O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti


-MA’RUZA  ALOHIDA YORDAMCHI SO‘ZLAR GURUHI



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/358
Sana22.07.2022
Hajmi4,91 Mb.
#835505
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   358
Bog'liq
ona tili va adabiyoti

17-MA’RUZA 
ALOHIDA YORDAMCHI SO‘ZLAR GURUHI 
17.1. Modal so‘zlar 
So‘zlovchining anglatayotgan fikrga munosabatini ifodalab, gapda kirish so‘z 
vazifasida qo‘llanadigan so‘zlar modal so‘zlar deyiladi.
Modal so‘zlar mustaqil so‘zlar kabi narsa, belgi, harakat va shu kabilarni atamaydi va 
gap bo‘lagi bo‘lib kela olmaydi. Shu bois ular gap bo‘laklari bilan sintaktik jihatdan 
bog‘lanmaydi: 
Demak, ishalasa bo‘ladi. Ehtimol, ketmon bilan yer ag‘darishga ham to‘g‘ri 
kelar. 
Modal so‘zlar quyidagicha ma’noviy guruhlarni tashkil etadi: 
1.
 
Fikrning aniqligiga ishonch: 
albatta, shubhasiz, haqiqatdan ham, haqiqatan, 
o‘z-o‘zidan, tabiiy, darhaqiqat, ma’lumki. 
2.
Gumon, noaniqlik: 
ehtimol, balki, hoynahoy, shekilli, aftidan

3.
Maqsad, talab, shart: 
kerak,lozim, zarur, darkor.
4.
Mavjudlik, tasdiq: 
bor, mayli, xo‘p, ( 
bazan
 to‘g‘ri, yaxshi, tuzuk
sifatlari ham 
vazifadoshlik asosida shu ma’noda ishlatiladi). 
5.
Mavjud emaslik, inkor ma’nosini: 
yo‘q

6.
Ma’qullash: 
durust, bo‘pti



127 
7.
Yakunlash, ta’kid: 
demak, xullas, modomiki

8.
 
Eslatish: 
darvoqe, aytganday, aytmoqchi. 
9.
Achinish, taassuf: 
afsus, attang, essiz.
10.
Fikrning tartibi: 
avvalo, oxiri, nihoyat
(ba’zan shu vazifada 
birinchidan, 
ikkinchidan
…kabi tarib sonlardan ham foydalaniladi). 
Modal so‘zlar, aslida, mustaqil so‘zlardan ajralib chiqqan bo‘lib, ularning bir qismi, 
ham mustaqil so‘z, ham modal ma’no ifodalovchi so‘z sifatida, ba’zilari esa hozirgi tilda 
faqat modal ma’no ifodalashga xoslanib qolgani sababli, o‘ziga xos ikki guruhni tashkil 
etadi: 1) sof modal so‘zlar: 
darhaqiqat, haqiqatan, afsuski, attang, albatta, avvalo, xullas; 
2) vazifadosh modal so‘zlar: 
chamasi,ehtimol, shubhasiz, aftidan. 
Modal so‘zlar quyidagi turkumga oid so‘zlardan ajralib chiqqan-ligi bilan ham o‘zaro 
farqlanadi: 
aftidan, ehtimol, haqiqatan, darhaqiqat kabilar
otdan; 
shubhasiz, bor, yo‘q, 
so‘zsiz, tabiiy
kabilar sifatdan; 
albatta ravishdan; o‘z-o‘zidan
olmoshdan; 
chiqar, bo‘pti
fe’ldan ajralib chiqqan.
Modal so‘zlarni u ajralib chiqqan mustaqil so‘zdan quyidagi belgilariga ko‘ra farqlash 
mumkin: a) modal so‘z mustaqil yasama so‘zdan ajralgan bo‘lishi mumkin. Bunday modal 
so‘z yasovchi qismlarga ajratilmaydi. Aynan shu ko‘rinishdagi mustaqil so‘z esa
yasovchi qismlarga ajratiladi. Qiyoslang: 
Uning har qanday topshirig‘i so‘zsiz 
bajariladi(.So‘zsiz, bu kirdikorlarning boshida sen turibsan.
Birinchi misoldagi
so‘zsiz 
mustaqil so‘z bo‘lib, so‘z+siz qismlardan iborat,ikkinchi misoldagi 
so‘zsiz 
esa qismlarga 
ajratilmaydi, bir butun holda so‘zlovchining anglatilayotgan fikrni dallash munosabatini
bildiradi; b) modal so‘z mustaqil so‘znig biror grammatik shaklidan kelib chiqqanda ham u 
morfemalarga ajralmaydi. Modal so‘z ko‘rinishidagi mustaqil so‘z esa morfemalarga 
ajraladi: 
Har bir ishning chamasi bor (egalik shaklidagi ot: chama+si). Ular, chamasi, bir 
yildan so‘ng uchrashdilar (modal so‘z)
.
 
Mustaqil so‘zning bu kabi o‘z ma’nosini yo‘qotgan holda yordamchi so‘zga aylanishi 
natijasida omonimlik yuzga keladi.
Modal so‘zlar gapda, asosan, kirish so‘z vazifasini bajaradi. Bundan tashqari, ularning gapda 
quyidagi vazifalarda kelishini kuzatish mumkin: a) kesim yoki kesimning tarkibiy qismi vazifasida: 
Bu yoqqa keling, sizga gap bor. Inson uchun suv va havo zarur;
b) so‘z gap vazifasini bajarishi ham 
mumkin: -
Ertaga dam olish kunimi? -Yo‘q 
(yoki
 -Albatta). 
 

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish