Educational materials


-rasm. O’zbekistonda xususiy korxonalarni royxatdan o’tkazish



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/231
Sana21.07.2022
Hajmi4,65 Mb.
#831803
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   231
Bog'liq
Educational materials

17.1-rasm. O’zbekistonda xususiy korxonalarni royxatdan o’tkazish 
xizmatlari ro’yxati 
Xususiy korxonaning ustav fondi bo‘linmasdir va uni mulkdorning o‘zi 
belgilaydi. 
Pul, qimmatli qog‘ozlar, pul bilan baholanadigan boshqa mol-mulk yoki 
mulkiy huquqlar yoxud boshqa shaxsga beriladigan o‘zga huquqlar xususiy 
korxonaning ustav fondiga qo‘shiladigan hissa bo‘lishi mumkin. Mulkdor xususiy 
korxonaning ustav fondiga o‘zi kiritadigan mol-mulkni mustaqil baholaydi. 
Agar xususiy korxonaning ustav fondi shakllantirilayotganda mulkdor o‘z 
oila a’zolarining umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mulki hisoblangan mol-
mulkni korxonaga berayotgan bo‘lsa, ushbu mol-mulkning barcha mulkdorlaridan 
notarial tasdiqlangan rozilik olish talab etiladi. 
Xususiy korxonaning ustav fondini ko‘paytirish va kamaytirish mulkdorning 
qaroriga ko‘ra xususiy korxonaning ustaviga o‘zgartishlar kiritish yo‘li bilan 
amalga oshiriladi. 
Agar ikkinchi moliya yilining va shundan keyingi har bir moliya yilining 
yakunida xususiy korxona sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan kam 
ekanligi ma’lum bo‘lib qolsa, xususiy korxona o‘z ustav fondini o‘zining sof 
aktivlari qiymatidan oshmaydigan miqdorda kamaytirishi shart. 


 
17.2-rasm. O’zbekistonda xususiy korxona xususiyatlari 
Xususiy korxona sof aktivlarining qiymati qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda aniqlanadi. 
Xususiy korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi, 
korxona nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, uning manfaatlarini ifodalaydi, 
xususiy korxonaning pul mablag‘larini hamda boshqa mol-mulkini tasarruf etadi, 
shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, 
banklarda hisobvaraqlar ochadi, shtatlarni tasdiqlaydi, korxonaning barcha 
xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi. 
Xususiy korxona mulkdori quyidagi huquqlarga ega: 
-
xususiy korxona ustaviga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish; 
-
xususiy korxonani qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risida qaror qabul 
qilish; 
-
xususiy korxonaning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan 
keyin qolgan foydasidan o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanish; 
-
xususiy korxonaga tegishli mol-mulkni boshqa shaxsga berish, ijaraga 
berish, garovga qo‘yish, boshqa yuridik shaxslarning ustav fondiga hissa sifatida 
kiritish yoki ushbu mol-mulkni boshqacha usulda tasarruf etish. 
-
Xususiy korxona mulkdori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 
Xususiy korxona mulkdori: 
-
ustav fondini shakllantirishi; 
-
o‘ziga qarashli korxonani yakka boshqarishi shart. 
-
Xususiy korxona mulkdori zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq 
boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 
Xususiy korxona (ish beruvchi) va xususiy korxonaning xodimi o‘rtasidagi 
o‘zaro munosabatlar mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq mehnat 
shartnomasi (kontrakt) bilan tartibga solinadi. 
Xususiy korxona o‘z xodimlariga mehnat haqi, mukofotlar va 
kompensatsiyalar to‘lashning shakllari, tizimi hamda miqdorini qonun hujjatlariga 
muvofiq mustaqil belgilaydi. 
Xususiy korxonada mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlayotgan 
shaxslarning mehnatiga haq to‘lash taraflarning kelishuviga ko‘ra, biroq qonun 
hujjatlarida Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi 
bo‘yicha belgilanganidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi. 


Xususiy korxona o‘z xodimlariga xavfsiz mehnat sharoitlarini, ijtimoiy 
himoya choralarini ta’minlashi shart va ularning hayoti yoki sog‘lig‘iga 
yetkazilgan zarar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. 
Xususiy korxona o‘z xodimlari uchun qonun hujjatlarida belgilanganiga 
nisbatan imtiyozliroq mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni mustaqil 
belgilashga haqli. 
Xususiy korxonaning mol-mulki natsionalizatsiya qilinmaydi, qonunda 
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 
Xususiy 
korxonaning 
mol-mulki 
rekvizitsiya 
qilinmaydi, 
xususiy 
korxonaning mulkdoriga rekvizitsiya qilinayotgan mol-mulkning bozor qiymatiga 
muqobil kompensatsiyasi to‘lanadigan tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, 
epizootiyalar va favqulodda tusdagi boshqa holatlar bundan mustasno. 
Xususiy korxona qonun hujjatlariga muvofiq har qanday faoliyat turlarini 
amalga oshiradi. 
Xususiy korxona bitimlar tuzishda erkindir. 
Xususiy korxonalarga tadbirkorlik subyektlari uchun qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan imtiyozlar, preferensiyalar va kafolatlar tatbiq etiladi. 
Xususiy korxonalar o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida 
qonunga muvofiq assotsiatsiyalarga (uyushmalarga) va boshqa birlashmalarga 
birlashishlari mumkin. 
Xususiy korxona mulkdori xususiy korxonani mol-mulk majmuasi sifatida 
sotishga, hadya qilishga, vasiyat qilib qoldirishga yoki uni o‘zgacha usulda boshqa 
shaxsga o‘tkazishga haqli. 
Xususiy korxona boshqa shaxsga berilgan taqdirda o‘zining firma nomidan, 
tovar belgilaridan, xizmat ko‘rsatish belgilaridan hamda mazkur xususiy korxona 
va uning mahsulotini, u bajarayotgan ishlarni yoki ko‘rsatayotgan xizmatlarni 
individuallashtiruvchi o‘zga vositalardan foydalanish huquqlari, agar qonun 
hujjatlarida yoxud shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, yangi 
mulkdorga o‘tadi. 
Xususiy korxona uning mulkdorining yoki qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda sudning qaroriga ko‘ra qayta tashkil etilishi mumkin. 
Xususiy korxona uning mulkdorining yoki sudning yoxud ro‘yxatdan 
o‘tkazuvchi organning qaroriga ko‘ra tugatilishi mumkin. 
Xususiy korxonalarning tuzilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va 
tugatilishi sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 
Xususiy korxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar 
belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. 


Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish