Sanoat sohalari texnologiyasi


  3-ma`ruza. Tabiiy ipak ishlab chiqarish texnologiyasi



Download 12,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/160
Sana21.07.2022
Hajmi12,37 Mb.
#833707
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   160
Bog'liq
Menejment-CCТ-мажмуа 2022

 


28 
3-ma`ruza. Tabiiy ipak ishlab chiqarish texnologiyasi .
Reja: 
1.
Ipak qurti boqish va pilla olish texnologiyasi. 
2.
Pillani chuvishga tayyorlash va pilla chuvish. 
3.
Tabiiy ipak xossalari.
Tayanch so’z va ibоralar 
Pilla, ipak, tut ipak quriti, pilla o’rash, pillani terish, saralash, tоzalash, saqlash, g’umbak, 
g’umbakni o’ldirish, namlash, qaynatish, pilla ipagi uchi, pilla chuvash, ipak chiqindilari, 
yigirish, ipakni pishitish, tabiiy ipak xоssalari. 
Tabiiy tolalardan biri bo`lgan ipakka insonning qiziqishi juda qadimdan boshlangan.
«O’zbek qomusi»da ta’kidlanishicha, pillachilik va pilladan ipak olish hunarining vatani Xitoy 
bo’lgan. Bundai besh ming yil muqaddam yovvoyi holdagi ipak qurti SHan-Tung yarim orolida 
topilgan. U qo’lda boqilib, xonakilashtirilgan va pillasidan ipak ajratib olingan. Pillachilik 
miloddan avvalgi 2640 yilda (ya’ni bundan 4640 yil muqaddam) imperator Xuan Yuan va uning 
umr yo’ldoshi Xi Lin SHi hukmdorliklari davrida yuzaga kelgan. 
Miloddan avvalgi II asrda pillachilik Koreyaga va u yerdan esa IV asrda Yaponiyaga, 
Eronga va Markaziy Osiyoga ham o’tdi. Qaysi mamlakat bo’lmasin, bu mavjudotni o’z 
chegarasidan tashqariga olib chiqib ketishlariga qarshi ko’rilgan barcha choralarga qaramay, 
pillachilik turli yo’llar bilan sekin-asta boshqa davlatlarga ham tarqala boshladi. VI asrda 
Vizantiya imperatori Yustilian bir qancha kishini ipak qurti tuxumini olib kelish uchun josus 
sifatida Xitoyga jo’natadi. Ikki darvesh (roxib) ipak qurti tuxumini maxsus ishlangan xassa 
ichiga yashirgan holda Xo’tandan Yunonistonga olib boradi va tezda butun imperiyaga 
ipakchilik tarqaladi. Pillachilik Turkiyada ham VI asrda rivojlana borganligi haqida ma’lumotlar 
bor. 
Tarixchi olimlarni yozishicha, VI asrda Farg’onaga kelgan ikki kishi o’zi bilan birga u 
yerdan ipak qurti urug’i va pilla olib, Konstantinopolga ketadi. U yerdan pillachilik Janubiy 
Ovro’pa va Kichik Osiyo mamlakatlariga tarqaladi. Yevropada «serikum» (ya’ni «ipak») 
atamasining kelib chiqishini ham Xitoy so’z o’zagi «sir»dan olingan deb hisoblanadi. Darvoqe, 
inglizcha Sericulture so’zi «ipakchilik» demakdir. O’z-o’zidan ma’lumki, seritsin (ipakning 
yelim moddasi) so’zi ham o’sha terminlar bilan bog’liq. Ipak qurti shu tariqa Yunonistondan 
Misrga va u yerdan arablarga. VII asrga kelib esa Afrikaning shimoliy qirg’oqlariga yetib boradi. 
Pilla va ipak ishlab chiqarish, uni qayta ishlash O`rta osiyo xalqlarining qadimgi 
an`anaviy milliy hunarmandchiligi bo`lib, xususan, mamlakat hududida Farg`ona vodiysi, 
Zarafshon vohasida keng rivojlangan. Keyinchalik diyorimizda pilla etishtirishni jadallik bilan 
rivojlanishi yurtimizda pillani qayta ishlashni sanoat usuliga o`tishga sabab bo`ldi. 
1919 yilda O`rta osiyoda ipakchilik sanoatini tashkil qilish uchun «Turk ipak», so`ngra 
«O`rta osiyo ipagi» hissadorlik jamoasi tashkil qilindi. bu jamoa, urug`chilik zavodlari, ipak 
qurti ozuqasi tutchilikni rivojlantirishda pillakashlik korxonalarini ishga tushirishga katta hissa 
qo`shdi. 
Birinchi pillakashlik fabrikasi 1921 yil Farg`onada qurilib, ishga tushirildi. bu fabrika 38 
ta mexanik pilla chuvish dastgohiga ega edi. Xuddi shunday korxonalar 1927 yil Samarqandda, 
1928 Buxoroda, so`ngra Marg`ilon shahrida ishga tushirildi. Keyinchalik yuqorida ko`rsatilgan 
korxonalar iqtisodiy samaradorlik hisobiga kengaytirildi va qayta qurildi. 
Marg`ilon ipak kombinatida («turon shoyisi») pilladan ipak olish, turli nafis krep matolar 
ishlab chiqish, uni pardozlash va chiqindi ipakdan yigirilgan ipak ipi ishlab chiqarish 
jarayonlarini birlashtiradi. Bular qatoriga Namangan «Atlas» hissadorlik jamoasi ham kiradi. 
1959 yilda Toshkent pillakashlik fabrikasi, keyinchalik 80-yilllarda Urganch, Shahrisabz, 
Namangan, Buloqboshi korxonalari ishga tushdi. 
Ma`lum davr korxonalarda Kms-10 mexanik dastgohlar qo`llanilgan bo`lsa, fan texnika 
rivoji avtomat pilla chuvish dastgohlarini yaratilishiga va ularni ishlab chiqarishga tadbiq 


29 
qilinishiga olib keldi. Hozirgi davrda pilla chuvish dastgohlarini 74 % ni avtomatlar tashkil 
qiladi. Urganch, Shahrisabz, Marg`ilon, Namangan, Buloqboshi korxonalarida yapon pilla 
chuvish avtomatlari ishlab chiqishga tadbiq qilingan. 
Ipakchilik sanoati o`zbekistonda asosiy sanoat sohalaridan biri bo`lib, to`quvchilik 
korxonalariga xom ashyo tayyorlaydi. Ipakchilik sanoatining asosiy mahsulotlariga: 
1.
tut ipak qurti pillasi; 
2.
pilladan chuvib olingan xom ipak (1,56; 1,89; 2,33; 3,23; 4,56 teks chiziqli zichlikdagi 
assortimentlar); 
3.
eshilgan ipak iplari (jarrohlik, tikuv iplari); 
4.
shakldor ipak iplari
5.
yigirilgan ipak iplari; 
6.
maxsus sohalar uchun (elektrotexnika, harbiy, kosmos) tayyorlangan ipak iplari. 
Shoyi to`qish sanoatida, asosan, ipak gazlamalar (xon atlas, krepdeshin, krepjorjet va 
shifon, tasma, gilam) ishlab chiqarish bilan shug`ullanadi. 
Mustaqillik yillarida O`zbekistonda pilla etishtirish va ipak ishlab chiqarish sohasiga, uni 
jahon andozalari talab darajasiga olib chiqish uchun juda katta e`tibor berilmoqda. O’tgan yillar 
ichida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining: “2017-2018 yillar mobaynida Respublikamizda 
pillachilik tarmog’ini rivojlantirish to’g’risida”gi 2017 yil 17 oktyabrdagi R-5088–sonli 
Farmoyishi; "O’zbekipaksanoat" uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari 
to’g’risi”dagi 2017 yil 29 martda PQ-2856–sonli qarori; “Respublikada pillachilik tarmog’ini 
yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2018 yil 12 yanvardagi PQ-3472-sonli 
qarori, “Pillachilik tarmog’ini yanada rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi 2018 yil 20 martda PQ-3616-sonli qarori qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining “2017-2021 yillarda pillachilik tarmog’ini kompleks rivojlantirish 
chora-tadbirlari dasturi to’g’risida”gi 2017 yil 11 avgustdagi 616-sonli qarori qabul qilindi. 
Hozirda O’zbekiston pilla etishtirish bo’yicha Xitoy va Hindistondan so’ng 3 o’rinni 
egallaydi. Bugungi kunda mavjud 80 million tup tut qatorlari va 51 ming gektar maydondagi 
tutzorlardagi mavjud ozuqa bazasi hisobiga yiliga 450 ming qutidan ortiq ipak qurti 
parvarishlanib, 26 ming tonna pilla yetishtirilmoqda. 
Tut ipаk qurti tаvsifi. 
Tut ipаk qurti fаqаt tut bаrgi bilаn oziqlаnаdi, shuning uchun tut ipаk qurti (Bombyx mori 
L.) turigа kiritilgаn. O’zigа mudoаfа qаtlаmi o’rаgаni uchun (Bombycidial) oilаsigа mаnsub,
kаpаlаgining tаnаsi tаngаchаlаr bilаn qoplаngаnligi uchun tаngаchаlilаr yoki kаpаlаklаr 
(Lepidoptera) turkumi, rivojlаnish bosqichlаridа bir turdаn ikkinchi turgа o’zgаrgаnligi sаbаbli
metаmorfozаlilаr (Holometabola) bo’limi, uch juft oyoqlаri, tаnаsi, bosh, ko’krаk vа qorin 
qismlаrigа аjrаlgаnligi uchun xаshаrotlаr (Insekta) sinfi, nаfаs olish orgаnlаri trаxeyadаn 
tuzilgаnligi uchun trаxeya nаfаs oluvchilаr (Thacheata) kenjа tipigа, oyoqlаri bo’g’imlаrdаn 
tаshkil topgаni uchun bo’g’im oyoqlilаr (Arthropoda) tipigа kirаdi. 
Tut ipak qurti to’liq metamоrfоzali hasharоtlar guruhiga kirib, to’rtta rivоjlanish davrini 
bоsib o’tadi. 
1.
Tuxumlik davri. 
2.
Lichinkalik – qurtli davri.
3.
G’umbaklik davri – tanasini qayta tiklash.
4.
Imagо – kapalaklik, tuxum qo’yish – nasl berish davri. 


30 
I-tuxum 
II-qurt; 
III-g’umbаk; 
IV-kаpаlаk 
3.1-rasm 
Tut ipak qurti urug`lik bosqichida qishlaydi. Qurt organizmi urug`i ichida rivojlanadi. 
Ipak qurtining rivojlanish davri pilla o`raydigan bo`lgunga qadar 5 davrga (yoshga) bo`linadi va 
4 marta po`st tashlaydi. Har bir po`st tashlash oralig`i qurtning yoshi deb yuritiladi. Po`st 
tashlash 1-2 sutka davom etib, qurt shu davrda barg emaydi. Shu paytda u qimirlamaydi
shuning uchun ham uni uxlagan deyiladi. Qurtning rivojlanish bosqichi 21 kundan 34 kungacha 
davom etadi. Ipak qurti, qurtlik davrida oziq moddalar to`playdi, bundan keyingi rivojlanish 
bosqichlarida u ana shu oziq moddalar hisobiga yashaydi. Qurt muayyan rivojlanish bosqichida 
qurtdan g`umbakka, so`ngra kapalakka aylanadi. Аna shu bir ko`rinishdan ikkinchi ko`rinishga 
o`tish bosqichida qurt pilla o`raydi, o`zi pilla ichida qolib oxirgi marta po`st tashlaydi va 
g`umbakka, so’ng kapalakka aylanadi. [

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish