Kichik biznes – rejasida raqam amallari ustunlik qilishi mumkin, kengaytirilgan
biznes – rejada esa olingan va olinadigan ko’rsatkichlar tahlilida og’zaki
yondashishga ko’proq e’tibor qaratiladi.
Korxonani rahbari yoki menedjeri biznes – rejani ishlab chiqarishning aniq
sxemasi, uning tartibi va bayoni, xajmi, axborot ustunligini tanlashda quyidagi
omillarga alohida etibor berishi kerak bo’ladi:
- korxona statusi va katta - kichikligi (kichik biznes);
- rejalashtirish faoliyatining bosqichlari (biznes boshlanishi, ya’ni, yangi
ishlab turgan korxona faoliyatining davomi);
- rejaning maqsadli yo’nalishi (asosan ichki ishlarga yoki qarz va sarmoya
olishga);
- biznes xususiyati va qiyinchiligi, xuddi shunday u yoki bu masalalarni
ishlab chiqishdagi iborasi;
- kerakli ma’lumot va axborotni borligi;
- boshqa mutaxassislarning yordamiga muhtojligi va boshqalar;
2. Investitsiyalash fazasi.
Bu fazada investorlarga investitsiyalsh hajmi va
muddatlarini aniqlash imkonini beruvchi strategik rejali qarorlarni, shuningdek,
loyihani moliyalashtirishning optimal rejasini ishlab chiqish amalga oshiriladi
(loyihalashtirish, pudrat asosida qurilish-montaj ishlarini olib borish uchun
shartnomalar imzolash va qurilish-montaj ishlarini olib borish, kapital
qo’yilmalarni amalga oshirish).
Loyihani investitsiyalash bosqichida bajariladigan ishlarni 16.5-rasm orqali
ifodalash mumkin.
3. Ishlab chiqarish (operatsion) fazasi.
Korxona xo’jalik faoliyatining
yuritilishi. Bunda xom ashyo va materiallar sotib olish, ishlab chiqarishni amalga
oshirish, mahsulotni bozorga olib chiqish, marketing izlanishlarini olib borish,
raqobatchi, iste’molchilar tarkibi va munosabatlarining o’zgarishi omillarini
o’rganish, yangi bozorlarni kashf etish, reklama vositalarini kuchaytirish tadbirlari
kabilar amalga oshiriladi (yangi mahsulot, to’lov qobiliyati, sifat va baho
o’zgarishi, korxona imidji, korxona mahsulotlari qalbakiligi to’g’risida axborot).
Bu fazada hamkorlar bilan bevosita va o’zaro hisoblashish amaliyoti yuz
beradi va shunga bog’liq holda ishlab chiqarish tashkil etiladi va uning natijalariga
ta’sir ko’rsatiladi (jumladan, mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar, xaridorlar,
vositachilar, davlat, ta’sischilar, tijorat banki, sug’urta kompaniyasi va shu kabilar
bilan). Buning oqibatida mazkur investitsiya loyihasining moliyaviy va iqtisodiy
samaradorligini baholash imkonini beruvchi pul oqimi va uning harakati yuzaga
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: