ko‘rinishdagi texnologik qurilmalar va texnologiyalarni tadbiq qilish orqali yuqori
sifatli buyumlarni ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, tez moslashuvchi tikuv
oqim liniyalarini tashkil qilish va rivojlantirish hisobiga ishlab chiqarish
samaradorligini oshirishdan iboratdir. Tikuvchilik sanoatida kiyimlarni loyihalash
va konstruksiyalash, tikish, pardozlash va boshqa bosqichlarida qo‘l mehnatining
salmog‘i kattadir. Bu esa ishlab chiqarish unumdorligini o‘sishini kamaytiradi.
Shuning uchun, ishlab chiqarishni zamonaviy avtomatik boshqarish tizimli tikuv
mashina jixozlarini ishlab chiqarishga tadbigi borasida ko‘pgina tadqiqot ishlari
amalga oshirilgan. Jumladan, tikuv mashinalar konstrkutsiyalarini yaratilish va
ishlab chiqarish tarixiga nazar tashlasak,masalan tikuv mashinasining dastlabki
ko‘rinishlari XVI asr oxirlarida angliyalik olim Uilyam Li bir ipli zanjirsimon baxyali
to‘qima tikish mashinasini kashf etgan. 1755 yilda Karl Veyzental qo‘lda
bajariladigan qaviqlardan nusxa ko‘chiruvchi tikuv mashinasini yaratgan.
Angliyada 1790 yili teri mahsulotlarini tikadigan tikuv mashina uchun Tomas
Sentga patent berilgan va bu mashina qo‘lda yurgizilib, buyum detallari igna
tagida qo‘lda surilib turilgan. Bu mashina konstruksiyasi uncha murakkab
bo‘lmasada, unda ilgarilanma-qaytma harakatlanuvchan igna yuritgichi, gorizontal
igna plastinasi, baxya uzunligini o‘zgartirish va gazlamani surish qurilmalari
mavjud bo‘lgan.
1829 yili Bartolomeya Timone yuqoridagi mashinalardan mukammalroq bir
ipli zanjirsimon baxyali tikuv mashinasi asosida harbiy kiyim tikishga mo‘ljallangan
80 ta tikuv mashinasini yaratgan. 1834 yili amerikalik Uolter Xant ustki va ostki
iplar qo‘llanilgan birinchi moki baxyali tikuv mashinada ostki ipning tarangligini
sozlash qurilmasi bo‘lmaganligi sababli, sifatli baxyaqator olish imkoni bo‘lmagan.
1843 yili Bendjamin Bin tomonidan yoysimon shakldagi ignali tikuv mashinasini
yaratilgan .Ellios Xou tomonidan 1845 yili moki baxyali tikuv mashinasi uchun
patent olgan va bu mashinada gazlama vertikal tarzda suruvchi richag
ildirgichlariga sanchib qo‘yilar va faqat to‘g‘ri yo‘nalishda surilgan. Uning bukik
ignasi gorizontal tekislikda harakatlanib, to‘quv stanogi mokisiga o‘xshash mokisi
esa ilgarilanmaqaytma harakatlangan.
1850 yil A.Vilson, I.Gibbs va I.Zingerning dastlabki mashinalarida igna
vertikal harakatlanib, tepki bilan bostirib qo‘yilgan gazlama esa gorizontal
platformada harakatlangan va bu mashinalarda gazlamani to‘xtab-to‘xtab surib
turadigan tishli g‘ildirakcha bo‘lgan, keyinchalik esa uning o‘rniga tishli reyka
o‘rnatilgan .