Jamiyat taraqqiyotida rasionallikning ahamiyati
Falsafa fanni tahlil qilar ekan, uning asosiy xususiyatlari, bir butun umumiy
yo’nalishlariga ahamiyat beradi.
Ijtimoiy taraqqiyotning umumiy yo’nalishini harakatga keltiruvchi kuch nima?
Falsafa bu savolga javob beradi.
Ijtimoiy hayotni ilmiy tahlil qiladigan falsafa bormi?
Ba’zi faylasuflar bu savolga salbiy javob beradilar. Chunki tabiatda zaruriyat,
qonuniyat hukmron bo’lsa, jamiyatda erkinlik mavjud, shuning uchun inson
irodasi, erkin tafakkurni qonunlashtirib bo’lmaydi, deydilar ular.
Gegel va Markslar ijtimoiy hayotning o’z qonunlari bor va bu qonunlar inson
ongidan tashqarida, uning ongiga, irodasiga bog’liq bo’lmagan holda mavjud, deb
aytdilar. Marks ijtimoiy - iqtisodiy formasiya haqida o’z ta’limotini yaratdi. Bu
konsepsiyaga ko’ra, jamiyat boshlang’ich jamoa tuzumidan qulchilikka,
qulchilikdan feodalizmga, feodalizmdan kapitalizmga va undan kommunizmga
muqarrar o’tadi. Bu Marks ta’limoti chiziqli, bir yoqlama tafakkurga
asoslanganligidan dalolat beradi. Ikkinchidan, Gegel ham, Marks ham ijtimsoiy
qonunlarni shaxs faoliyatidan ajratib qo’yganlar. Ular individning jamiyatdagi
betakror o’rni va rolini inobatga olmaganlar.
Strukturalistlar esa jamiyatning insondan tashqarida inson irodasiga bog’liq
bo’lmagan tuzilishi haqida fikr yuritadilar. Ular jamiyat ma’lum qonuniyatlar
asosida rivojlanadi, deb ko’rsatadilar va inson faoliyatiga e’tibor berish masalasida
kamchilikka yo’l qo’yadilar.
XX asrning ikkinchi yarmida falsafada "lingvistik" tub o’zgarish yuz berdi.
Mantiqiy pozitivizm, analitik falsafa tarafdorlari, keyinchalik Vitgenshteyn kabi
olimlar falsafada burilish yasadilar. Ular jamiyat to’g’risidagi fanni ma’lum
fikrlarni ifoda etish bilan bog’ladilar. 1942 yilda Gempel ijtimoiy fan soha
vakillariga mulohaza orqali deduktiv xulosa chiqarish modeliga o’tishni taklif
qiladi. Biroq bu maktabning ayrim vakillari, jumladan, Vitgenshteyn Gempel
mantig’i tor doirada ekanligini, tilning imkoniyati keng ekanligini, bitta sxema
doirasida ish ko’rish mumkin emasligini ta’kidladilar. Bir necha bor munozaradan
so’ng ijtimoiy qonunlar tabiat qonunlaridan farq qilishini tan olishdi. Biroq
munozara hamon davom etmoqda.
Tajribalar, eksperimentlar ijtimoiy hodisalarga ham tatbiq etildi. Natijada
jamiyat o’rganish bo’yicha empirik sosiologiya kabi fanlar paydo bo’ldi.
Neopozitivizm va postpozitivizmning fan dasturi ijtimoiy hayotga ham tatbiq
etildi.
ijtimoiy
sohalar matematik model bilan o’rganilib, ma’lum
muvaffaqiyatlarga erishildi.
Nima uchun matematik formulalar, o’zining aniqligi bilan ajralib tursa-da,
ijtimoiy sohada fizik formulalardan ustun tura olmadi?
Matematik modelning iqtisodiyot sohasida qo’llanilishi juda katta natija bergan
bo’lsa-da, tabiatdagi (oniy) lahza-tezlik, iqtisoddagi qiymat ko’rinishi fizikaviy
model bilan hal qilindi. Zarrachalarning holati xuddi insonlar faoliyatidagidek
erkin, oldindan bilib bo’lmas darajada ekan. Fizik-tadqiqotchi katta miqdordagi
zarrachalarning holatini aniqlash uchun statistik qonunlarni ishlatadi. Alohida,
yakka zarrachaning holati uchun esa ehtimollik nazariyasini qo’llaydi. Shunga
o’xshash ijtimoiy hodisalarda ham alohida olingan odam faoliyatini ehtimollik
nazariyasi asosida qayd qilinsa, ko’pchilikning faoliyati esa statistik qonun asosida
yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |