5
soxtakorlikka asoslanganini yaxshi bilamiz. Shu sababli ham u halokatga uchradi".
Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek mana shu mustamlakachilik siyosati zulm va
asoratlari ta’lim - tarbiya, milliy o`zlikni anglash sohalarimizga ham o`z ta’sirini
ko`rsatdi. Sobiq Sho`ro tuzumi davrida pedagogika fani butunlay boshqacha
negizda shakllantirildi. Bu sobiq sovet pedagogikasining ajralmas qismi edi. Rus
pedagogikasidan rus olimlari yozgan darsliklardan foydalanildi. Natijada o`zbek
pedagogikasi markscha - lenincha nazariya doirasida shakllangan soxta fanga
aylanib ketdi. Oktabr tuntarishidan so`ng 3 ta xonlik o`rniga yangi yo`nalishdagi
mafkuraga asoslangan
Turkiston Muxtor Jumhuriyati, Buxoro va Xiva Xalq
Respublikalari tashkil topdi. Maktablardagi o`quv - tarbiya ishlari mazmuni tuzum
maqsadi asosida o`zgardi. Din va Qur’oni Karimga e’tibor umuman taqiqlandi.
1918 - 20 yillarda yangi siyosat asosida o`quv reja va dasturlari tuzildi, dars va
tadbirlar shu asosida o`tkazildi. Tarix darslarida voqealar buzib talqin etildi.
Adabiyot darslarida esa rus yozuvchilarini o`rgatishga e’tibor qaratildi. Aniq
fanlarni o`qitish miqyosi kengaydi. Ijtimoiy fanlarni o`qitishda ham o`zgarishlar
bo`ldi. Avvalo milliy maktablarda o`qituvchilar yetishmasligi ko`zga tashlandi.
1918 yil 20 yanvardagi sobiq RSFSR XKS ning "Cherkovni davlatdan va maktabni
cherkovdan ajratish to`grisida"gi dekreti asosida turli mullalar,
ziyoli din
ahllarining maktablarda dars berishlariga yo`l quyilmadi. Hukumatning xalq
maorifi sohasidagi yangi siyosatiga javoban ulkada juda ko`plab maktablar ochilib,
o`quvchilar soni ancha oshgan. 1918 yili Toshkentda o`lka maorif xodimlarining
se’zdi ochilib, xalq maorifini qayta qurish bo`yicha tadbirlar belgilangan. "Mehnat
maktablari" deb atalgan maktablar ochildi. Yangi tipdagi maktablar vujudga kela
boshladi. 1918 yil bahoriga kelib respublikada ishlab turgan maktablarning soni
330 taga yetdi.
1919 - 20 o`quv yili boshida Farg`ona viloyatida 350 ta,
Sirdaryo
viloyatida 839 ta, Samarqand viloyatida 216 ta maktab ishladi. Qizlar maktablari
ochila boshladi. 1917 yili Beshyog`ochning Zevak mahallasida Bashorat Jalilova
maktab ochib, 22 ta o`zbek qizini o`qitadi. Keyin bunday maktablar soni ko`payib
6
boradi. O`lkada o`rta, maxsus o`rta va oliy o`quv yurtlari ham ochila boshladi.
1918 - 20 yillar ichida Turkiston sharqshunoslik instituti, Timiryazev nomidagi
bilim yurt,
Xotin - qizlar bilim yurti, va boshqalar, 1921 yil ximiya -
formakologiya instituti, konservatoriya, 6 ta qishloq xo`jalik
texnikumi ishga
tushdi. Bular orasida 1918 yili 21 aprelda Toshketda ochilgan Turkiston xalq
universiteti alohida ahamiyatga ega bo`ldi. Uning viloyatlarda bo`limlari tashkil
etiladi. Sobiq RSFSR XKS ning 1920 yil 7 sentabr dekreti bilan shu universitet
negizida Turkiston davlat universiteti tashkil etildi. Pedagogika o`quv yurtlari - ped
texnikumlar ochildi. Lekin o`qituvchi kadrlar yetishmasligi katta muammo edi.
1920 yilga kelib 1200 o`qituvchi tayyorlandi. 1920 yili birdan 7 ta maorif instituti
(inpros) tashkil etilib, ularga 1145 talaba qabul kilindi. 1921 - 22 o`quv
yilida
o`lkada 2403 ta maktab va boshqa bolalar muassasalari ishlab, ularda 170105 bola
o`qiganligi aytiladi.1924 - 1941 yillarda xalq maorifi, o`quv dastur, qo`llanma va
darsliklarning yaratilishi, ta’lim - tarbiya ishlari
Do'stlaringiz bilan baham: