Terminologik leksika. Terminlardan iborat bo‘lgan leksika.
Terminologiya (termin +logos – so‘z, ta’limot). Biror ilm, kasb va b. sohalarga oid terminlar
majmui. Tilshunoslikning terminlarni o‘rganuvchi, tadqiq etuvchi bo‘limi.
Transformasion tahlil. Turli – tuman sintaktik tuzilmalarni qayta tuzib, sodda tuzilmalarga
keltirish metodi, uslubi va qoyidalari.
Uslubiy sinonimlar. Ma’lum bir uslubga oidligi bilan o‘zaro farqlanadigan sinonimlar.
Uslubiy tahlil. Matnning, uning qismlarining nutq uslublaridan qaysi biriga tegishligi, bu
oidlikni belgilovchi omillar va shu kabilarni belgilash nuqtai nazaridan olib boriladigan tahlil.
Fraza (yun. phrasis – ifoda nutq o‘rami). 1. Nutqning aloqa qilish birligi sifatidagi eng kichik
mustaqil birligi. 2.Eng katta fonetik birlik – fikr tugalligika ega, alohida ohang yordamida
birlashgan va o‘ziga o‘xshash birliklardan to‘xtam orqali ajratilgan jumla.
Do'stlaringiz bilan baham: |