o’zining oliy g’oyasi va istagiga aylantirib, bu yo’lda barcha
imkoniyatlardan foydalansa, u baxt–saodatga erishadi
(Forobiy)
Yangi
zamonda
Insonlik tuzilgan ijtimoiy shartnoma asosida birgalikda
yashashdir. (Lokk, Russo)
Insonlarning birgalikda mehnat qilishi jarayonidagi
o’zaro munosabat.
XX asrda
Insonlarning ijtimoiy ta’siri tizimi bo’lib, u qadriyatlarni
yaratish bilan belgilanadi (Veber, Parsons, Sorokin va
boshqalar)
Insonlarning yaxshi tashkil qilingan munozara normalari
asosi yangi kommunikasiya aloqalaridir (Xabermas va
boshqalar)
Jamiyat taraqqiyotining asosi uni muqarrar halokatdan
qutqarib qoladigan yagona kuch-ma’rifatdir (I. Karimov)
Tarix yunoncha historia so’zidan olingan bo’lib, o’tmish voqyealar haqida
hikoya, bo’lgan hodisalar degan ma’noni anglatadi.
qadimgi dunyodayoq tarixga universal bilish sifatida qarab kelingan.
O’tmishning bugun va kelajak bilan aloqadaligini tarix ko’rsatadi.
O’tmishni qanday bilish mumkin? O’tmish bugungi kun bilan, kelajak bilan
qanday aloqada bo’ladi? U yoki bu xalq tarixining bir butun universal ma’nosi
bormi?
Bu va shu kabi savolllarga tarix faldsafasi javob beradi. Demak, tarix
falsafasini yaratish uchun bir butun inson evolyusiyasini, uning ma’no va
mazmunini tahlil qilish kerak. Tarix falsafasi tarixni anglash, uning orqaga
qaytmas jarayonini tushunib olishdir.
Tarixning dramatik jarayonlarida insonning ishtiroki qanday?
Bu savol ham bugungi kunda eng muhim masala bo’lib qoldi. Chunki har bir
shaxs o’z o’tmishini va undagi ishtirok etgan avlodlarni bilishga qiziqadi, tarixiy
jarayonda o’zining o’rnini belgilab olishga harakat qiladi. Demak, inson o’zining
shu jarayondagi o’rnini, o’z ishtirokini, o’zining qadr - qiymatini bilishni
istaydi.
Inson tarixiy mavjudot sifatida vaqtning davomiyligini his qilib, unda o’z
zimmasiga nimalar yuklanishini tushunib yashashga intiladi. Inson hayotning
ma’nosini anglar ekan, u nafaqat bugungi kun tashvishi bilan yashaydi, balki
o’tmish va kelajak haqida fikr yuritib, o’ylab, iztiroob chekib, quyinib, mamnun
bo’lib yashaydi. Bu esa tarixni keng ma’noda tushunish demakdir.
Yunonlar tarixga dunyoni estetik anglash, kosmosning garmoniyasi va undagi
davriylikning yakuni sifatida qaraganlar. Kosmosda ham, inson hayotida ham
uzluksiz almashish, aylanish yuz berishini qayd etdilar. Tabiatda issiqning - sovuq,
yozning – kuz, qishning - bahor almashinuvi, ijtimoiy hayotda esa yaxshining -
yomon, yovuzlikning - ezgulik bilan almashinuvi aylanma shaklda borayotganini
ko’rdilar. Bu doira shakli abadiylik va o’tkinchilikning geometrik ramzini
anglatadi, (doira boshlanishi ham, oxiri ham yo’q) degan fikrga keldilar.
Bobokalon allomalarimiz dunyoni charxpalak shaklida ifodalashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |