329
tartibdagi tadbirkorlarga berilgan o‘rta muddatli ssudalar» balans hisob
raqamlarida hisobga olinadi.
Alohida ssuda hisob raqamlari bo‘yicha berilgan mikrokreditlar
bo‘yicha kredit bo‘limi xodimining farmoyishiga ko‘ra
muddatli
majburiyatnomalar rasmiylashtiriladi va ular kreditlash muddatlariga
qarab, to‘la qaytarilguniga qadar 91901 – «Qarz oluvchilarning qisqa
muddatli ssudalar bo‘yicha majburiyatlari» va 91903 – «Qarz oluvchi-
larning o‘rta muddatli ssudalar bo‘yicha majburiyatlari» nomli, ko‘zda
tutilmagan sharoitlar hisob raqamlarida hisobga olinadi. Qaytarish
muddatlari pul oqimining kelib tushish istiqboliga qarab, bir necha
bosqichda qoplashni ko‘zda tutuvchi jadval shaklida taqdim etilishi
mumkin.
Qaytarish muddati yetib kelganda va qarz oluvchining pul
mablag‘lari mavjud bo‘lmagan
taqdirda, kredit muddati o‘tgan ssudalar
hisob raqami orqali undirib olishga taqdim etiladi, u bo‘yicha muddatli
majburiyatnomalar esa 2-kartotekaga joylashtiriladi.
Tijorat banklari kreditdan foydalanishning butun
muddati davomida
doimiy monitoring amalga oshiriladi va u qarz oluvchi tomonidan uning
loyihasi va kredit shartnomasi shartlarining amalga oshirilishiga har
tomonlama ko‘maklashishga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Monitoring jarayonida bankka berilgan garov holati va kreditdan
samarali hamda maqsadli foydalanish bo‘yicha joylarga borib
tekshiruvlar o‘tkazib turiladi. Berilgan
kreditdan boshqa maqsadda
foydalanganlik holati aniqlanganda, bank kredit shartnomasida berilgan
tartibda, kreditning maqsadga nomuvofiq ishlatilgan qismini qarz
oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisob raqamidan muddatdan
oldin undirib olish huquqiga ega.
Qarz oluvchi tomonidan asosiy qarzni va unga hisoblangan foizlarni
kredit shartnomasida kelishilgan muddatda qaytarilmasa, bank Fuqarolik
kodeksining 280-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq mustaqil ravishda,
sudga
murojaat qilmasdan, garov predmetini tasarruf qilish huquqiga
ega bo‘ladi.
[209].
Tijorat banklari o‘z Nizomlariga va valuta operatsiyalarini
amalga oshirish uchun ularga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan berilgan litsenziyada ko‘rsatilgan huquqlarga muvofiq
ravishda faqat o‘z ishlab chiqarish faoliyati uchun respublikada ishlab
chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, xomashyo va butlovchi qismlarni
import yo‘li bilan xarid qilish uchun chet el valutasida mikrokreditlar
330
berishlari mumkin.
Tijorat banklari tomonidan chet el valutasidagi mikrokreditlar o‘z
kredit resurslari va chetdan jalb qilingan kredit mablag‘lari, shu
jumladan, xorijiy banklarning kredit
liniyalari hisobidan amalga
oshiriladi.
Chet el valutasidagi mikrokreditlar banklar bilan qarz oluvchilar
o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomalaridan belgilanadigan tijorat
shartlari asosida naqdsiz shaklda beriladi.
Chet el valutasida berilgan kreditlar bo‘yicha foizlarning to‘lovi,
to‘lov sanasidagi birjadan tashqari valuta bozori kursi bo‘yicha milliy
valutada amalga oshiriladi. Asosiy qarzni to‘lash chet el valutasida
amalga oshiriladi, qarzdorning chet el valutasidagi hisob raqamida
mablag‘ mavjud bo‘lmagan taqdirda to‘lov sanasidagi birjadan tashqari
valuta bozori kursi bo‘yicha milliy valutada to‘lanishi mumkin.
Chetdan jalb qilingan kredit mablag‘lari hisobida chet el valutasida
mikrokreditlar berish tijorat banklariga xorijiy kredit
liniyalarini ajratish
shartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Qarz oluvchilarga chet el
valutasida kredit berish jarayonida, qarz oluvchilar tijorat banklaridan
oldin olingan kreditlarga doir majburiyatlarini o‘z vaqtida bajargan
bo‘lishlari lozim.
Qarz oluvchilarga chet el valutasida mikrokredit olish uchun
xorijdan sotib olinadigan mahsulot tavsifi, u xarid qilinadigan mamlakat,
uning qiymati, to‘lov valutasi, uskunalar sotib olinadigan
holda - zarur
xomashyo bilan ta’minlanganligiga oid ma’lumotlarni bankka taqdim
etadi. Chet el valutasida mikrokredit olish uchun berilgan ariza
yuqoridagi tartibning 2.6-bandida belgilangan muddatda ko‘rib
chiqiladi. Mikrokredit bo‘yicha qarzdorlikni to‘lash chog‘ida birinchi
navbatda kreditdan foydalanganlik uchun foizlar undiriladi.
Mikrokredit belgilangan muddatlarda qaytarilmagan taqdirda,
shuningdek, qarzdorning milliy valutadagi talab qilib olinguncha depozit
hisob raqamida mablag‘lar yetarli bo‘lmagan yoki mavjud bo‘lmagan
hollarda, tijorat banklari mikrokreditning qaytarilmagan summasini
qonunchilikda
belgilangan tartibda qarzdorning chet el valutasidagi talab
qilib olinguncha depozit hisob raqamidan undirib olish huquqiga
egadirlar.
Qarz oluvchining talab qilib olinguncha
depozit hisob raqamida
mablag‘lar yetarli bo‘lmagan yoki yo‘q bo‘lgan taqdirda mikrokredit-
ning summasi qonunchilikda belgilangan tartibda kafolat beruvchining
331
yoki kafilning zimmasida bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: