3-bosqich.
Yakuniy
(Fikrlash
bosqichi)
(5 minut)
8.Mashg’ulotni yakunlash.
Mashg’ulot 7-ilovaga asosan
yakunlanadi..
Darsningborishi
Tashkiliy qism:
Auditoriyaning sanitariya holati, davomat, mavzu, uyga berilgan
topshiriqlar aniqlanadi, guruh jurnali rasmiylashtiriladi. Mashg’ulot mazmuni, maqsadi va
o’tkazilish tartibi tushuntiriladi.
Asosiy anglash bosqichi.
1-ilova .Talabalar bilimi quyidagi savollar asosida aniqlanib va mustahkamlanib
baholanadi:
1. So’zning leksik ma’nosini tushuntirib bering.
2. So’zning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari deganda nimani tushunasiz?
3 .Cinonim so’zlar deganda qanday so’zlarni tushunasiz?
4. Sinonimik qator nima?
5. Cinonimlik xususiyati necha so’z turkumi doirasida amalga oshishi mumkin?
6. Leksik va frazeologik sinonilarni misollar asosida tushuntirib bering.
7. Antonim so’zlar deganda nimani tushunasiz?
8. Morfologik antonimlarni tushuntirib bering
9. Paronimlar to’g’risida ma’lumot bering.
10. Paronimlarning turlarini tushuntirib bering.
Savol-javob jarayonida mavzu materiallarining izchilligi va uzviyligiga amal qilinadi,
talabaning javobini ikkinchi bir talaba tomonidan to’ldirilishi uchun imkoniyat yaratib
beriladi. Talabalar faolligini ta’minlash maqsadida har bir talabaning javobi o’z vaqtida
belgilangan ballar asosida baholanib boriladi.
2-ilova.Mavzuga oid mashqlar orqali talabalar bilimini tekshirish va mustahkamlash.
81-mashq
. O’qing. Sinonimlarni aniqlang, omonimlardan farqini ayting.
1. ...Keyin maskayog’ surtib, likobchaga qo’ydi.
(R. Zahir.)
2. U likobchadagi
ustiga sariyog’ surtilgan... ikki bo’lak nonni olib, yeya boshladi. (
R. Zahir.)
3. Yoshlik —
fundament. ...Poydevorni qiyshiq qo’ysang, imorat qulaydi.
(Mirm.)
4. Borib onangni va
ro’zg’orlaringni bu yerga oldirib kel.
(J. Zaydon.)
5. Bo’lmasa farmoningizni volidamga
yetkazish uchun uyga borishga ijozat bersangiz
. (J. Zaydon.)
6. Qo’shin orqada qolib
ketgani uchun, Temur ilgari yurmay to’xtadi.
(S. B.)
7. Bosqinchilarning askari tor tog’
cho’liga kirib kelgan mahalda, yerli aholi bu joyni toshlar bilan himoya qilgan.
(S. B.)
8.
Bir sohib ikkala qo’li bilan yo’g’on asosiga tayanib o’tiribdi.
(R. Zahir.)
9. O’ng qo’lida
hassasini yerga tiq-tiq urgancha chiqib keldi.
(J. Zaydon.)
10. Jamila dastgohiga kombinat
gudok chalib turgan paytda yetib keldi.
(Mirm.)
11. Stanok ustiga qo’ngan changni cho’tka
bilan artdi.
(Mirm.)
12. Begona yurtda, bolasi diydoridan uzoqda armon bilan ko’z yumdi.
(S.Ahm.)
4. Tolibjon ko’p mashaqqatlarni birga kechirgan xotinini yot el tuprog’ida qoldirdi.
(S.Ahm.)
14. Intiqom ol! — der edi. Har gunohsiz oqqan qon. O’ch ol!— derdi Maratga Har
tong chiqqan zar quyosh.
(SH.)
15. Bu qo’shiq bilmaydi nedir to’siq-g’ov.
(SH.)
16. Olam
yaralmishki, bandisan, osmon, Sukunat domiga o’tmishing asir.
(G. J.)
17. Ana bedazor.
...Dilni yashnatgan yo’ng’ichqazor ham o’rib olinib, o’rni shudgor qilib qo’yilgan edi.
(S. Z.)
Do'stlaringiz bilan baham: |