XULOSA
Bitiruv malakaviy ishimiz “O ‘quvchilarda epik asarlarni
tahlil qilishga oid
ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish usullari” mavzusida bo‘lib, biz unda
adabiyot darslrrida epik asarlarni tahlil qilishning ilmiy va metodik asoslariga oid
bo‘lgan ilmiy va nazariy qarashlarni yoritishga, epik
asarlarni tahlil qilishning
o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishga harakat qilganmiz. Shuningdek, epik
asarlarga tegishli bo‘lgan o‘ziga xoslikni inobatga olgan holda tavsiya qilgan
usullarimiz asosida tajriba-sinov ishlarini o ‘tkazdik hamda tajriba-sinov ishlari
samaradorligini o ‘rganishga harakat qilganmiz.
Bitiruv malakaviy ishimizning birinchi bo‘limi
“Adabiyot darslarida epik
asarlarni tahlil qilishning ilmiy va metodik asoslari”
deb nomlangan bo‘lib, biz
unda badiiy asar tahlilining ikki turi: o‘quv va didaktik tahlilning tamoyillari
hamda epik asarlarni tahlil qilishning metodik va m e’yoriy asoslarini yoritishga
harakat qildik.
Eng avvalo, o ‘quv didaktik tahlilning tamoyillari o ^ a n ^ g a ^ a badiiy
asarning tahlili olib borilayotgmda har qanday tahlilning tugal b o ‘lmasligi
tamoyiliga, har qanday ilmiy tahlil faqat shaxsiy fikr ifodasi b o ‘lib,
u hech qachon
mutlaq haqiqatlik da’vosini qilishi mumkin emasligi tamoyiliga, san’at asarining
estetik hodisa ekanligidan kelib chiqib, unga biror g‘oyani
ifodalash vositasigina
deb qarash mumkin emasligi tamoyiliga, san’at hodisalariga borliqning nusxasi
tarzida munosabatda bo‘lish kerakligi tamoyiliga, emotsionallik
yoki hissiylik
tamoyiliga, yaxlitlik, tizimlilik, tarixiylik, estetik
asoslarning ustuvorligi
tamoyiliga rioya qilish zarurligi bilan tanishdik.
Shunga ko ‘ra badiiy asarni tahlil qilish jarayoni murakkab jarayon ekanligi,
ushbu jarayonda badiiy asarni tahlil qilish tamoyillarini bilish hamda ushbu
tamoyillarni yodda tutgan holda tahlil jarayonini olib borish maqsadga muvofiq
degan xulosaga keldik.
Bitiruv malakaviy ishimizning “Epik asarlarni
tahlil qilishning metodik va
m e’yoriy asoslari” deb nomlangan qismida epik asarlarni tahlil qilishda ularning
tur va janr xususiyatlari alohida ahamiyatga ega ekanligi, asarning tur va janri
66
uni tahlil qilishga oid metod va usullarning belgilanishiga asos bo‘lishi
haqidagi
ilmiy va amaliy m a’lumotlar bilan tanishdik. Tanishgan m a’lumotlarimiz asosida
epik asarlarni badiiy tahlil etish ham ko ‘lamdor va ko‘p bosqichli jarayon
ekanligiga, epik
asarlarning
eng
asosiy
belgisi:
voqeabandlik,
tasvirda
tafsilotlar mavjudligi va obrazlar tizimiga egaligi, qaysi janrda bo‘lishiga
qaramay, epik turga mansub asarlarda muayyan miqdorda qahramonlarning
bo‘lishi, ular ozdir-ko‘pdir voqealar qo‘ynida tasvirlanishi
va ularning tabiatiga
xos xususiyatlar hodisalar tasviri asnosida namoyon b o ‘lib borishiga e ’tiborni
qaratdik.
Bitiruv malakaviy ishimizning ikkinchi bobi
Do'stlaringiz bilan baham: