10
tavsif olish, amaliyot kundaligini to'ldirish va to'g'ri tuzish;
bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo'yicha hisobotni tayyorlash va kafedraga o'z
vaqtida taqdim etish;
tayyorlangan hisobot uchun institut rahbaridan taqriz olgandan so'ng, belgilangan
muddat ichida hisobotni komissiya oldida himoya qilish.
Kafedradan bitiruv oldi malakaviy amaliyotga biriktirilgan rahbarning vazifalari:
- amaliyot davomida talabalarga zaruriy bo‘lgan nazariy, uslubiy va amaliy
yordam ko‘rsatadi;
- bitiruv oldi malakaviy amaliyotini dastur bilan mos ravishda o‘tishini, yuqori
darajada bo‘lishini ta‘minlaydi;
- talabalarni amaliyot obyektining ichki tartib-qoidalarga rioya qilishini nazorat
qiladi;
- talabalar tomonidan bitiruv oldi malakaviy amaliyot dasturini to‘la bajarilishini,
amaliyot natijalari bo‘yicha hisobot tuzilishini nazorat qilishni amalga oshiradi;
- amaliyot yakunida talabaning olgan amaliy ko‘nikmasi haqida amaliyot
kundaligining tegishli qismida o‘z fikri va xulosasini bildiradi;
- talabalar tomonidan bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo‘yicha tayyorlangan,
kafedradan ro‘yxatdan o‘tkazilgan hisobotlarga 3 kun ichida taqriz yozadi.
Amaliyot obyektida bitiruv oldi malakaviy amaliyotiga biriktirilgan rahbarning
vazifalari:
Bitiruv oldi malakaviy amaliyotini o‘tash uchun yuborilgan talabaga amaliyotning
dastlabki kuni tegishli amaliyot obyekti boshlig‘ining buyrug‘i asosida amaliyot
obyektiga qabul qilinib, ularga mazkur tashkilotning xodimlaridan biri rahbar etib
tayinlanadi. U amaliyot dasturi va kalendar ish rejasiga muvofiq talabaning amaliyot
o‘tashini, hamda uning natijalarini kundalikda rasmiylashtirilishini nazorat qilib boradi.
Amaliyot obyektida bitiruv oldi malakaviy amaliyotga biriktirilgan rahbar:
- talabalarning bitiruv oldi malakaviy amaliyot davrida zaruriy amaliy malaka va
mutaxassislik mahoratiga ega bo‘lishi uchun shart-sharoitlar yaratadi;
- talabalarga mavjud me’yoriy hujjatlar, ofis texnikalari, jihozlari, hamda
adabiyotlardan foydalanish imkoniyatini yaratadi;
- talabalalarga dasturda ko‘rsatilgan ishlarni to‘g‘ri tashkil qilish va
rejalashtirishga, ish yuritish hujjatlarini to‘g‘ri tuzishga yordam beradi hamda soha va
kasbga oid savollari bo‘yicha maslahatlar beradi;
- talabalar bilan mehnat muhofazasi bo‘yicha majburiy yo‘riqnomani tuzadi;
- talabalar tomonidan ichki tartib-qoidalar va intizomga rioya qilinishini nazorat
qiladi va amaliyotchilar tomonidan intizomni buzish holatlari bo‘yicha institutga xabar
beradi;
- amaliyot yakunida talaba bo‘yicha tavsifnoma yozadi, uning tarkibiga dastur
bajarilishi to‘g‘risidagi ma‘lumot, talabaning ishga bo‘lgan munosabatiga baho beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: