115
I darajali kapital
umumiy kapitalning 50 foizini yoki undan
ko‘pini tashkil qilishi lozim.
II darajali kapital
miqdori I darajali
kapital
miqdoridan oshib ketsa, kapitalning oshib ketgan qismi kapital
hisobiga kiritilmaydi.
I darajali kapital quyidagilardan iborat:
1. To‘liq to‘langan va muomalaga kiritilgan oddiy aksiyalar,
nokumulyativ muddatsiz imtiyozli aksiyalar. Bu aksiyalar:
– muayyan sotib olish sanasi va shartlariga ega emas;
– egasining xohishiga ko‘ra sotib olinishi mumkin emas;
– bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq ularga doir
dividendlar to‘lanmasligi mumkin, ular bo‘yicha o‘tgan
davrdagi
olinmagan dividendlar to‘lanmaydi.
2. Qo‘shimcha kapital (kapitalning ortiqcha qismi) – oddiy va
imtiyozli aksiyalar narxining ularning nominal qiymatidan oshib ketishi.
3. Taqsimlanmagan foyda.
4. Kapital zaxiralar.
5. Avvalgi yillarning taqsimlanmagan foydasi.
6. Joriy yil zararlari.
7. Aksiya egalari ozchiligining birlashgan korxonalar aksiyadorlik
hisobvaraqlaridagi ulushi. Bu ulush sho‘ba korxonalari hisobvaraqlari
bank moliyaviy hisobotlarida birlashtirilganda va bank ulushi bunday
korxonalar kapitalining 100 foizdan kam qismini tashkil qilganda
vujudga keladi.
Dividend stavkalari o‘zgarib turuvchi imtiyozli
aksiyalar yuqoridagi
shartlar bajarilishidan qat’iy nazar I darajali kapital hisobiga kiritil-
maydi.
II darajali kapital
esa quyidagilardan iborat:
– joriy yildagi sof foyda;
– riskni hisobga olgan holdagi aktivlar summasining 1,25 foizi va
hisob-kitoblardan so‘ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan
miqdordagi umumiy zaxiralar (I darajali kapital
aktivlar hisob-kitobi
quyida keltirilgan):
– hisob-kitoblardan so‘ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan
miqdorda aralash turdagi majburiyatlar (aksiyadorlik va qarz kapitali
tavsiflarini o‘z ichiga olgan vositalar). I darajali kapitalga kiritilmagan
aralash turdagi majburiyatlar, jumladan, imtiyozli
aksiyalar agarda ular
quyidagi shartlarga javob bersalar, II darajali kapitalga kiritilishi
mumkin:
116
– to‘liq to‘langanligi;
– garov bilan ta’minlanmaganligi;
– bank tugatilganda ularga doir talablar, bank depozitorlari talablari
qondirilgandan so‘ng qondirilishi;
– aksiya egasining tashabbusi bilan
va Markaziy bank ruxsatisiz
to‘lanmasligi;
– bankning barcha zararlarini qoplashi va bankni to‘lovga
qobiliyatsiz deb e’lon qilish huquqini bermasligi;
– agar bank oxirgi uch chorak mobaynida foyda olmagan bo‘lsa,
emitent xohishiga ko‘ra yoki oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha
dividendlar (foizlar) to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilishda ushbu
majburiyatlarga doir dividendlar (foizlar) ni to‘lash muddati kechiktiri-
lishi mumkinligi;
– subordinar qarz, bu bankning qarz majburiyatlari shakli bo‘lib,
bank kapitalini aniqlash maqsadida hisob-kitoblardan so‘ng I darajali
kapitalning 50 foizidan oshmasligi kerak. II darajali kapitalga kiruvchi
subordinar qarz to‘lash muddati yetib kelgunga qadar oxirgi 5 yil da-
vomida yiliga 30%ga kamayib borishi shart. II darajali kapital tarkibiga
kiruvchi subordinar qarz quyidagi talablarga javob berishi lozim:
– garov ta’minotiga ega bo‘lmaslik;
– bank tugatilayotganda ushbu majburiyatlar bo‘yicha talablar
depozitorlar talablari qondirilgandan so‘ng amalga oshirilishi;
– boshlang‘ich to‘lov muddati 5 yildan ortiq bo‘lishi.
Kapitaldan chegirmalar kapital yetarliligi
koeffitsiyentlari hisoblan-
guncha amalga oshiriladi. I darajali kapitaldan chegirmalar nomoddiy
aktivlar, shu jumladan,
Do'stlaringiz bilan baham: