Mehnat xuquqining lokal manbalariga quyidagilar kiradi:
1.
Mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlarining xuquqiy ijodkorligi;
2.
korxonada o’rnatilgan ichki mehnat tartibi qoidalari;
3.
jamoa shartnomalari va kelishuvlari
4.
mehnat shartnomalari (kontraktlari);
5.
korxona va muassasalarning buyruq va farmoyishlari.
Mehnat xuquqi tamoyillari:
1.
fuqarolarning o’z mehnat layoqatlarini o’zlari èrkin tasarruf ètishlari
tamoyillar mehnatni baravar rag’batlantirish tamoyili;
2.
xodimlar ahvolining mehnat xaqidagi qonun xujjatlarida nazarda
tutilganidan pasayib ketishiga yo’l qo’yib bo’lmasligi tamoyili:
Mehnat xuquqi funktsiyalari mehnat qonunchiligi oldida turgan vazifalar
bilan belgilanadi. Ushbu vazifalar O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining
2-moddasida bayon ètilgan. Ko’rsatib o’tilgan modda mazmuniga nazar tashlar
èkan, unda keltirilgan vazifalar ko’proq deklarativ xarakterga èga èkanligini sezish
mumkin.
Mehnatga oid munosabati sub’ektlari asosiy va qo’shimcha sub’ktlarga
bo’linadi. Bunday bo’linish u yoki bu sub’ekt mehnat munosabatlarining vujudga
kelishi, amal amal qilish va bekor qilinishiga ta’sir ètish darajasiga asoslangan.
Xodim va ish beruvchi mehnat munosabatlarining asosiy sub’ektlari bo’lib
maydondga chiqadilar (O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 14-15-
moddalari).
Mehnat jamoasi kengashi; mehnat nizolari bo’yicha komissiyalar; kasaba
uyushmalari; mehnat organlari; korxonadagi yuridik xizmatlar va ishlab
chiqarishning normal ishlashni ta’minlovchi boshqa tarkiblar qo’shimcha
sub’ktlarga kiradi.
Xodimlarning majburiyatlari umumiy tarzda qo’yilgan hamda ichki tartib
qoidalari va qo’shimcha yo’riqnomalar bilan batafsil reglamentlar qo’yilganlari
Federatsiyasi kengashi va ish beruvchilarning respublika miqiyosidagi
birlashmalari o’rtasida, taraflarning taklifiga ko’ra èsa O’zbekiston Respublikasi
xukumati bilan ham tuziladi.
38
Bosh kelishuv ijtimoiy-iqtisodiy masalalari xususida kelishuv siyosat olib
borishni umumiy tamoyillarini belgilab beradi. (Mehnat kodeksining 48-moddasi).
Tarmoq kelishuvlari tarmoqni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy
yo’nalishlarini, mehnat shartlari va unga xaq to’lashni, tarmoq xodimlarning
(kasbdoshlar guruxlarining) ijtimoiy kafolatlarini belgilab beradi. (Mehnat
kodeksining 49-moddasi).
Xududiy mintaqaviy kelishuvlar tegishli kasaba uyushmalari (xodimlarning
boshqa vakillik organlari) va ish beruvchilar (ularning birlashmalari) o’rtasida,
taraflarning taklifiga ko’ra èsa joylardagi mahalliy hokimiyat ijroiy organlari bilan
ham tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |