1). umumiy ob’ekt - jinoyat qonuni bilan quriklanadigan barcha ijtimoiy
2). Maxsus ob’ekti - jinoyat qonuni bilan muhofaza ètiladigan o’z mohiyati
bo’yicha bir xildagi ijtimoiy munosabatlar (Jinoyat Kodeksi maxsus qismida
3). jinoyatning bevosita ob’ektlari jinoyatlarning konkret turiga bevosita
qaratilgan ijtimoiy munosabatlardan iborat (Jinoyat Kodeksi maxsus qismining har
Jinoyat obektidan jinoiy tajovuz predmetini farqlay bilish kerak. Jinoiy
tajovuz predmeti jinoyatni tajovuz qiladigan bitta ayrim predmetdan iborat.
Masalan, jinoyatni o’zganing kvartirasiga yashirincha kirib, televizorni o’g’irladi.
Televizor -jinoyat predmetidir, ushbu holatda Jinoyat Kodeksining 169-moddasiga
shaxsning ongli irodali harakati bo’lib, atrof dunyoda muayyan o’zgarishlarni
yoki harakatsizlik; 2) jinoiy oqibat; 3) ijtimoiy xavfli harakat bilan ro’y bergan
oqibat ruy bergan okibat o’rtasidagi sababiy bog’lanishi; 4) jinoyat sodir ètilgan
61
vaqt; 5) jinoyat sodir ètilgan joy: 6) jinoyat sodir ètilgan muhit; 7) jiyuyatni sodir
ètish usuli; 8) jinoyatni sodir ètish quroli; 9) jinoyat sodir ètish vositasi.
Qilmish (harakat yoki harakatsizlik) — bu jinoyat ob’etiv tomonining tashqi
holatini belgilaydi. Qilmish fakat xohish-iroda bilan amalga oshirilgan va
qonun bilan taqiqlanganlagina ijtimoiy xavfli mohiyatga èga bo’ladi.
Zararli oqibatlar jinoiy tajovuz ob’ektlarida jamiyatga qarshi o’zgarishlar,
ya’ni ham mulkiy, ham ma’naviy zarar, jismoniy va ruhiy zarar, jamoat tartibiga
karshi, mehnat qarshi jinoyatlar va xokazolar.
Sababiy boglanish deganda bir xodisa muayyan sharoitlarda mukarrar
ravishda ikkinchisini keltirib chiqaradigan hodisalarning o’zaro boglikligi
tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, sababiy aloqa hodisalar holati va
xususiyatlarini o’zgartirishga olib boruvchi yoxud yangi hodisalarni keltirib
chiqaruvchi hodisa.larning bir-biriga o’zaro ta’sirdir. Sababiy bog’lanish jinoyat
ob’ektiv tomonining zaruriy belgilaridan hisoblanadi. Chunonchi, agar jinoyat
qonuniy bilan taqiqlangan ijtimoiy xavfli qilmish sodir ètilib, uning zararli
oqibatlari mavjud bo’lgani holda ularning birinchisi bulgan ikkinchisi
o’rtasida
sababiy bog’lanish bo’lmas èkan, jinoyatning ob’ektiv tomoni ham bo’lmaydi.
Kilmish bilan uning zararli oqibatlari o’rtasidagi sababiy bog’liqlikni aniqlash
jinoyat bo’yicha surishtiruv ishlarini olib borish jarayonida tergov organlarining
èng muhim vazifalaridandir.
Jinoyatni sodir ètish usuli shaxs o’zining jinoiy maqsadini amalga oshirishda
foydalanadigan usul, uslub, muayyan harakat yoki ularning yigindisidan iborat.
Jinoyatni sodir ètish vaziyati deyilganda sodir ètilgan qilmishning ijtimoiy
xavflilik darajasiga ta’sir o’tkazgan va shu bilan bog’liq ravishda jinoiy-huquqiy
ahamiyat kasb ètgan inson, moddiy predmetlar, tabiiy ofatlar va boshqa omillar
o’zaro ta’sirining sodir ètilgan jinoyatning vaqt bilan chegaralangan makonidir.
Jinoyat qonuni bilan taqiqlangan qilmish ro’y bergan makon jinoyat sodir
ètilgan joy deb tushuniladi.
Jinoyat sodir ètilgan vaqt jinoiy qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi
aniqlashda ahamiyatta èga. Masalan, tungi vaqtda sodir ètilgan jinoyatlar
kunduzgi vaqtdagilariga karaganda ko’proq ijtimoiy xavf tug’diradi. Vaqt
shuningdek, jinoyatning davomiyligini ham ko’rsatib beradi.
Jinoyatni sodir ètish vositalari — narsalar va moslamalar. Jinoyatchi ular
vositasida jinoyat ob’ektiga zarar etkazadi.
Jinoyat kurollari — bular jinoyat sodir ètishga yordam beradigan xamda
ijtimoiy munosabatlar èlementlariga ta’sir o’tkazadigan narsalardan iborat. Ba’zan
birgina narsaning o’zi turli sifatlarga èga bo’lishi mumkin (chunonchi, pistolet —
kasddan odam o’ddirishda jinoyat quroli vazifasini utaydi, ayni paytda uning o’zi
noqonuniy saklanganda jinoyat vositasi xisoblanadi).
Jinoyat qonuni bilan belgilangan muayyan yoshga etgan va Jinoyat Kodeksi
maxsus qismining konkret normalarida mustahqamlangan alomatlarga èga bo’lgan
o’z qilmishga o’zi javob bera oladigan jismoniy shaxs jinoyat sub’ekti deb topiladi.
Jinoyat sub’ektini belgilari:
- jismoniy shaxs;
62
2). aqli rasolik (o’z harakatlarining ijtimoiy xavflilik mohiyatini idrok ètish
qobiliyati va o’z xatti-harkatlarini boshqara olish layoqati);
3). jinoiy javobgarlik yoshiga etganlik (barcha jinoyatlar uchun jinoiy
javobgarlik yoshi 16 yoshdan, o’ta og’ir jinoyatlar uchui jinoiy javobgarlik — 14
yoshdan boshlanadi, aybni ogirlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o’ldirish - 13
yosh).
Bular umumiy belgilar bo’lib, ulardan tashqari yana jinoyat-huquqiy maxsus
qismi normalarini dispozitsiyasida ko’rsatilgan qo’shimcha belgilar ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: