Educational materials


-mavzu. Loyiha bo’yicha marketing tadqiqotlarini olib borish



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/231
Sana21.07.2022
Hajmi4,65 Mb.
#831803
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   231
Bog'liq
Educational materials

20-mavzu. Loyiha bo’yicha marketing tadqiqotlarini olib borish 
 
Reja: 
 
20.1. Loyihalarni amalga oshirishda zamonaviy marketing kontseptsiyasi.
20.2. Loyiha bo’yicha marketing tadqiqotlarini olib borish.
20.3. Loyihaning marketing strategiyasini ishlab chiqish va marketing 
kontseptsiyasini shakllantirish.
20.4. Loyihaning marketing dasturi. Loyiha bo’yicha marketing budjeti. 
Loyihani boshqarish doirasida marketingni boshqarish. 
Tayanch iboralar: 
Marketing, marketing kontseptsiyasi,
 
konversion 
marketing,
rag’batlantiruvchi marketing, rivojlanuvchi marketing, remarketing, 
sinxromarketing, qo’llab-quvvatlovchi marketing. 

 
20.1. 
Loyihalarni 
amalga 
oshirishda 
zamonaviy 
marketing 
kontseptsiyasi. 
Marketing - insonning ayirboshlash vositasida talab va extiyojni kondrishga 
qaratilgan faoliyatidir. Marketing tarkibiga bozorni o’rganish, iste’molchi 
buyurtmasiga ko’ra maxsulotlar assortimentini rejalashtirish, bozorni egallash, 
reklama, tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazib 
berish bilan bog’liq tadbirkorlik faoliyati kiradi. Marketing konstruktor, muxandis, 
iqtisodchi va boshqa mutaxassislarga bozor ehtiyojlari bilan tanishish, iste’molchi 
ushbu maxsulotning qanday bo’lishini istashi, unga qancha haq to’lashi, u kim 
uchun zarurligi haqida mulohaza yuritish imkonini beradi. 
Bozor sharoitida korxonani boshqarish marketingni ishlab chiqarish 
tsiklining boshiga qo’yadi, chunki xo’jalik qarorlarini qabul qilish asosida ishlab 
chiqarish imkoniyatlari emas, balki bozor talablari, haridor ehtiyojlari yotadi. Oxir 


natijada korxona ko’lami, korxonani boshqarish tashkiliy tarkibini, boshqaruv 
tamoyil va usullarini, xizmat ko’rsatish yo’nalishlarini bozor belgilaydi. 
Bozor munosabatlari sharoitida korxona bozor kon’yukturasi, bo’lajak 
sheriklar imkoniyatlari, narxlar o’zgarishi haqida axborot olish asosida o’z ishlab 
chiqarishini moddiy-texnikaviy ta’minlash va kapital qurilishni tovarlar va 
xizmatlar bozoridan (bevosita ishlab chiqaruvchidan, ulgurji savdoda, shu 
jumladan, yarmarka, kimoshdi savdosi, hamda moddiy-ta’minot va boshqa 
vositachi tashkilotlardan) resurslar sotib olish yo’li bilan amalga oshiradi. Natijada 
korxonaning reja-iqtisod, texnika, texnologiya, ta’minot va sotuv bo’limlari 
vazifalari o’zgaradi. chunki korxona muxandis-texniklari resurslardan qay 
darajada foydalana olish imkoniyatiga ega ekanliklarini bilishlari, bozor ta’siridan 
erkin bo’lishlari uchun korxonada bozor iqtisodiyoti, korxona ishlab chiqarish va 
moliya siyosati masalalari bo’yicha axborot manbasi bo’lgan maxsus marketing 
xizmatini tashkil etish ehtiyoji vujudga keladi. 
Marketing bo’limi bozorni, ijtimoiy talab holati va o’zgarishi, kon’yukturani 
o’rganish natijasida korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot zarurligi, istiqboli 
masalasini hal etadi. 
Korxonani marketing vositasida boshqarish ancha mushkul bo’ib, katta 
hajmda reja-hisob kitoblarini, kadrlarni qayta tayyorlashni, boshqaruv vazifa va 
usullarini tubdan o’zgartirishni talab qiladi. Faqat korxona, butun iqtisodiyot 
xo’jalik mexanizmini tubdan qayta ko’rishi asosidagina marketing tendentsiyasini 
qo’llash mumkin. Aks holda korxona tez o’zgaruvchan talabga moslasha olmay 
raqobat kurashiga bardosh bera olmaydi. Bu korxona foyda ko’rmasligi va undan 
kelib chiquvchi boshqa oqibatlarga olib keladi. Chunki faqat iste’molchilar 
ehtiyojini hisobga olib, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalana olgan 
korxonagina o’z mahsulotini sotishdan foyda olishi mumkin. 
Bu ma’noda amerikalik avtomobil magnati G.Fordning fikrini ta’kidlab 
o’tish zarur. Undan qanday qilib millioner bo’lganligini so’raganlarida quyidagicha 
javob bergan: «Juda oson. Men o’z avtomobillarimni bozorda boshqalarga nisbatan 
arzonroq sotib, o’z ishchilarimga boshqalarga nisbatan ko’p haq to’laganman». 
Bunday holda u sinishi kerak edi, lekin u raqobatchilarini bozordan siqib chiqarib 
bozorni egallagani uchun millioner bo’ldi. 
Tovar pul munosabatlari jamiyatni o’z-o’zini boshqarish mexanizmi bilan 
qurollantirgani uchun bebaho xususiyatga ega. Tartibga solinuvchi bozor xo’jalik 
faoliyatini iste’molchiga qaratish, tashkiliy tizimlar, boshqaruv tamoyili va 
usullarini qayta qurish, korxona maqsad va vazifalarini o’zgartirishni talab qiladi. 
Marketing talabni qondirishga qaratilgan faoliyat bo’libgina qolmay, balki 
talabga ta’sir ham qilishdir. Xo’sh, bu ta’sir qanday bo’lishi kerak, boshqa 
mahsulotlar ishlab chiqarishga o’tish va yangi talabni vujudga keltirish kerakmi? 
Marketing faoliyatining bu aniq maqsadlarini - bozorda mavjud bo’lgan vaziyatni 
hisobga olish bilan, xaridorlar qiziqish barajasi bilan, korxonaning uz iktisodiy va 
ijtimoiy vazifalari bilan, u yoki bu bozorga kirishi bilan aniqlanadi. Shunday qilib, 
talab marketing maqsadini, shu bilan birga kerakli marketing strategiyasini 
tanlashga imkon beradi. Bir necha talab darajasini va unga mos keluvchi bir 
qancha strategiyasini alohida ajratib ko’rsatish mumkin.


Amerikalik iqtisodchi Filipp Kotler o’zining mashhur “Marketing bo’yicha 
boshqaruv” qo’llanmasida marketing turlarining tasnifini bergan. Quyidagi talab 
darajasi va unga mos keluchi marketing strategiyasini ko’rib chiqamiz. 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish