5.7. Tayanch iboralar kredit siyosati kredit portfeli kredit subyektlari kredit obyekti kredit funksiyalari kredit turlari revolver kredit kredit shakllari kredit kartochkasi xalqaro kredit eksportni kreditlash importni kreditlash kreditlash tamoyillari kreditning samaradorligi «5-S» (S 1 , S 2 , S 3 , S 4 , S 5 ) kredit liniyasi kredit talabnomasi iste’mol krediti «kredit skoringi» mikrokredit imtiyozli kredit akseptli kredit akseptli rambusli kredit 5.8. Test topshiriqlari va masalalar 1. Kredit subyekti: a) kreditor hisoblanadi; b) qarzga berilgan pul hisoblanadi; c) qarz oluvchi hisoblanadi; d) a + c. 2. Quyidagi qayd qilingan pullarning qaysi bir turi bo‘sh pul hisoblanadi? a) tadbirkorlar yoki katta puldorlar qo‘lidagi pul, ya’ni pul kapitali; b) aholi qo‘lidagi pul; c) davlat ixtiyoridagi pul;
337
d) noto‘g‘ri javob yo‘q. 3. Qarzdorning moliyaviy ahvoli yomonlashishi sababli to‘lovning dastlabki shartlari o‘zgargan kreditlar: a) o‘stirilmaydigan kreditlar deyiladi; b) ta’minlanmagan kreditlar deyiladi; c) restrukturizatsiya qilingan kreditlar deyiladi; d) qisman ta’minlangan kreditlar deyiladi. 4. Belgilangan tartibga muvofiq foizlar hisoblanishi to‘xtatiladigan kreditlar: a) ta’minlanmagan kreditlar deyiladi; b) o‘stirilmaydigan kreditlar deyiladi; c) yaxshi ta’minlangan kreditlar deyiladi; d) restrukturizatsiya qilingan kreditlar deyiladi. 5. Biron-bir ta’minotsiz berilgan kreditlar: a) ta’minlanmagan kreditlar deyiladi; b) muddati o‘tgan kreditlar deyiladi; c) uzoq muddatli kreditlar deyiladi; d) qisman ta’minlangan kreditlar deyiladi. 6. Mijoz naqd pullari tushumi hajmini va kelajakda olinadi- gan kredit hajmini aniq bilmasa: a) tijorat kreditidan foydalanadi; b) davlat kreditidan foydalanadi; c) iste’molchi kreditidan foydalanadi; d) revolver kreditidan foydalanadi. 7. Markaziy bank tomonidan tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslar, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga mablag‘larni vaqtincha foydalanish uchun berish: a) iste’molchi kreditini berish yo‘li bilan amalga oshiriladi; b) tijorat kreditini berish yuli bilan amalga oshiriladi; c) sudxo‘rlik kreditini berish yo‘li bilan amalga oshiriladi; d) davlat kreditini berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 8. Kreditlar ichida eng daromadli va eng xatarlisi – bu: a) xalqaro krediti; b) iste’mol krediti; c) sudxo‘rlik krediti; d) tijorat kreditidir.