Frazeologik kalka. O‘zga til frazeologik birligidan qismma – qism nusxa olish yo‘li bilan hosil
qilingan frazeologik birlik.
Funksional semantika. So‘z semantikasining o‘zgarishini ular anglatgan narsalarning bir xil
vazifa bajarishi bilan izohlovchi nazariya.
Shtamp (ital.stampa – muhr). Lug‘aviy ma’nosi xiralashgan, ekspressivlik xususiyati yo‘qolgan,
tilda yoki nutqda o‘zgarmas qolip shakliga kelgan ifoda.
Ekspressivlik. Til ekspressiv vazifasining turli shakllar bilan namoyon bo‘lishi.
Ekspressiya (lot. expressio – ifoda). Nutqning, matnning ta’sirchanlik xususiyati.
Etimologiya (yun.etymologia – so‘zning haqiqiy ma’nosi). So‘z va morfemlarni kelib chiqishi
va tarixini o‘rganuvchi fan, soha. 2. So‘z yoki morfemalarning kelib chiqishi va tarixi.
Do'stlaringiz bilan baham: |