Educational materials


 Loyihaning innovatsion faoliyat xususiyatlari va innovatsiya



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/231
Sana21.07.2022
Hajmi4,65 Mb.
#831803
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   231
Bog'liq
Educational materials

19.5. Loyihaning innovatsion faoliyat xususiyatlari va innovatsiya 
strategiyasini ishlab chiqishning ahamiyati. 


Innovatsiya 
– bu har qanday faoliyat sohasida kiritiluvchi ilmiy 
yangiliklardir (ilmiy kashfiyotlar, nou-xau, ilmiy ixtirolar va hokazo), xususan: 

fan-texnika sohasida bu ilmiy-texnik innovatsiyalar – kompyuter, lazer, 
mikroto’lqinli yarimo’tkazgich texnologiyalari, elektron pochta, uyali aloqa va 
Internet global tarmoqlari ishini ta’minlovchi integratsiyalangan aloqa liniyalari va 
sun’iy yo’ldosh aloqasi, robot texnikasi; 

energetika sohasida – atom energetikasi, sintetik yoqilg’i va oziq-ovqat 
mahsulotlari olish; 

tibbiyot sohasida - gen muhandisligi (DNK). 
Mehnat, kapital, tabiiy resurslar va tadbirkorlik kabi sanoat ishlab 
chiqarishidagi muhim omillar qatorida yana bir omil - innovatsion resurs paydo 
bo’lgan. Biroq bunda ilmiy-texnik loyihalarni tijoratlashtirish, ya’ni ulardan bozor 
raqobati sharoitlarida foyda olish maqsadida foydalanish borasida ayrim 
muammolar mavjud. 
Ko’p sonli empirik ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, iqtisodiy o’sishning 
asosiy harakatlantiruvchi kuchi texnik taraqqiyot hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti 
sharoitlarida kichik biznes va tadbirkorlik innovatsion jarayonda markaziy rol 
o’ynaydi, innovatsiyalar esa texnik taraqqiyot sur’ati yuqori bo’lgan tarmoqlarda 
asosiy raqobat quroli hisoblanadi. Bu kuzatuvlar yangi emas. Adam Smit o’zining 
«Xalqlar boyliklari» asarida texnik taraqqiyot va iqtisodiy rivojlanishni qo’llab-
quvvatlovchi institutlarga alohida e’tibor qaratgan. XX asrning birinchi yarmi 
iqtisodchilari orasida Yozef Aloiz Shumpeter (1883-1950) alohida o’rin egallaydi. 
Uning zamonaviy iqtisodiy fikrlashga ko’rsatgan ta’siri neoklassik maktab 
vakillari ta’siridan kam emas. Aynan shu olim innovatsiyalarni olg’a suruvchi va 
unda normal darajadan katta bo’lgan daromadning asosiy manbasi bo’luvchi 
raqobat 
mexanizmini 
tavsiflab 
bergan. 
Innovatsiyalar 
yoki 
«yangi 
kombinatsiyalarni amalga oshirish» tushunchasiga Shumpeter tashkilot, mahsulot 
yoki ishlab chiqarish jarayonini doimiy takomillashtirish yo’li bilan olinuvchi 
strategik afzallik va yutuqlarni kiritgan. U quyidagi besh holatni ko’rsatib o’tgan: 
1) yangi ne’mat tayyorlash; 2) ishlab chiqarishning yangi usulini joriy qilish; 3) 
yangi sotuv bozorini o’zlashtirish; 4) xomashyo yoki yarim tayyor mahsulotlar 
yangi manbasiga ega bo’lish; 
5) tegishlicha qayta tashkil qilish, masalan, monopol holatni ta’minlash3. 
Innovatsiyalarni amalga oshirishda pul bozorining roli ham muhim ahamiyat kasb 
etadi. Shumpeter uchun kapital «tadbirkorlarga berilishi lozim bo’lgan to’lov 
vositalari summasi»4 hisoblanadi. Aynan pul bozorida iqtisodiy loyihalar 
taqqoslanib, rivojlanish moliyalashtiriladi, «kelajakdagi qiymat tizimi paydo 
bo’ladi5». Iqtisodiyotning «yetakchi sektori» hisoblangan banklar ishlab 
chiqarishni kengaytirishni yoki yangiliklar kiritishni moliyalashtirishi mumkin. 
Shumpeterga ko’ra, ular milliy firmalar raqobatbardoshligini oshirishda strategik 
rol o’ynashi yoki aksincha, vaziyatga sustkashlik bilan javob qaytarishi va 
«kelajakdagi qiymat»ni izlamasligi mumkin. 
Sanoat tarmoqlarida innovatsion-texnologik ustuvorliklar texnologiyalar 
ro’yxatida aks etadi: bu ro’yxatlarni maksimal darajada kichraytirish, har 4-5 yilda 


qayta ko’rib chiqish hamda mamlakatning maqsadli ilmiy-texnik va innovatsion 
dasturlari tarkibini belgilashda asos qilib olish lozim. 
Tanlab olingan ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish bo’yicha samarali 
tizimni shakllantiruvchi omillar quyidagilarga asosan tasniflanishi lozim: 

jahon texnologik makoni bo’yicha bo’lgani kabi, O’zbekiston 
Respublikasi va MDH uchun ham olimlar jamoasi tomonidan muqobil konkursli 
asosda ishlab chiqiluvchi uzoq muddatli (20-30 yil) ilmiy-texnik va innovatsion-
investitsion bashoratlar; 

eng muhim bazaviy texnologiyalar bo’yicha ilmiy-texnik va innovatsion 
xarakterga ega maqsadli dasturlar; 

sanoat tarmoqlarida bazaviy texnologiyalarning ayrim bo’g’inlarini 
amalga oshiruvchi davlat ahamiyatiga molik eng muhim innovatsion loyihalar. 
Shuni qayd etish kerakki, iqtisodiy o’sishning tanlab olingan ustuvor 
yo’nalishlarini amalga oshirishni resurslar bilan to’liq ta’minlash ko’p kanalli 
asosda bajariladi: 

noishlab chiqarish sohasida innovatsion loyiha va dasturlarni, 
shuningdek, eng muhim innovatsion loyihalar, maqsadli dasturlar, strategik rejalar 
va 
bashoratlarni 
ishlab 
chiqishni 
byudjetdan 
moliyalashtirish, 
byudjet 
mablag’larini dastur va loyihalar amalga oshiriluvchi butun muddat bo’yicha 
taqsimlash; 

tanlab olingan ustuvor sanoat tarmoqlariga yo’naltirilgan innovatsion 
dastur va loyihalar uchun soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etish; 

bunday dastur va loyihalarga xususiy va xorijiy investitsiyalarni jalb etish 
uchun sharoitlar yaratish; 

investitsiyalarga innovatsion mazmun bag’ishlash uchun sanoat 
tarmoqlarida investitsion dastur va loyihalarning innovatsion-texnologik 
ekspertizasini tashkil qilish. Agar tadbirkorlardan «Nima uchun yangi 
texnologiyalarni o’zlashtirishga shoshilmaysiz?» deb so’ralsa, ulardan deyarli har 
biri «Agar soliqlar kamroq, kreditlar arzonroq bo’lib, import bojlari unchalik 
bo’g’maganda edi, innovatsiyalarni joriy qilish haqida o’ylab ko’rish va hatto buni 
amalga oshirishga kirishish ham mumkin bo’lar edi» deb javob berar edi. Quloqqa 
qanchalik erish tuyo’lmasin, lekin, bu bor haqiqat. Tadbirkor kerakli axborot va 
intellektual resurslarga ega bo’lgan va qaysi innovatsiyani ishlab chiqish yoki 
ishlab chiqarishga tatbiq etish lozimligini bilgan taqdirda ham u moliyalashtirish 
muammosiga duch keladi. Bu muammoni uchta tarkibiy qismga ajratish mumkin: 
korxonaning o’z mablag’lari yetishmasligi, banklarning kredit resurslariga ega 
bo’lishning qiyinligi hamda innovatsion jarayonlarni qo’llab-quvvatlash 
mexanizmlarining mukammal emasligi. Innovatsiyalarni rag’batlantirishga jahon 
amaliyotida keng qo’llanuvchi soliq imtiyozlaridan maqsadli yo’nalgan holda 
foydalanish katta yordam ko’rsatgan bo’lar edi. Mamlakatimizda mazkur sohada 
soliq imtiyozlari bilan rag’batlantirishning afzal yo’llari deb ekspertlar 
ning investitsiyalarga va bu 
investitsiyalarni olish uchun sarflangan kreditlarni qoplashga yo’naltiriluvchi 
xarajatlari miqdorida ularning soliqqa tortiluvchi daromadini qisqartirish 
imkoniyatini taqdim etish. Bu imtiyoz umuman olganda mavjud bo’lsada, biroq 


«hisoblangan eskirish hajmi to’liq foydalanilgan sharoitda» qo’llanadi va amalda 
hech qanday samara bermaydi;

texnologik innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etishga investitsiyalar 
ajratuvchi xususiy sektor korxonalarini maqsadli yo’nalgan holda soliq imtiyozlari 
bilan rag’batlantirish. Jahon tajribalari ITTKI va ishlab chiqarish vositalariga 
investitsiya qilinuvchi mablag’larni soliqdan ozod qilishning amaliy yordam 
ko’rsatishini tasdiqlaydi;

tezlashtirilgan amortizatsiyani hisoblash uchun imkoniyatlar yaratish, 
xususan, uning uchun baland normalar belgilash. Amaldagi amortizatsiya 
mexanizmida bir qator cheklovlar mavjud: tezlashtirilgan amortizatsiyani hisoblash 
oddiy amortizatsiya normasidan ikki baravardan ortiq bo’lishi mumkin emas; xarid 
qilingan asosiy vositalarning katta qismini birinchi yilda amortizatsiya qilish 
imkonining yo’qligi. Bunday cheklashlar natijasida ko’plab kichik korxonalar 
texnik jihozlanishni oshirish uchun amortizatsiyadan foydalana olmaydi. 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish