Educational materials


-rasm. O’zbekistonda mas’uliyati cheklangan jamiyatni ro’yxatga



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/231
Sana21.07.2022
Hajmi4,65 Mb.
#831803
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   231
Bog'liq
Educational materials

17.4-rasm. O’zbekistonda mas’uliyati cheklangan jamiyatni ro’yxatga 
olish xizmatlari ro’yxati 
 
Jamiyatning ta’sis hujjatlariga o‘zgartishlar jamiyat ishtirokchilarining 
umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan kiritiladi. Jamiyatning ta’sis hujjatlariga 
kiritilgan o‘zgartishlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. 
Jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartishlar davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilgan paytdan boshlab uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi. 
Vakolatxonalar va filiallar tashkil etilishi, shuningdek jamiyatning pochta manzili 
o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘zgartishlar kiritilgan hollarda, bunday o‘zgartishlar 
yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ xabardor qilingan paytdan 
boshlab uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi. 
Ta’sis shartnomasi qoidalari bilan jamiyat ustavi qoidalari mos kelmagan 
hollarda jamiyat ustavi qoidalari uchinchi shaxslar va jamiyat ishtirokchilari uchun 
ustuvor kuchga ega bo‘ladi. 
Ta’sis shartnomasida jamiyatning muassislari jamiyatni tuzish majburiyatini 
oladilar va uni tuzish yuzasidan birgalikdagi faoliyat tartibini belgilaydilar. Ta’sis 
shartnomasida quyidagilar ham belgilanadi: 
-
jamiyat muassislarining (ishtirokchilarining) tarkibi; 
-
jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori va jamiyat har bir 
muassisi (ishtirokchisi) ulushining miqdori; 
-
jamiyat ta’sis etilayotganda uning ustav fondiga (ustav kapitaliga) 
hissalarni qo‘shish tartibi, miqdori, usullari va muddatlari; 
-
hissalarni qo‘shish bo‘yicha majburiyatlarini buzganlik uchun jamiyat 
muassislarining (ishtirokchilarining) javobgarligi; 
-
jamiyatning muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasida foyda va zararlarni 
taqsimlash shartlari va tartibi; 


-
jamiyat organlarining tarkibi va jamiyat ishtirokchilarining jamiyatdan 
chiqish tartibi. 
Jamiyat ustavida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: 
-
jamiyatning to‘liq va qisqartirilgan firma nomi; 
-
jamiyat faoliyatining predmeti; 
-
jamiyatning pochta manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
-
jamiyat organlarining tarkibi va vakolatlari to‘g‘risidagi, shu jumladan 
jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatiga kiruvchi masalalar 
to‘g‘risidagi, jamiyat organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi, 
shu jumladan qarorlar bir ovozdan yoki kvalifikatsion ko‘pchilik ovoz bilan qabul 
qilinadigan masalalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
-
jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar; 
-
jamiyat har bir ishtirokchisi ulushining miqdori va nominal qiymati 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
-
jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari; 
-
jamiyat ishtirokchisining jamiyatdan chiqish tartibi va uning oqibatlari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
-
jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushning (ulush bir 
qismining) boshqa shaxsga o‘tishi tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
-
jamiyatning hujjatlarini saqlash tartibi hamda jamiyat tomonidan jamiyat 
ishtirokchilariga va boshqa shaxslarga axborot taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar; 
-
jamiyatning vakolatxonalari va filiallari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
-
qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa ma’lumotlar. 
Jamiyat ustav fondi (ustav kapitali) jamiyatning ustavida belgilanadi va 
uning ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatidan iborat bo‘ladi. 
Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori litsenziya 
talablarida belgilanishi mumkin. 
Jamiyat ishtirokchisining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) 
ulushining miqdori foizlarda yoki kasr ko‘rinishida belgilanadi. Jamiyat 
ishtirokchisi ulushining miqdori uning ulushi nominal qiymati bilan jamiyat ustav 
fondining (ustav kapitalining) nisbatiga teng bo‘lishi kerak. 
Jamiyat ishtirokchisi ulushining haqiqiy qiymati jamiyat sof aktivlari 
qiymatining uning ulushi miqdoriga mutanosib bo‘lgan bir qismiga mos bo‘ladi. 
Jamiyatning ustavi bilan jamiyat ishtirokchisi ulushining eng yuqori 
miqdori, shuningdek jamiyat ishtirokchilari ulushlarining nisbatini o‘zgartirish 
imkoniyati cheklab qo‘yilishi mumkin. Bunday cheklashlar jamiyatning ayrim 
ishtirokchilariga nisbatan belgilanishi mumkin emas. Ko‘rsatib o‘tilgan qoidalar 
jamiyat ta’sis etilayotganda uning ustavida nazarda tutilishi, shuningdek jamiyat 
ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyat barcha ishtirokchilari tomonidan bir 
ovozdan qabul qilinadigan qaroriga binoan jamiyatning ustaviga kiritilishi, 
o‘zgartirilishi va undan chiqarib tashlanishi mumkin. 


Jamiyat faqat kredit tashkiloti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan 
paytga qadar uning har bir ishtirokchisi ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan jamiyatning 
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘z hissasining kamida o‘ttiz foizini kiritishi 
shart. 
Jamiyatning har bir ishtirokchisi ta’sis hujjatlarida belgilangan va jamiyat 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab bir yildan oshmaydigan muddat 
mobaynida jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) o‘z hissasini to‘liq kiritishi 
kerak. 
Jamiyatning ishtirokchisi tomonidan hissaning to‘liq kiritilganligi jamiyat 
ishtirokchisiga beriladigan guvohnoma bilan tasdiqlanadi. 
Jamiyat ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shiladigan hissalar 
Pul, qimmatli qog‘ozlar, o‘zga ashyolar yoki mulkiy huquqlar yoxud pul 
bahosiga ega bo‘lgan boshqa shaxsga o‘tkaziladigan o‘zga huquqlar jamiyatning 
ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shiladigan hissalar bo‘lishi mumkin. 
Jamiyatning ishtirokchilari va jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslar 
tomonidan jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shiladigan pulsiz 
hissalarning pul bahosi jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyatning 
barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan qarori bilan 
tasdiqlanadi. 
Ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida jamiyatga foydalanish uchun 
berilgan mol-mulkning muddat o‘tgunga qadar ushbu mol-mulkdan foydalanish 
huquqi tugatilgan taqdirda, jamiyatning mol-mulkni bergan ishtirokchisi 
jamiyatning talabiga binoan unga shunday mol-mulkdan shunga o‘xshash 
sharoitlarda qolgan muddat mobaynida foydalanganlik uchun to‘lanadigan haqiga 
teng pul tovoni to‘lashi shart. Pul tovoni jamiyat tomonidan uni berish talabnomasi 
taqdim etilganidan e’tiboran agar jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining 
qarori bilan tovon to‘lashning boshqacha tartibi belgilangan bo‘lmasa, bir oy ichida 
bir yo‘la to‘lanishi kerak. Bunday qaror jamiyatning ustav fondiga (ustav 
kapitaliga) hissa sifatida mol-mulkdan foydalanish huquqini bergan va bu huquq 
muddatidan ilgari tugatilgan jamiyat ishtirokchisining ovozini hisobga olmagan 
holda jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. 
Ta’sis hujjatlarida jamiyat ishtirokchisi tomonidan ustav fondiga (ustav 
kapitaliga) hissa sifatida jamiyatga foydalanish uchun berilgan mol-mulkdan 
foydalanish huquqining muddatidan ilgari tugatilganligi uchun jamiyat 
ishtirokchisi tomonidan tovon to‘lashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan 
bo‘lishi mumkin. 
Jamiyatdan chiqarilgan yoki undan chiqib ketgan ishtirokchi tomonidan 
jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa tariqasida foydalanish uchun 
berilgan mol-mulk, agar ta’sis hujjatida boshqacha qoida nazarda tutilgan 
bo‘lmasa, u qancha muddatga berilgan bo‘lsa, shuncha muddat davomida jamiyat 
foydalanishida qolaveradi. 
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirishga u to‘liq 
to‘langanidan keyingina yo‘l qo‘yiladi. 
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish jamiyat 
ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlari 


sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan (agar 
jamiyatning ustavida bunday qarorni qabul qilish uchun ovozlarning bundan 
ko‘proq soni zarurligi nazarda tutilgan bo‘lmasa) qabul qilingan qaroriga binoan 
amalga oshiriladi. 
Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) ko‘paytirilishi jamiyatning mol-
mulki hisobiga va (yoki) jamiyat ishtirokchilarining qo‘shimcha hissalari hisobiga 
va (yoki), agar bu jamiyatning ustavi bilan taqiqlangan bo‘lmasa, jamiyatga qabul 
qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari hisobiga amalga oshirilishi mumkin. 
Jamiyat o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishga haqli, ushbu 
Qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, jamiyat o‘z ishtirokchilarining jamiyat 
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarining nominal qiymatini kamaytirish 
va (yoki) jamiyatga tegishli ulushlarning haqini to‘lash orqali o‘z ustav fondini 
(ustav kapitalini) kamaytirishi shart. 
Jamiyatning barcha ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatini 
kamaytirish yo‘li bilan jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish 
jamiyatning barcha ishtirokchilari ulushlari miqdorlari saqlab qolingan holda 
amalga oshirilishi kerak. 
Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yil ichida uning 
ustav fondi (ustav kapitali) to‘liq to‘lanmagan taqdirda, jamiyat o‘zining ustav 
fondini (ustav kapitalini) amalda to‘langan miqdorgacha kamaytirishini e’lon 
qilishi va uning kamaytirilganligini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi yoki 
jamiyatni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak. 
Agar ikkinchi va har bir keyingi moliya yili tugaganidan keyin jamiyat sof 
aktivlarining qiymati uning ustav fondidan (ustav kapitalidan) kam bo‘lib qolsa, 
jamiyat o‘z ustav fondi (ustav kapitali) o‘zining sof aktivlari qiymatidan 
oshmaydigan miqdorgacha kamaytirilishini e’lon qilishi va bunday kamaytirishni 
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi shart. 
Jamiyat sof aktivlarining qiymati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
aniqlanadi. 
Jamiyatga qarashli ulushlar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida 
ovoz berish natijalarini aniqlash, shuningdek jamiyat tugatilgan taqdirda uning 
foydasi va mol-mulki taqsimlanayotganda hisobga olinmaydi. 
Jamiyatga qarashli ulush u jamiyatga o‘tgan kundan e’tiboran bir yil ichida 
jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan jamiyatning barcha 
ishtirokchilari o‘rtasida ularning jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) 
ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanishi yoxud jamiyatning barcha yoki ayrim 
ishtirokchilariga va (yoki), agar bu jamiyatning ustavida taqiqlangan bo‘lmasa, 
uchinchi shaxslarga sotilishi hamda to‘liq to‘lanishi kerak. Ulushning 
taqsimlanmagan yoki sotilmagan qismining haqi jamiyatning ustav fondini (ustav 
kapitalini) tegishlicha kamaytirgan holda to‘lanishi kerak. Ulushni jamiyat 
ishtirokchilarining 
ulushlari 
miqdorlari 
o‘zgaradigan 
tarzda 
jamiyat 
ishtirokchilariga sotish, ulushni uchinchi shaxslarga sotish, shuningdek ulushni 
sotish bilan bog‘liq o‘zgartishlarni jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritish jamiyat 
ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan 
bir ovozdan qabul qilingan qarori asosida amalga oshiriladi. 


Ushbu moddada nazarda tutilgan, jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritilgan 
o‘zgartishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlar, ulush sotilgan taqdirda 
esa, jamiyat tomonidan sotilgan ulushning haqi to‘langanligini tasdiqlovchi 
hujjatlar ham yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga jamiyat 
ishtirokchilari ulushlarining haqini to‘lash yakunlarini tasdiqlash va jamiyatning 
ta’sis hujjatlariga tegishli o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilingan 
kundan e’tiboran bir oy ichida taqdim etilishi shart. 
Jamiyat yilning har choragida, yarim yilda bir marta yoki bir yilda bir marta 
o‘zining sof foydasini jamiyat ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risida qaror 
qabul 
qilishga 
haqlidir. 
Jamiyatning 
jamiyat 
ishtirokchilari 
o‘rtasida 
taqsimlanadigan foydasi qismini aniqlash to‘g‘risidagi qaror jamiyat 
ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. 
Jamiyat foydasining uning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash uchun 
mo‘ljallangan qismi (dividendlar) ularning jamiyat ustav fondidagi (ustav 
kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 
Dividendlarni to‘lash muddati va tartibi jamiyatning ustavida yoki 
ishtirokchilarning umumiy yig‘ilishi qarorida belgilanadi. Bunda dividendlarni 
to‘lash muddati jamiyat ishtirokchilari o‘rtasida foydani taqsimlash to‘g‘risida 
qaror qabul qilingan kundan e’tiboran oltmish kundan oshmasligi kerak. 
Jamiyat obligatsiyalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chiqarishga 
va joylashtirishga haqli. 
Jamiyatning boshqaruv organlari 
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi jamiyat boshqaruvining oliy 
organi hisoblanadi. 
Jamiyatning ustavida jamiyatning kuzatuv kengashini tuzish nazarda tutilishi 
mumkin. 
Jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish jamiyatning yakkaboshchilik 
asosidagi ijro etuvchi organi tomonidan yoki jamiyatning kollegial ijro etuvchi 
organi tomonidan amalga oshiriladi. Jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat 
ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishiga va, agar tuzilishi jamiyatning ustavida 
nazarda tutilgan bo‘lsa, jamiyatning kuzatuv kengashiga hisobdordir. 
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining vakolatlari jamiyatning ustavi 
bilan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi. 
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga 
quyidagilar kiradi: 
-
jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash, shuningdek tijorat 
tashkilotlarining boshqa birlashmalarida ishtirok etish to‘g‘risida qaror qabul 
qilish; 
-
jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdorini o‘zgartirish; 
-
ta’sis hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish; 
-
jamiyatning ijro etuvchi organlarini tuzish va ularning vakolatlarini 
muddatidan ilgari tugatish; 
-
jamiyatning taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash va uning 
vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish; 


-
agar jamiyatning ustavida kuzatuv kengashini tuzish nazarda tutilgan 
bo‘lsa, uni saylash va uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish; 
-
yillik hisobotlarni va yillik buxgalteriya balanslarini tasdiqlash; 
-
jamiyatning sof foydasini jamiyat ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash 
to‘g‘risida qaror qabul qilish; 
-
jamiyat organlarining faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash 
(qabul qilish); 
-
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish, auditorlik 
tashkilotlari hamda ularning xizmatlariga to‘lanadigan haqning eng ko‘p miqdorini 
aniqlash; 
-
boshqa yuridik shaxslarni, vakolatxonalar va filiallarni tuzish to‘g‘risida 
qaror qabul qilish; 
-
jamiyatni qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish; 
-
Oldingi tahrirga qarang. 
-
tugatuvchini tayinlash va tugatish balanslarini tasdiqlash; 
-
ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal qilish. 
-
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatlari 
jumlasiga kiritilgan masalalar, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno 
etganda, uning tomonidan jamiyatning kuzatuv kengashi hal etishi uchun, 
shuningdek jamiyatning ijro etuvchi organi hal etishi uchun topshirilishi mumkin 
emas. 
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini o‘tkazish tartibi 
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi ushbu Qonunda, jamiyatning 
ustavida va uning hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Jamiyat 
ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini o‘tkazish tartibi ushbu Qonun, jamiyatning 
ustavi va hujjatlari bilan tartibga solinmagan qismida jamiyat ishtirokchilari 
umumiy yig‘ilishining qarori bilan belgilanadi. 
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishda shaxsan yoki o‘z vakillari orqali 
ishtirok etishga haqlidirlar. Jamiyat ishtirokchilarining vakillari o‘z vakolatlarini 
tasdiqlovchi 
hujjatni 
(ishonchnomani) 
ko‘rsatishlari 
lozim. 
Jamiyat 
ishtirokchisining vakiliga berilgan ishonchnoma qonun talablariga muvofiq 
rasmiylashtirilgan va notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 
Jamiyatning ishtirokchilari yoki ularning vakillari kun tartibidagi 
masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish va qarorlarni qabul qilishda ovoz 
berish huquqiga egadirlar. Jamiyatning jamiyat ishtirokchilarining ko‘rsatib 
o‘tilgan huquqlarini cheklovchi ta’sis hujjatlarining qoidalari yoki jamiyat 
organlarining qarorlari haqiqiy emas. 
Jamiyatning har bir ishtirokchisi jamiyat ishtirokchilarining umumiy 
yig‘ilishida jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘z ulushiga 
mutanosib ovozlar soniga ega bo‘ladi, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar 
bundan mustasno. 
Jamiyatni ta’sis etish paytida jamiyatning ustaviga binoan yoki jamiyat 
ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan 
bir ovozdan qabul qilingan qaroriga binoan jamiyatning ustaviga o‘zgartishlar 


kiritish yo‘li bilan jamiyat ishtirokchilari ovozlarining sonini aniqlashning 
boshqacha tartibi belgilab qo‘yilishi mumkin. Jamiyat ustavining bunday tartibni 
belgilab qo‘yuvchi qoidalarini o‘zgartirish va chiqarib tashlash jamiyat 
ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan 
bir ovozdan qabul qilingan qarori asosida amalga oshiriladi. 
Jamiyatning ro‘yxatdan o‘tmagan ishtirokchisi (jamiyat ishtirokchisining 
vakili) ovoz berishda ishtirok etishga haqli emas. 
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi jamiyat ishtirokchilarining 
umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan vaqtda yoki, 
agar jamiyatning barcha ishtirokchilari ro‘yxatdan o‘tib bo‘lgan bo‘lsa, oldinroq 
ochiladi. 
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi ushbu Qonun 33-moddasining 
birinchi, ikkinchi, uchinchi va beshinchi qismlariga muvofiq jamiyat 
ishtirokchilariga xabar qilingan kun tartibidagi masalalar bo‘yichagina qarorlar 
qabul qilishga haqli, mazkur umumiy yig‘ilishda jamiyatning barcha ishtirokchilari 
qatnashayotgan hollar bundan mustasno. 
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarorlari, agar jamiyatning 
ustavida qarorlarni qabul qilishning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa, 
ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. 
Jamiyatning 
ijro 
etuvchi 
organi 
jamiyat 
ishtirokchilari 
umumiy 
yig‘ilishining bayonnomasi yuritilishini tashkil etadi. 
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan jamiyat ushbu 
Qonunda nazarda tutilgan tartibda qayta tashkil etilishi mumkin. 
Jamiyatni qayta tashkil etish qo‘shib yuborish, birlashtirish, bo‘lish, ajratib 
chiqarish va qayta tuzish shaklida amalga oshirilishi mumkin. 
Jamiyat, birlashtirish shaklidagi qayta tashkil etish hollarini istisno etganda, 
qayta tashkil etish natijasida tuziladigan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilgan paytdan e’tiboran qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi. 
Jamiyat unga boshqa jamiyatni birlashtirish shaklida qayta tashkil etilganda 
ulardan birinchisi yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga birlashtirilgan 
jamiyat faoliyati tugatilgani haqida yozuv kiritilgan paytdan e’tiboran qayta tashkil 
etilgan deb hisoblanadi. 
Qayta tashkil etish natijasida tuzilgan jamiyatlarni davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazish va qayta tashkil etilgan jamiyatlarning faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi 
yozuvlarni kiritish, shuningdek ustavga kiritilgan o‘zgartishlarni davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Jamiyatni qayta tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan 
e’tiboran, jamiyat qo‘shib yuborish yoki birlashtirish shaklida qayta tashkil 
etilganda esa bu haqda qo‘shilishda yoki birlashtirishda ishtirok etayotgan 
jamiyatlardan oxirgisi tomonidan qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz 
kundan kechiktirmay jamiyat bu haqda jamiyatning o‘ziga ma’lum barcha 
kreditorlarini yozma ravishda xabardor qilishi va qabul qilingan qaror haqida 
ommaviy axborot vositalarida xabar e’lon qilishi shart. Bunda jamiyat kreditorlari 
o‘zlariga xabarnomalar yuborilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida yoki qaror 
qabul qilingani to‘g‘risida xabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida 


jamiyatning tegishli majburiyatlari muddatidan ilgari tugatilishini yoki bajarilishini 
va ko‘rgan zararlarining o‘rni qoplanishini yozma ravishda talab qilishga haqlidir. 
Qayta tashkil etish natijasida tuzilgan jamiyatlarni davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazish, qayta tashkil etilgan jamiyatlarning faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi 
yozuvlarni kiritish ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan tartibda 
kreditorlar xabardor qilinganligining dalillari taqdim etilgan taqdirdagina amalga 
oshiriladi. 
O‘z faoliyatini tugatgan ikki yoki bir necha jamiyatning barcha huquqlari va 
majburiyatlarini o‘tkazish yo‘li bilan yangi jamiyatni tashkil etish jamiyatlarning 
qo‘shib yuborilishi deb e’tirof etiladi. 
Qo‘shib yuborish shaklidagi qayta tashkil etishda ishtirok etuvchi har bir 
jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi ana shunday qayta tashkil etish 
to‘g‘risida, qo‘shib yuborish shartnomasini va qo‘shib yuborish natijasida 
tuzilayotgan jamiyatning ustavini tasdiqlash to‘g‘risida, shuningdek topshirish 
dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi. 
Qo‘shib yuborish natijasida tashkil etilayotgan jamiyatning barcha 
ishtirokchilari tomonidan imzolangan qo‘shib yuborish to‘g‘risidagi shartnoma 
ustav bilan birgalikda uning ta’sis hujjati hisoblanadi hamda u O‘zbekiston 
Respublikasining Fuqarolik kodeksi va ushbu Qonun bilan ta’sis shartnomasiga 
qo‘yiladigan barcha talablarga mos bo‘lishi kerak. 
Qo‘shib yuborish shaklida qayta tashkil etishda ishtirok etuvchi har bir 
jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan ana shunday qayta tashkil 
etish to‘g‘risida va qo‘shib yuborish shartnomasini, qo‘shib yuborish natijasida 
tashkil etilayotgan jamiyatning ustavini va topshirish dalolatnomasini tasdiqlash 
to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan taqdirda, qo‘shib yuborish natijasida tashkil 
etilayotgan jamiyatning ijro etuvchi organlarini saylash qo‘shib yuborishda ishtirok 
etayotgan jamiyatlar ishtirokchilarining qo‘shma umumiy yig‘ilishida amalga 
oshiriladi. Bunday umumiy yig‘ilishni o‘tkazish muddatlari va tartibi qo‘shib 
yuborish to‘g‘risidagi shartnomada belgilanadi. 
Jamiyatlar qo‘shib yuborilganda ulardan har birining barcha huquqlari va 
majburiyatlari topshirish dalolatnomalariga muvofiq qo‘shib yuborish natijasida 
tashkil etilgan jamiyatga o‘tadi. 
Bir yoki bir necha jamiyatni ularning huquqlari va majburiyatlarini boshqa 
jamiyatga o‘tkazgan holda tugatish jamiyatni birlashtirish deb e’tirof etiladi. 
Birlashtirish shaklida qayta tashkil etishda ishtirok etuvchi har bir jamiyat 
ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi bunday qayta tashkil etish to‘g‘risida, 
birlashtirish to‘g‘risidagi shartnomani tasdiqlash haqida qaror qabul qiladi, 
birlashtirilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi esa, topshirish 
dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risida ham qaror qabul qiladi. 
Birlashtirishda ishtirok etuvchi jamiyatlar ishtirokchilarining qo‘shma 
umumiy yig‘ilishi birlashtirilayotgan jamiyatning ta’sis hujjatlariga jamiyatning 
ishtirokchilari tarkibi o‘zgarishi, ularning ulushlari miqdorlarini belgilash bilan 
bog‘liq o‘zgartishlarni, birlashtirish to‘g‘risidagi shartnomada nazarda tutilgan 
boshqa o‘zgartishlarni kiritadi, shuningdek zarurat bo‘lganda boshqa masalalarni, 
shu jumladan birlashtirilayotgan jamiyatning organlarini saylash to‘g‘risidagi 


masalalarni hal etadi. Bunday umumiy yig‘ilishni o‘tkazish muddatlari va tartibi 
birlashtirish to‘g‘risidagi shartnomada belgilanadi. 
Bir jamiyat boshqasiga birlashtirilganda topshirish dalolatnomasiga muvofiq 
birlashtirilayotgan jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlari birlashtirib 
olayotgan jamiyatga o‘tadi. 
Jamiyatni uning barcha huquqlari va majburiyatlarini yangitdan tashkil 
etilgan jamiyatlarga o‘tkazgan holda tugatish jamiyatni bo‘lish deb e’tirof etiladi. 
Bo‘lish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyat ishtirokchilarining 
umumiy yig‘ilishi bunday qayta tashkil etish to‘g‘risida, jamiyatni bo‘lish tartibi 
va shartlari to‘g‘risida, yangi jamiyatlarni tashkil etish va bo‘lish balansini 
tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 
Bo‘lish natijasida tuzilayotgan har bir jamiyatning ishtirokchilari ta’sis 
shartnomasini imzolaydilar. Bo‘lish natijasida tashkil etilayotgan har bir jamiyat 
ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi jamiyatning ustavini tasdiqlaydi va uning 
organlarini saylaydi. 
Jamiyat bo‘linganda uning barcha huquqlari va majburiyatlari bo‘lish 
balansiga muvofiq bo‘lish natijasida tashkil etilgan jamiyatlarga o‘tadi. 
Agar bo‘lish balansi qayta tashkil etilgan jamiyatning huquqiy vorisini 
aniqlash imkoniyatini bermasa, qayta tashkil etish natijasida tashkil etilgan yuridik 
shaxslar qayta tashkil etilgan jamiyatning majburiyatlari yuzasidan uning 
kreditorlari oldida solidar javobgar bo‘ladilar. 
Qayta tashkil etilayotgan jamiyatni tugatmasdan, uning huquqlari va 
majburiyatlarining bir qismini o‘tkazgan holda bir yoki bir necha jamiyatni tashkil 
etish jamiyatni ajratib chiqarish deb e’tirof etiladi. 
Ajratib 
chiqarish 
shaklida 
qayta 
tashkil 
etilayotgan 
jamiyat 
ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi bunday qayta tashkil etish to‘g‘risida, ajratib 
chiqarish tartibi va shartlari to‘g‘risida, yangi jamiyatni (yangi jamiyatlarni) tashkil 
etish to‘g‘risida va bo‘lish balansini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi, 
ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning ta’sis hujjatlariga 
jamiyat ishtirokchilari tarkibining o‘zgarishi, ularning ulushlari miqdorlari 
aniqlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgartishlarni va ajratib chiqarish to‘g‘risidagi 
qarorda nazarda tutilgan boshqa o‘zgartishlarni kiritadi, shuningdek zarurat 
bo‘lgan taqdirda o‘zga masalalarni, shu jumladan jamiyatning organlarini saylash 
to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi. 
Ajratib chiqarilayotgan jamiyatning ishtirokchilari ta’sis shartnomasini 
imzolaydilar. Ajratib chiqarilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi 
uning ustavini tasdiqlaydi va jamiyatning organlarini saylaydi. 
Agar ajratib chiqarilayotgan jamiyatning yagona ishtirokchisi qayta tashkil 
etilayotgan jamiyat bo‘lsa, uning umumiy yig‘ilishi jamiyatni ajratib chiqarish 
shaklida qayta tashkil etish to‘g‘risida, ajratib chiqarish tartibi va shartlari 
to‘g‘risida qaror qabul qiladi, shuningdek ajratib chiqarilayotgan jamiyatning 
ustavini va bo‘lish balansini tasdiqlaydi, ajratib chiqarilayotgan jamiyatning 
organlarini saylaydi. 


Jamiyatdan bir yoki bir necha jamiyat ajratib chiqarilganda qayta tashkil 
etilgan jamiyat huquqlari va majburiyatlarining bir qismi bo‘lish balansiga 
muvofiq ularning har biriga o‘tadi. 
Agar bo‘lish balansi qayta tashkil etilgan jamiyatning huquqiy vorisini 
aniqlash imkoniyatini bermasa, qayta tashkil etish natijasida tashkil topgan yuridik 
shaxslar qayta tashkil etilgan jamiyatning majburiyatlari yuzasidan uning 
kreditorlari oldida solidar javobgar bo‘ladilar. 
Jamiyat qonunlarda nazarda tutilgan boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi 
tijorat tashkiloti etib qayta tuzilishga haqlidir. 
Qayta tuzish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyat ishtirokchilarining 
umumiy yig‘ilishi bunday qayta tashkil etish to‘g‘risida, qayta tuzish tartibi va 
shartlari to‘g‘risida, jamiyat ishtirokchilarining ulushlarini qayta tuzish natijasida 
tashkil etilayotgan yuridik shaxsning aksiyalariga (ulushlari, paylariga) 
ayirboshlash tartibi to‘g‘risida va ana shu yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarini 
tasdiqlash to‘g‘risida, shuningdek topshirish dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risida 
qaror qabul qiladi. 
Qayta tuzish natijasida tashkil etilayotgan yuridik shaxsning ishtirokchilari 
ana shunday yuridik shaxslar to‘g‘risidagi qonun talablariga muvofiq uning 
organlarini saylash to‘g‘risida qaror qabul qiladilar va tegishli organga qayta tuzish 
natijasida tashkil etilayotgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan 
bog‘liq harakatlarni amalga oshirishni topshiradilar. 
Jamiyatni qayta tuzish natijasida tashkil etilgan yuridik shaxsga qayta tashkil 
etilgan jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlari topshirish dalolatnomasiga 
muvofiq o‘tadi. 
Jamiyat ushbu Qonun va jamiyat ustavi talablari hisobga olingan holda 
belgilangan tartibda ixtiyoriy ravishda tugatilishi mumkin. Jamiyat qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra sudning qaroriga binoan ham 
tugatilishi mumkin. 
Jamiyatni tugatish uning huquqlari va majburiyatlari huquqiy vorislik 
tartibida boshqa shaxslarga o‘tmagan holda faoliyatining tugatilishiga sabab 
bo‘ladi. 
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyatni ixtiyoriy ravishda 
tugatish hamda tugatuvchini tayinlash to‘g‘risidagi qarori jamiyat kuzatuv 
kengashining, ijro etuvchi organining yoki ishtirokchisining taklifiga binoan qabul 
qilinadi. 
Ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy 
yig‘ilishi jamiyatni tugatish va yuridik shaxslarni tugatuvchini tayinlash to‘g‘risida 
qaror qabul qiladi. 
Tugatuvchi tayinlangan paytdan e’tiboran jamiyat ishlarini boshqarish 
bo‘yicha barcha vakolatlar tugatuvchiga o‘tadi. Tugatuvchi tugatilayotgan jamiyat 
nomidan sudda ishtirok etadi. 
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroriga ko‘ra jamiyatni tugatish ushbu 
jamiyat moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli belgilangan 
tartibda harakatsiz rejimga o‘tkazilgan paytdan e’tiboran uch yil ichida uning 


faoliyati tiklanmagan taqdirda amalga oshiriladi. Bunda tugatuvchi tayinlanmaydi, 
bundan ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. 
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan jamiyatni tugatishda 
tugatish komissiyasi tayinlanadi va uning tarkibiga davlat mulkini boshqaruvchi 
organning vakili kiritiladi. 
Jamiyatni tugatish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish