydilar. Pedagoglar badiiy asar
sifatida uning ilmiy va amaliy ahamiyatini yetarli hisoblamaydilar.
Vaholanki, Ibn Sino ham o‘zining ta’lim – tarbiya haqidagi g‘oyalarini
badiiy uslubda bayon qilgan. Firdavsiy, Sa’diy SHeroziy, Yusuf Xos Xojib,
Ahmad Yugnakiy, Abdurahmon Jomiy, Devoniy asarlari pedagogika tarixining
1Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot
kafolatlari. – T.: O‘zbekiston, 1997. – 328 b.
noyob durdonalaridir. Alisher Navoiy “Mahbub ul qulub ”
1
10
asarida pedagogik
g‘oyalarni ilmiy va badiiy uslubda ifodalagan. “Hamsa”
2
11
asarining “Hayratul
abror”
3
12
dostonidan boshlanishi ham uning ta’lim – tarbiya maqsadiga qaratilgani
emasmi? Inchunun, pedagogikaning mumtoz adabiyot bilan mantiqan va tarixan
bog‘liq qonuniyati mavjud. Yevropa pedagogika tarixida ham Deni Didro, Jan Jak
Russo, Iogen Pestalotssi asarlarida ta’lim – tarbiya ustuvorligi fikrimizning
dalilidir. Shuni ta’kidlash lozimki, jahon pedagogikasi tarixida XVII asrdan ta’lim-
tarbiya muammolarini ilmiy – ommabop umumlashtirish, tahlil etish boshlangani
e’tirof etiladi. “Didaktika ( ta’lim nazariyasi va amaliyoti )ning oltin qoidasi” ga
Yan Amos Komenskiyning “Buyuk didaktika”
4
13
(1631) “Hislar vositasi bilan
idrok qilinadigan narsalarning suratlari” ( 1633) kabi asarlarida asos solingani
fanda tan olingan. Biroq Yan Amos Komenskiyning pedagogik ta’limoti xristian
dini va fanning o‘zaro bog‘liqlik metodologiyasiga asoslangan. Ma’lumki, u
katolik cherkoviga qarshi chex xristian jamoasiga boshchilik qiladi, keyinchalik,
yepiskop vazifasiga saylanadi. Har bir didaktik g‘oyani “ollohning irodasi” bilan
amalga oshirishni ifodalaydi.
Pedagogika tarixini o‘rganishni o‘ziga xos uch yo‘nalishini e’tirof etish
mumkin:
- birinchidan-pedagogik g‘oyalarni rivojlantirishni izchil (xronologik) va tarkiban
tizimli (xalq pedagogikasi tarixi, oila pedagogikasi tarixi, makab pedagogikasi
tarixi va hokazo) tartibda umumlashtirish;
- ikkinchidan-ilg‘or pedagogik ilmiy g‘oya va muammolarni tadrijiy taraqqiyoti,
jamiyat taraqqiyoti bilan o‘zaro bog‘liqligi;
- uchinchidan-olimlarning, mutafakkirlarning ilmiy faoliyati va ijodining nazariy
va amaliy ahamiyatini umumlashtirish.
Pedagogika tirixini o‘rganishda ta’lim tarbiya jarayonining o‘ziga xos
qonuniyatlari muhim o‘rin tutadi. Ma’lumki, qonuniyat barqaror takrorlanib
turuvchi voqea va xodisalarning izchil aloqadorligi, bog‘liqligidir.
Demak, pedagogika tarixi manbalarini o‘rganish metodikasining yaratilishi
xalqimiz madaniy merosining nazariy va amaliy ahamiyatini aniqlash imkoniyatini
beradi. Tarixiy manbalarda kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti va bu borada fanlar
tarixining o‘zaro bog‘liqligi o‘z ifodasini topgan.
Qadimgi bitiklar, qo‘lyozmalar, tarixiy ashyolar jamiyat taraqqiyotida
ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni, yoshlarni hayotga tayyorlash tizimidan маьлумот
beradi. Tarixiy manbalar jamiyat rivojlanishi qonuniyatlarini aniqlash, milliy
taraqqiyot g‘oyasini yaratish imkoniyatini beradi. Shuning uchun ham har bir
bosqinchilik (yunon, arab, mo‘g‘ul, rus) siyosatida madaniy manbalarni
yo‘qotishga harakat qilingan.
1
Navoiy, Alisher. Mahbub-ul qulub. – T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983. – 111 b.
2
Navoiy, Alisher. Xamsa. – T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983.
3
Navoiy, Alisher. Hayrat-ul abror. – T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983.
4
Komenskiy Y. A. Velikaya didaktika. Izd. Ped. Soch. v 2-x tomax.- M.: Pedagogika, 1982.-356 s.
Ota-bobolarimizning asrlar davomida to‘plangan hayotiy tajribasi, diniy,
axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etadigan bu kabi taraxiy yodgorliklar
orasida bundan qariyb uch ming yil muqaddam Xorazm vohasi hududida
yaratilgan, “Avesto” deb atalgan bebaho madaniy obida alohida o‘rin tutadi.
Avvalombor, shuni aytish joizki, olis ota-bobolarimizning aql-zakovati, qalb qo‘ri
mahsuli bo‘lmish bu noyob yodgorlikning zamon to‘fonlaridan, qanchadan-qancha
og‘ir sinovlardan o‘tib, bizning davrimizgacha etib kelganining o‘zida katta mano
mujassam. Bunday o‘lmas osori atiqalar bu o‘lkada, bugun biz yashab turgan
tuproqdan qadimdan buyuk madaniyat mavjud bo‘lganligidan guvohlik beradi1
14
.
“Avesto”da Yunonistondagi ta’lim-tarbiya tizimidan 3-4 asr oldin didaktikaga
komil inson g‘oyasiga asos solingani aniqlandi. Milliy istiqlol g‘oyasini
yaratilishida “Qur’oni karim”, va “Hadislar”dan foydalanish pedagogika tarixini
tasavvuf ta’limoti bilan bog‘liqligini o‘rganish fanning istiqbolini belgilab berdi.
Makon va inson, zamon va inson o‘zaro bog‘liqligi xalq pedagogikasining bugungi
kundagi ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini oshiradi. Xalq pedagogikasidan
foydalanishning metodik asoslari ishlab chiqildi. Xalqning ta’lim-tarbiya
borasidagi ertak, doston, rivoyatlari qayda-qayda chop etildi. “Alpomish”
dostonining ming yilligi nishonlanishi, unga o‘rnatilgan haykal xalqimizning
ma’naviy merosini qadrlash ramzi bo‘ldi.
- Buyuk bobokalonlarimizning asarlari, dunyoning eng nufuzli kutubxonalarida
ko‘z qorachig‘iday saqlanayotganligi fikrimizning dalilidir.
Tarix o‘zi hayotiy haqiqatdir, uni oshirib ta’riflash ham yashirib ifodalash ham
mumkin emas. Har bir davrda ham insoniyat yuksaklikka intilib yashagan, ta’lim –
tarbiyaning maqsadi, mazmunida o‘z davrining ideali ifodalangan.
Malumki, qaysi mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimi rivojlangan bo‘lsa,
shu mamlakat har sohada ilg‘orlab ketgan. “Avesto” ta’lim-tarbiya tizimida xalqni
ezgulik g‘oyasida birlashishi Qadimgi Yunonistonda ta’lim-tarbiya tizimidagi V-
IV asrlardagi islohatlar mamalakatni fanlar o‘chog‘iga aylanishga sabab bo‘lgan
Konfutsiy ta’limoti Xitoy fan madaniyati tarixida taraqqiyot omili bo‘lgani, VIII-
XIV asrlarda O‘rta Osiyoda maktab madrasalar taraqqiyoti buyuk allomalar
tomonidan fanni rivojlantirilishi, Temuriylar, Boburiylar davri madaniyatini jahon
sivilizatsiyasida tutgan o‘rni, Ayniqsa, XVII-XIX asrlarda Yevropa xalqlarida
pedagogikani rivojlanishiga alohida e’tibor berildi, pedagogika tarixini o‘rganishga
qo‘l urildi. Masalan, rus pedagogikasining asoschilaridan biri K. D. Ushinskiy
“Inson tarbiya predmeti sifatida” ikki tomlik asarida yunon, hind, xitoy, olmon
olimlarining ta’lim-tarbiya haqidagi asarlarini qiyosiy tahlil qildi. Ayniqsa uning
pedagogika fanining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, Germaniya, Fransiya, Angliya
davlatlarida ta’lim-tarbiya tizimining tashkil etilishi “Pedagogik adabiyotlarning
foydasi haqida” risolasi muhim tarixiy ahamiyat kasb etdi. Pedagogika tarixini
o‘rganishdagi bunday qiyosiy metodologik yondashuv fanni ham nazariy, ham
amaliy rivojlanishida muhim omil bo‘ldi.
XVIII-XIX asrda Rossiyada pedagogik fanining rivojlanishi, ta’lim
tizimidagi islohotlar mamlakatni iqtisodiy inqirozdan olib chiqdi, jahon
1
Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” T., 2009 54 bet
maydonidagi mavqeini mustahkamladi. Rossiya va boshqa mamlakatlardagi ta’lim
tizimidagi pedagogik tajribalar tasirida Ahmad Donish, Furqat, Abduqodir
Shakuriy, Saidrasul Aziziy va jadidchilik harakatining namoyandalari Ismoilbek
Gasparali, Munavvar Qori, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Isoqxon Ibrat, Qori Niyoziy,
Abdulla Avloniy kabi marifatparvarlar ta’lim-tarbiya tizimini zamon talablariga
mos takomillashtirish mamlakat va millat taraqqiyotining omili ekanligini targ‘ib
qildilar, o‘zlari maktablar ochdilar darsliklar yaratdilar.
Abdulla Avloniy “Pedagogika”, yani bola tarbiyasi demakdur. Ilmi
axloqning asosi tarbiya... Har bir millatning saodati, davlatning tinch va rohati
yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘liqdur”
1
deb yozgan edi. YAni pedagogika fani
va tarbiyaning ijtimoiy mohiyati haqidagi Abdulla Avloniyning ta’limoti o‘z davri
va bugungi kunda muhim ahamiyatga ega.
Demak, pedagogika tarixini o‘rganishni o‘ziga xos to‘rt yo‘nalishini e’tirof
etish mumkin:
Birinchidan - ilg‘or pedagogik ilmiy g‘oya va muammolarni tadrijiy
taraqqiyoti, jamiyat taraqqiyoti bilan o‘zaro bog‘liqligi.
Ikkinchidan - pedagogik g‘oyalarni rivojlantirishni izchil (xronologik) va
tarkiban tizimli (xalq pedagogikasi tarixi, oila pedagogikasi tarixi, maktab
pedagogikasi tarixi va hokazo tarkibda) umumlashtirish.
Uchinchidan-olimlarning, mutafakkirlarning ilmiy faoliyati va ijodining
nazariy va amaliy ahamiyatini umumlashtirish.
To‘rtinchidan pedagogika tarixini tasavvuf tarixi bilan o‘zaro bog‘liqligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |