89
Mavzu. Standart va nostandart sport jihozlarini maqsadli qo'llash va foydalanish
Reja:
1.Har bir mashg'ulotda dars rejasi asosida standart va nostandart jihozlardan foydalaniladi
haqida ma'lumotlarga ega qilish.
2.Magistrlar bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish tizimi.
3.Magistrlar bilim, ko'nikma va malakalarini oraliq, joriy, yakuniy nazorat orqali
aniqlanadi haqida ma'lumotlarga ega qilish.
Magistrlar bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish tizimi
1. Talabalarning bilim o’zlashtirishni nazorat qilishning reyting tizimida baholashning
uchta turi qo’llaniladi: joriy baholash (JB), oraliq baholash (OB) va yakuniy baholash (YaB).
Joriy nazorat talabaning o’quv materialini izchil o’zlashtirib borayotganidan
xabardor qilib
turadi, uning bilim egallashdagi intilishlari ma’qullanib boriladi, xabardorlik ta’limda yo’l
qo’yilgan xatolarni tuzatish va ta’lim maqsadlarini aniqlashga xizmat qiladi. Oraliq nazoratda,
fanning bir bo’limi (qismi) bo’yicha mashg’ulotlarda talabaning egallagan bilim va malakalari
aniqlanib, o’lchab, baholab boriladi. Yakuniy nazoratda fan bo’yicha rejalashtirilgan ta’lim
maqsadlariga erishilganligi baholanadi.
2. Talabaning fanga doir egallagan bilimlarini baholashning odatda turli xil shakl - usullari
qo’llaniladi: og’zaki baholash,
yozma baholash, test usulida va reyting tizimi orqali baholash
shular jumlasiga kiradi.
3. Og’zaki nazorat qilish va baholashning yaxshi jihatlari: professor - o’qituvchi talaba
bilan bevosita, jonli aloqada, muloqotda bo’ladi; talabaning bilimini chuqurroq aniqlash uchun
qo’shimcha savollar berish imkoniyati tug’iladi; og’zaki javob talabani og’zaki nutqini mashq
qilish va faol fikrlashga undaydi. Og’zaki javob berishda yaxshi tayyorlangan talaba o’z
bilimdonligini, qushimcha o’rganganlarini namoyish eta oladi. Bevosita so’rash
paytida
talabaning bilim o’zlashtirishi masalasida o’qituvchida ilgari tug’ilgan ayrim shubhalar
bartaraf etiladi.
4. Yozma baholashning yaxshi tomonlari: yozma tarzda berilgan javob - talaba o’quv
materialini o’zlashtirib olganiga hujjatli dalil bo’ladi; talaba o’z fikrlarini qog’ozda ifodalashi
uchun
amaliyotdir; ekspertlar o’tkazgan yozma nazorat talabaning bilimiga obyektiv baho
qo’yishga imkoniyat yaratadi.
5. Og’zaki va yozma baholash tizimiga xos jiddiy nuqsonlar:
- talabaning bilimiga qo’yiladigan baholarda subyektivlik alomatlari ko’proq, baho
ko’pincha boshqa talabalarga nisbatan qo’yiladi, bunda baho
kamaytirilishi yoki oshirib
qo’yilishi ham mumkin. Bitta og’zaki javobga, bitta yozma ishning o’ziga turli imtihonchilar
turlicha baho qo’yishlari mumkin;
- imtihonda talaba biletdagi 3-4 ta savolga javob beradi, baho eska butun o’quv
predmeti
dasturi mazmunini bilgani uchun qo’yiladi;
- besh balli baho shkalasi bilim o’zlashtirish darajalari orasidagi tafovutlarni aniq
belgilashga imkon bermaydi;
- og’zaki va yozma imtihon olib baholashlar bilim o’zlashtirish
sifatini obyektiv, aniq va
asosli baholashni ta’minlay olmaydi;
- og’zali so’rashga, shuningdek yozma ishlarni tekshirishga vaqt ko’p ketadi;
- og’zali va yozma nazorat uchun
kompyuterni ishlatish qiyin, ularni avtomatlashtirib
bo’lmaydi.