Sh. Abdullayeva I f. d., prof


bank foizi darajasi va  inflatsiya sur’atlarini



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/354
Sana21.07.2022
Hajmi1,73 Mb.
#832557
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   354
Bog'liq
Пул ва банк

bank foizi
darajasi va 
inflatsiya sur’atlarini 
kiritadilar. Ular foiz 
darajasini pul miqdoriga ikki xil ta’sirini inobatga oladilar: 
Birinchidan
, foiz normasi pasaysa, qarzga pul olish ko‘payadi, ish-
lab chiqarish kengayib daromadlar oshadi. Albatta, bu o‘z-o‘zidan pul 
miqdorini oshiradi. Foiz kamayganda boylikni bankda pul shaklida 
emas, balki, masalan, aksiya, obligatsiya shaklida saqlash qulay bo‘ladi. 
Foiz oshganda boylikni pul shaklida saqlash kuchayadi, pulga talab 
kengayadi, ammo ishlab chiqarishga pul kam qo‘yilib, daromad kama-
yadi, pulga talab qisqaradi. 
Foiz stavkasi bilan pulga bo‘lgan talab o‘rtasidagi bog‘lanishni 
quyidagi grafikda ifodalash mumkin (1-grafik). 
Jamg‘arish istagi yoki moliyaviy aktivlarni xarid qilish va shunga 
mutanosib ravishda dividend olish jarayoni bevosita bankning foiz 
stavkasiga bog‘liq. Foiz stavkasi pasayib borishi bilan pulga talab oshib 
boradi va aksincha. Bu yerda bog‘lanish teskari proporsionaldir. 
0
5
10
15
20
25
0
1000
2000
3000
4000
5000
Pulga talab, ming so‘m
Fo
iz
 stav
kasi
, %
1-grafik.
Pulga talabning egri chizig‘i. 
Ikkinchidan
, inflatsiyaga kelsak, u pul miqdorini to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
oshiradi, chunki pul birligining qadri tushib, xo‘jalik aylanmasi uchun 
tobora ko‘proq pul talab qilinadi. Eng so‘nggi pul nazariyalarida boylik 
ortishi bilan uni pul shaklida saqlash ishtiyoqi ham kuchayadi, iqtisodiy 
konyunktura yomonlashsa, aks hodisa yuz berishi qayd etiladi. 
Ko‘rib chiqilgan hamma nazariyalarda pul miqdori ishlab chiqarish 
holatiga, narxga, pul aylanmasi tezligiga bog‘liq ekanligiga e’tibor 
beriladi. Pul miqdorining ishlab chiqarishga aloqasi pulning tovar bilan 
ta’minlash zarurligini, pulning maxsus tovarligini va shu jihatdan 
bog‘liq bo‘lishini ko‘rsatadi, uning aylanishi ishlab chiqarishdagi 


67
omillar – resurslar va shuningdek, yaratilgan tovar – xizmatlar harakatini 
bildiradi. 
Markaziy bank pulga bo‘lgan talabni aniqlashda quyidagi asosiy 
ko‘rsatkichlarga amal qiladi: 
– bazaviy davrning narxlarida yalpi ichki mahsulotning taxmin 
qilinayotgan o‘sishi; 
– rejalashtirilayotgan davrda pul aylanishining taxminiy tezligi
– taxmin qilinayotgan davrda narxlar o‘sishining yo‘l qo‘yilishi 
mumkin bo‘lgan eng yuqori darajasi. 
Iqtisodiy faollikning yuqori darajasi yalpi ichki mahsulot hajmi 
orqali taxminan ifodalanishi mumkin. Potensial YaIM umumiy ishlab 
chiqarish imkoniyatiga beriladigan bahoni aks ettirishi kerak. Markaziy 
bank mutaxassislari ushbu ko‘rsatkichni hisoblab chiqish chog‘ida 
Kobba-Duglas shaklidagi ishlab chiqarish funksiyalaridan, uzoq mud-
datga doir ma’lumotlar asosida regression modellardan foydalanadi. 
Kelgusi yilda kutiladigan narxlar o‘sishini Markaziy bank narxlar 
dinamikasining avvalgi holati (trendi)ni hisobga olgan holda me’yor 
sifatida qabul qiladilar. Muomala tezligi ham ushbu ko‘rsatkichning 
avvalgi holati asosida statistika usullarini qo‘llash yordamida belgi-
lanadi. 
Pulga bo‘lgan talabni empirik baholash oldingi davrlarda mavjud 
bo‘lgan pul bilan YaIM, inflatsiya, foiz stavkalari va boshqa omillar 
o‘rtasidagi nisbatlar statistikasiga asoslanishi mumkin. Bunda, odatda 
ular o‘rtasidagi aloqaning mustahkamligini baholash imkonini beradigan 
korrelatsion-regression modellardan foydalaniladi. 
Pul taklifi Markaziy bank tomonidan quyidagi chizmada bosh-
qariladi (16-chizma). 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish