O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/358
Sana22.07.2022
Hajmi4,91 Mb.
#835505
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   358
Bog'liq
ona tili va adabiyoti

“Boychechak”– 
bolalar kuylaydiggan mavsumiy va marosim qo‘shig‘i. Boychechak 
qadimda Navro‘z elchisi sifatida bolalar quvonchiga sabab bo‘lgan. Undan guldastalar 
yasashgan bolakaylar hovlima-hovli yurib, qo‘shiq kuylab, boychechak ulashib, bahor 
xabarini berib, suyunchi olishgan. Uning xush kayfiyatda kuylanishi, "Qattiq yerdan qatalab 
chiqqan boychechak, Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak" naqarotining 
mazmun mohiyati katta-yu kichikka birdek tushunarli. Biroq qo‘shiqni yod olgan, zavqqa 
to‘lib kuylagan kichkintoylar uning mazmunini teran anglaganlaridagina xalq madaniy 
tarixi, milliy qadriyatlarimizdan voqif bo‘ladilar. Qo‘shiqning birinchi bandi shunday 
boshlanadi: 
Boychechagim boylandi, 
Qozon to‘la ayrondir. 
Ayroningdan bermasang, 
Qozon-tovog‘ing vayrondir. 
Qo‘shiqda qadimgi ajdodlarimizning ilk bahor kunlaridagi “qozon to`ldi” marosimi va bahor 
kelganiga ishora qilinayotir. Negaki, boychechak bahor elchisi ekan, endi yaylovda o‘t-
o‘lanlar ko‘karadi, sigir-echkilar suti ko‘payadi, issiq boshlanishi bilan hamma 
ayronxo‘rlikka o‘tadi. Kishilarning qozon to‘ldirib ayron tayyorlashi va bir-birlariga 
ulashishi xayrli udumlardan sanalib, xalqda uni bir-biridan qizg‘anganda ro‘zg‘orga putur 
yetishi mumkinligi inonchini paydo qilgan.
Boychechak haqidagi qo‘shiqlarning genezisi juda qadimiy davrlar bilan bog‘liqligi 
qo‘shiqning keyingi bandida ko‘rinadi: 
Boychechakni tutdilar, 
Tut yog`ochga osdilar, 
Qilich bilan chopdilar, 
Baxmal bilan yopdilar. 
Bu tarixan hosildorlik kulti bilan bog‘liqligini zamondosh o‘quvchiga tushuntirish lozim. 
Folklorshunos olimlar e’tiroficha, o‘simliklar kultining paydo bo‘lishi ibtidoiy madaniyat 
davri bilan bog‘liq bo‘lib, qadim inonchlardan biridir. “Arxaik dunyoqarashda, - deb yozadi 
A.Musaqulov,–butun tabiat kabi o‘simliklar ham jonli va ongli, deb tushunilgan va ko‘pgina 
xalqlar o‘zlarining ilk ajdodlarini o‘simliklar totemi bilan bog‘lashgan.”
2
Boychechak – badavlat, muqaddas, ilohiy gul degan ma’nolarga ham ega. Olimlar 
ta’kidicha, qo‘shiqlarda boychechak to‘ng‘ich go‘zal qizga o‘xshatiladi. Yuqoridagi 
misralar ham shu ma’noda juda qadim davrlarda ko‘klamgi marosimlarda qizlarni qurbonlik 
qilish marosimidan nishona ekani e’tirof etilgan.
Qo‘shiqdagi: Boychechakni tutdilar, 
Tut yog‘ochga osdilar. 
Qilich bilan chopdilar, 
Baxmal bilan yopdilar. 
1
Quronov D. va boshq. Adabiyotshunoslik lug`ati. Toshkent, “Akademnashr”, 2010.–B.384
2
Musaqulov A. O‘zbek xalq lirikasi. T., «Fan”, 2010. –B.207.


149 
misralari shundaytalqinga asos bo‘lgan. Zotan unda ta’riflangan boychechak–erta bahorda 
ochilgan gul ekanligi bilan birga tarixiy hodisalarning umumlashma obrazi hamdir.Qo‘shiq 
tugagach, boychechakxonlarga sovg‘a-salomlar berishgan. Bolalar bularni o‘zaro bo‘lishib 
olgan, hammalari birgalikda mehmonnavozlik qilishib, xalqimizning mehmondorchilik 
an’analarini o‘zlashtirishgan. Shu ma’noda: Boychechagim boylandi, 
Ko‘chama-ko‘cha aylandi. 
Boychechagim ko`k somsa, 
Cho‘ntaklarga joylandi,-
misralari orqali bolalarning ilk boychechakni olib, hovlima-hovli suyunchi so‘rashi, keksalar 
uni yuzlariga sutib, "omonlik-omonlik",–deya yeguliklar, pullar berishlari, ko‘k somsalar 
pishirishlari poetik ifodalangan. 
Bolalarning qo‘shiqqa bo‘lgan kuchli moyilligi ular faoliyatining asosini tashkil etuvchi 
o‘yinlarda ham namoyon bo‘ladi. Ular bir-birlarini o‘yinga qo‘shiq aytib chaqirish asosida 
chorlamalar
, o‘yinda ishtirok etadigan bolalar tarkibini aniqlashda 
cheklashmachoqlar

navbat aniqlashda 
sanamalar
, shuningdek, o‘yin nihoyasida 
tarqalmachoqlar
kuylashgan. 
Bularning har biri bolalar folklorining mustaqil poetik janrlari hisoblanadi.
Albatta, davrlar, avlodlar yangilanishi bilan bunday o‘yin- qo‘shiqlar ham o‘zgarib, 
yangicha mazmun - mohiyat kasb etishi tayin. Xususan, turli sport o‘yinlari, anjomlari va 
mashg‘ulotlari keng miqyosda ommalashib bormoqda. Shunday bo‘lsa-da, xalq ijodining 
ko`pgina namunalari bolalar ma’naviy olamini boyitishda hamon hissa qo‘shib kelmoqda. 
Bolalar repertuarida ibtidoiy ajdodlarimizningqadimgi animistik va totemistik aqidalari 
asosida shakllanib, endilikda o‘sha mohiyatini yo‘qotgan ya

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish