36
shuning uchun ham ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va
maorifni yuksaltirish, milliy uyg`onish g`oyasini ro`yobga chiqaradigan yangi avlodni
voyaga etkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo`lib qoladi". Har bir gap
nutqning fonetik bo`linishida bir frazaga teng bo`lishini hisobga olsak keltirilgan nutqiy
parchada ikkita fraza borligi ma’lum bo`ladi. Frazalar, ma’lumki, katta pauzalar bilan bir-
biridan ajratiladi (pauza ham fonetik vosita – intonatsiyaning tarkibiy uzvlaridan biri). Har
bir fraza taktlarga (sintagmalarga) bo`linadi. Demak, sintagmalar frazaning kichikroq
(qisqaroq) pauzalar bilan ajratiladigan parchalaridir. Yuqoridagi ikki frazadan birinchisida
quyidagi parchalar – sintagmalar bor: a) "Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha
islohotlarimizning pirovard maqsadi"; b) "yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun
munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir". Bu sintagmalardan birinchisi
alohida urg`u (sintagma urg`usi) bilan yakunlangan bo`lib, uning fonetik tabiati quyidagi
belgilarga ega: sintagma oxiridagi "maqsadi" so`zining so`nggi bo`g`ini ochiq bo`lib, bu
bo`g`indagi "i" unlisi cho`ziq talaffuz etilmoqda (kvantitativ urg`u), tovush toni ko`tarilgan
(ton belgisi), kuchi esa intensivlashgan (zarb belgisi), bu hol shu sintagmaning ma’nosini
alohida ta’kidlash imkonini bergan. Sintagma urg`usidan so`ng kelgan qisqa pauza birinchi
va ikkinchi sintagmalarni bir-biridan ajratish vazifasini bajargan. (16,54-56). Sintagma
urg`usining o`rni kuzatilgan maqsad va nutq situatsiyasiga qarab o`zgartirilishi ham
mumkin. Bunday paytda u gapning grammatik jihatlariga ham ta’sir qiladi. Qiyos qiling:
Bu
shifokor – Dilbarning onasi. (Bu shifokor-ega sostavi; Dilbarning onasi – kesim sostavi).Bu
- shifokor Dilbarning onasi. (Bu – ega, shifokor Dilbarning onasi – kesim sostavi).
Ayiruv urg`usi – gap bo`laklaridan birini alohida ta’kidlash uchun yoki
so`zlovchining his-hayajoni, voqelikka munosabatini maxsus ifodalash maqsadida
qo`llanadigan urg`u . u ikki turga bo`linadi: logik urg`u (mantiq urg`usi) va emfatik urg`u.
1.
Logik urg`u -
tinglovchining e’tiborini gap bo`laklaridan biriga alohida jalb etish,
shu bo`lak orqali ifodalangan ma’noni maxsus ta’kidlash uchun qo`llanadigan urg`u.
Gapning logik urg`u olgan bo`lagi odatda boshqa bo`laklardan kuchliroq talaffuz etiladi.
Qiyos qiling: 1)
Men universitetda o`qiyman (boshqa birov emas, men...). 2) Men
universitetda o`qiyman (litseyda emas, universitetda...).3) Men universitetda o`qiyman
(ishlamayman, o`qiyman...)
kabi.
Logik urg`u ob’yekti bo`lgan bo`lakning leksik urg`uli bo`g`ini boshqa bo`g`inlardan
kuchliroq, undagi unli esa ancha cho`ziq talaffuz etiladi.
2.
Emfatik urg`u
(emotsional urg`u). Urg`uning bu turi ham biror gap bo`lagini
alohida ta’kidlashga asoslanadi, ammo logik urg`uda bo`lakning (so`zning) ma’no tomoni
ta’kidlansa, emfatik urg`uda shu ma’no bilan birga so`zlovchining his-hayajoni, voqelikka
bo`lgan sub’yektiv munosabatini ifodalash ham maqsad qilinadi: bu urg`u gapdagi so`zning
ta’sirchanligini kuchaytirishga xizmat qiladi. Masalan: "
Eh, qanday go`zal manzara! Tabiat
shu daraja go`zalki, ko`rib bahri diling ochiladi!" B
u gapda
qanday
va
go`zal
so`zlariga,
aniqrog`i, shu so`zlardagi "qan-" va "-zal" bo`g`inlariga emfatik urg`u tushgan: shu
bo`g`inlardagi unli tovush ancha cho`ziq va maxsus ton bilan talaffuz etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: