17.5-rasm.
O’zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlarining xususiyatlari
O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 6-maydagi O‘RQ-370-sonli yangi
tahrirdagi «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya
qilish to‘g‘risida»gi qonunining 3-moddasida: “Ustav fondi (ustav kapitali)
aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi
muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan tijorat tashkiloti aksiyadorlik
jamiyati deb e’tirof etiladi” deb qayd etilgan.
O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 6-maydagi yangi tahrirdagi
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish
to‘g‘risida»gi qonunida aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqariladigan
aksiyalarni ochiq va yopiq obuna yo‘li bilan joylashtirish mumkinligi belgilab
berildi. Mazkur qonunga muvofiq, yopiq aksiyadorlik jamiyati mazmunan
mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga o‘xshashligi bois aksiyadorlik jamiyatlarining
shakllari ochiq va yopiq turlarga ajratilmasdan, ular umumiy holda aksiyadorlik
jamiyati deb yuritiladigan bo‘ldi.
17.5-rasm. Aktsiyadorlik jamiyatlarni boshqarishning namunaviy
tuzilmasi
27
Jamiyatni yangidan ta’sis etish va (yoki) mavjud yuridik shaxsni qayta
tashkil etish (qo‘shib yuborish, birlashtirish, bo‘lish, ajratib chiqarish, qayta tuzish)
yo‘li bilan tuzilishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalining minimal
miqdori 1 600 mln. so‘mni tashkil etadi. Jamiyatning ustav fondi aksiyadorlar sotib
olgan jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi.
Aksiya – bu uning egasi aksiyadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining ma’lum
hissasini qo‘shganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish
huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog‘oz.
Aksiyaning nominal qiymati – aksiyaning o‘zida belgilab qo‘yilgan qiymati.
27
A.S.Begmatov, M.B.Xamidulin, M.Sh.Bo‘taboev. Korporativ madaniyat va korporativ boshqaruv.-
T:«Akademiya» nashriyoti, 2007 y., 224 b.
Jamiyat chiqaradigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘lishi
lozim. Aksiyalar egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar bo‘lib,
ular turiga ko‘ra oddiy va imtiyozli bo‘lishi mumkin.
Aksiyalar mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida qaysi yuridik
yoki jismoniy shaxsga tegishli bo‘lsa, o‘sha yuridik yoxud jismoniy shaxs
aksiyaning egasi – aksiyador deb yuritiladi.
Aksiyador – aksiyaning egasi bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
Oddiy aksiyalar ovoz beruvchi bo‘lib, ular egasiga dividendlar olish,
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlarida va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish
huquqini beradi. Aksiya egalariga dividendlarni, shuningdek, jamiyat tugatilganda
aksiyalarga qo‘yilgan mablag‘larni birinchi navbatda olish huquqini beradigan
aksiyalar imtiyozli aksiyalardir. Imtiyozli aksiyalar o‘z egalariga jamiyat foyda
ko‘rish-ko‘rmasligidan qat’i nazar, muayyan dividendlar olish huquqini beradi.
Oddiy aksiya – dividendni qo‘yilgan mablag‘ga mutanosib ravishda
taqsimlash imkonini beruvchi aksiya.
Imtiyozli aksiya – aksiyadorlik jamiyati dividendi va mol-mulkini
taqsimlashda oddiy aksiya egasiga nisbatan ustunlik beruvchi aksiya.
Aksiyadorlarga e’lon qilingan dividendlar qonun hujjatlariga muvofiq
soliqqa tortiladi. Aksiyalarni sotishda jismoniy yoki yuridik shaxs uchun
solinadigan daromad solig‘i to‘lanadi. Daromad solig‘i aksiyani xarid qilish va
sotish orasidagi farqdan hisoblab chiqiladi. Aksiyador, shuningdek, jamiyatdan
uning aksiyalarini xarid qilishni so‘rash bilan biznesni tark etishi mumkin. Bu kabi
masalalar esa, O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va
aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni bilan tartibga
solinadi.Ustav fondi (ustav kapitali) aktsiyadorlarning aktsiyadorlik jamiyatiga
nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aktsiyalarga taqsimlangan
tijorat tashkiloti aktsiyadorlik jamiyati (bundan buyon matnda jamiyat deb
yuritiladi) deb e‘tirof etiladi.
Jamiyat yuridik shaxs bo‘lib, u o‘z mustaqil balansida hisobga olinadigan
alohida mol-mulkka, shu jumladan o‘zining ustav fondiga (ustav kapitaliga)
berilgan mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy
huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda
da‘vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e‘tiboran yuridik shaxs
maqomiga ega bo‘ladi. Jamiyat, agar uning ustavida boshqacha qoida
belgilanmagan bo‘lsa, cheklanmagan muddatga tuziladi.
Jamiyat O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida bank
hisobvaraqlari ochishga haqlidir. Jamiyat o‘zining tashkiliy-huquqiy shakli
ko‘rsatilgan to‘liq firma nomiga ega bo‘ladi va qisqartirilgan firma nomiga ega
bo‘lishi mumkin. Jamiyat o‘zi chiqarayotgan aktsiyalarga ularni ommaviy
joylashtirish yo‘li bilan qonun hujjatlari talablarini hisobga olgan holda ochiq
obuna o‘tkazishga haqli. Jamiyat o‘zi chiqarayotgan aktsiyalarga ularni xususiy
joylashtirish yo‘li bilan yopiq obuna o‘tkazishga haqli, yopiq obuna o‘tkazish
imkoniyati qonun hujjatlarida va jamiyat ustavida cheklab qo‘yilgan hollar bundan
mustasno.
Aksiyadorlar o‘zlariga tegishli aksiyalarni boshqa aktsiyadorlarning va
jamiyatning roziligisiz o‘zga shaxsga berishga haqli. Agar aktsiyadorlarning soni
ellik nafardan oshmasa, jamiyat ustavida:
ushbu jamiyatning boshqa aktsiyadorlari tomonidan sotilayotgan aksiyalarni
uchinchi shaxsga taklif etilayotgan narx bo‘yicha va shartlar asosida,
aktsiyadorlarning har biriga tegishli aktsiyalarning soniga mutanosib ravishda olish
yuzasidan aktsiyadorlar uchun;
agar ushbu jamiyatning boshqa aktsiyadorlari o‘z imtiyozli huquqlaridan
foydalanmagan bo‘lsa, jamiyatning aktsiyadorlari sotayotgan aktsiyalarni olish
yuzasidan jamiyat uchun imtiyozli huquq nazarda tutilishi mumkin.
O‘z aktsiyalarini sotayotgan aktsiyador aktsiyalarini sotish niyati to‘g‘risida
boshqa aktsiyadorlarni aktsiyalarning narxini va uchinchi shaxsga taklif etish
shartlarini ko‘rsatgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoxud jamiyat orqali yozma shaklda
xabardor qilishi shart. Aktsiyadorlar sotayotgan aktsiyalarni olishga doir imtiyozli
huquqni amalga oshirish tartibi va muddatlari jamiyat ustavida belgilanadi, bunda
imtiyozli huquqdan foydalanish muddati aktsiyalar sotuvga qo‘yilgan paytdan
e‘tiboran o‘n kundan kam va o‘ttiz kundan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
Aktsiyador tomonidan o‘ziga tegishli aktsiyalar imtiyozli huquq buzilgan
holda sotilgan taqdirda, jamiyatning istalgan aktsiyadori va (yoki) jamiyat bunday
qoidabuzarlik to‘g‘risida aktsiyador yoki jamiyat bilgan yoxud bilishi lozim
bo‘lgan paytdan e‘tiboran uch oy ichida o‘ziga sotib oluvchining huquq va
majburiyatlari o‘tkazilishini sud tartibida talab qilish huquqiga ega. Aktsiyalarni
olishga bo‘lgan ushbu imtiyozli huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga
yo‘l qo‘yilmaydi. Aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashi va
ijroiya organi jamiyatning boshqaruv organlaridir.
Aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishi jamiyatning yuqori boshqaruv
organidir. Aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishini jamiyat kuzatuv kengashining
raisi, u uzrli sabablarga ko‘ra bo‘lmagan taqdirda esa, jamiyat kuzatuv
kengashining a‘zolaridan biri olib boradi.
Jamiyat har yili aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishini (aktsiyadorlarning
yillik umumiy yig‘ilishini) o‘tkazishi shart. Aktsiyadorlarning yillik umumiy
yig‘ilishi jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda, ammo moliya yili tugaganidan
keyin olti oydan kechiktirmay o‘tkaziladi.
Aktsiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida jamiyatning kuzatuv
kengashini va taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash to‘g‘risidagi,
jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi direktori, kollegial ijroiya
organining a‘zolari, ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning
muddatini uzaytirish, uni qayta tuzish yoki bekor qilish mumkinligi haqidagi
masalalar hal etiladi, qonunchilikka muvofiq jamiyatning yillik hisoboti va boshqa
hujjatlari ko‘rib chiqiladi.
Aktsiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishidan tashqari o‘tkaziladigan
umumiy yig‘ilishlari navbatdan tashqari yig‘ilishlardir.
Aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasi va tartibi, yig‘ilish
o‘tkazilishi haqida aktsiyadorlarga xabar berish tartibi, aktsiyadorlarning umumiy
yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik vaqtida aktsiyadorlarga beriladigan
materiallarning (axborotning) ro‘yxati jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan
belgilanadi.
Barcha oddiy aktsiyalar bitta aktsiyadorga tegishli bo‘lgan jamiyatda
aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilmaydi. Jamiyatning ustavi bilan
aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishi vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha
qarorlar bunday aktsiyador tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi hamda yozma
shaklda rasmiylashtirilishi kerak, jamiyatning imtiyozli aktsiyalari qonunchilikka
muvofiq ovoz berish huquqini olishlari mumkin.
Aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishi korporatsiyani boshqarishinng oliy
organi bo‘lib, investorlarga korporatsiyaning eng muhim masalalari bo‘yicha qaror
qabul qilishga imkoniyat beradi. Aktsiyadorlar umumiy yig‘ilishi, aktsiyadorlar
qo‘lidagi yagona ta‘sir qilish vositasi bo‘lib, u barcha korporativ boshqaruv
organlarini hosil qiladi va vakolatlar beradi, hamda ular faoliyati samaradorligini
baholaydi. Biroq, umumiy yig‘ilishni chaqirish, tayyorlash, o‘tkazish va qabul
qilingan qarorlarni rasmiylashtirishga korporatsiya kuzatuv kengashi, korporativ
kotibi, sanoq komissiyasi va ijroiya organi javobgardir. Umumiy yig‘ilishni
tayyorlash va o‘tkazish jarayonida qatnashayotgan korporativ boshqaruv a‘zolari
ularning manfaatlariga aloqador bo‘lgan (bandlikning ta‘minlanishi, faoliyatining
moliyaviy shartlari, tanqidni oldini olish) kun tartibining shakllanishiga va
qarorlarni qabul qilinishiga manfaatdor bo‘lishlari mumkin. Shuning uchun, ular
tomonidan aktsiyadorlar irodasiga (ochiqdan-ochiq emas, ko‘proq yashirish tarzda)
qarshilik qilishlarini kutish mumkin, va ular bunday imkoniyatga egadirlar, chunki
umumiy yig‘ilish o‘tkazilishining asosiy shaklu-shamoyilini ular belgilaydilar.
Bozor munosabatlari sharoitida tadbirkor hal etuvchi shaxs rolida bo‘ladi. Korxona
davlat ro‘yxatidan o‘tishi bilan tadbirkorlik faoliyatiga ega bo‘ladi. Bunda alohida
fuqarolar ham, fuqarolar birlashmasi ham tadbirkorlik faoliyati subyekti bo‘lishi
mumkin.
Umuman olganda, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini
himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarini,
ularning faoliyatini tashkil etish va tugatish hamda aktsiyadorlarning huquqini
himoya qilish bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solish hisoblanadi. Qonun 13
ta bo’lim, 118 ta moddadan iborat bo’lib, unda bir necha muhim yo’nalishlar
bo’yicha qoida va normalar o’z aksini topgan. Jumladan, loyihada aksiyadorlik
jamiyatlarining shakllarini, ya’ni ochiq va yopiq aktsiyadorlik jamiyatlarini
chiqarib tashlash ko’zda tutilmoqda, shu bilan birga aktsiyadorlik jamiyatlari
tomonidan chiqariladigan aktsiyalarni ochiq va yopiq obuna yo’li bilan
joylashtirish mumkinligi to’g’risidagi normalar kiritilmoqdaki, bu bilan
aktsiyadorlik jamiyatlaridagi boshqaruv organlarining vakolatlari, huquqlari va
javobgarligi bilan bog’liq normalar belgilab berilgan. Xususan, Kuzatuv
kengashining roli va javobgarligini oshirish maqsadida loyihaga ushbu
kengashning yirik bitimlar tuzish bo’yicha qarorlar qabul qilish, jamiyat ustav
fondini oshirish, ustav fond oshishi munosabati bilan nizomga qo’shimcha va
o’zgartirishlar kiritish, auditorlik tashkilotini tanlash va unga to’lanadigan haq
miqdorini belgilash, jamiyatning ichki nazorat organlari hisobotini tinglashda
huquqlarini kengaytirish me’yorlari kiritilgan. Shuningdek, qonunda yagona
aktsiyadorga ega bo’lgan jamiyatlarda jamiyat ustaviga asosan aktsiyadorlarning
umumiy yig’ilishi vakolatlari kuzatuv kengashiga berilishi mumkinligi belgilangan
va jamiyat ijro organining majburiyatlari hamda huquqlarini aniq belgilash
maqsadida bitimlar tuzishda jamiyat ijro organining vakolatlarini va
majburiyatlarini aniqlashtiruvchi me’yorlar kiritilgan. Shu bilan birga, jamiyat
aktsiyadorlarining umumiy yig’ilishi yoki kuzatuv kengashining qarorlarini
surunkali ravishda bajarmaslik ijro organi bilan tuzilgan shartnomani tugatish
(bekor qilish)ga asos bo’lishi belgilanmoqda. Mazkur norma orqali jamiyatning
kollegial ijroiya organi a’zolari bilan shartnomalarni tuzish tartibi, ya’ni kollegial
ijroiya organi a’zosining funktsional majburiyatlarini bajarishi, shuningdek, uning
kollegial ijroiya organi a’zosi sifatida kelib chiqadigan majburiyatlari va kollegial
ijroiya organining jamiyatga etkazilgan zarar bo’yicha jamiyat va aktsiyadorlar
oldidagi javobgarligi aniqlashtirilmoqda. Bundan tashqari, jamiyat taftish
komissiyasining roli va javobgarligini oshirish maqsadida komissiya a’zolariga
malakaviy talablar o’rnatilishi va bir shaxsning taftish komissiyasi a’zoligiga
ketma-ket ikki martadan ortiq saylanishiga cheklov o’rnatilishi ko’zda tutilgan.
Mazkur qonun loyihasining ahamiyatga molik tomonlaridan yana biri, bu minoritar
aktsiyadorlar
huquqlarini
himoyalash
kafolatlari
haqidagi
normalarning
kiritilayotganidir. Ta’kidlash joizki, aktsiyadorlar umumiy yig’ilishida yirik
aktsiyadorlarning ishtirok etmasligi va buning oqibatida kvorum mavjud
bo’lmasligi oqibatida yig’ilish o’tkazilmasligi holatlari uchramoqda. Bu nafaqat
jamiyatning moliyaxo’jalik faoliyati, balki ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq
korporativ qarorlarni o’z vaqtida qabul qilinmayotganligiga sabab bo’lmoqda.
Aynan shu kabi muammolarni bartaraf etish maqsadida xalqaro tajribalar asosida
qonun loyihasida aktsiyadorlarning yangi chaqirilgan umumiy yig’ilishida ishtirok
etuvchilarni ro’yxatga olish tugagan paytga kelib, jamiyatning joylashtirilgan ovoz
beruvchi aktsiyalarining jami 50 foizdan kam bo’lmagan ovoziga ega bo’lgan
aktsiyadorlar (ularning vakillari) ro’yxatga olingan bo’lsa, bu umumiy yig’ilish
vakolatli hisoblanishi to’g’risidagi me’yor kiritilmoqda. Qonunda aksiyadorlik
jamiyatlari tomonidan fond birjasi saytida jamiyatning ustavi, unga kiritilgan
o’zgartish va qo’shimchalar matnining chop etilishi majburiyligi to’g’risidagi
me’yorning hamda aksiyadorlar va potentsial investorlar uchun aksiyadorlik
jamiyatining faoliyati to’g’risidagi axborotlarning jamiyat tomonidan oshkor
qilishni ko’zda tutuvchi moddalarham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |