Educational materials


-rasm. Investitsion jarayon



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/231
Sana21.07.2022
Hajmi4,65 Mb.
#831803
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   231
Bog'liq
Educational materials

16.1-rasm. Investitsion jarayon
21
 
21
Muallif tomonidan tuzildi. 
Resurslarni 
jamg’arish 
Investitsiya qo’yish 
(xarajatlar) 
Resurslarning
kapitallashuvi 
yoki mahsulot 
ishlab chiqarish 
Foyda (daromad) 
olish yoki ijtimoiy 
samaraga erishish 
Investitsion jarayon 


Investitsiya jarayoni tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlarini tashkil etish 
uchun mol-mulklarning kapitallashuvini ta’minlash maqsadida investorlarning 
resurslarni jamg’arish va ularni turli shaklda qo’yish bilan bog’liq harakatlari 
yig’indisi, deb tushunilishi kerak. Bu jarayon jamg’arish (resurslar) – investitsiya 
qo’yish (xarajatlar) – mol-mulk kapitallashuvi – iqtisodiy yoki ijtimoiy samara 
ketma-ketligidan iborat bo’ladi. Albatta, bu holatda pul shaklida qo’yilgan 
investitsiyalar mol-mulk kapitallashuvini anglatmaydiku?, degan savol tug’ilishi 
mumkin. Shuni alohida qayd qilish lozimki, investitsiya jarayonining natijasida pul 
mablag’lari, oxir-oqibatda, kapital mol-mulklarning kapitallashuviga olib keladi. 
Chunki, investitsiya qo’yishdan maqsad daromad olish ekan, faqatgina mol-
mulklarning kapitallashuvigina daromad olish uchun sharoit yaratadi. Shuning 
uchun ham pul mablag’lari, aktsiya, obligatsiya va boshqa moliyaviy shaklda 
investitsiya qilishdan maqsad mol-mulklarning kapitallashuvini ta’minlash, ularni 
yangilash va zamonaviylashtirishdan iborat. 
Umumlashtiradigan bo’lsak, resurslar, ularni qo’yish va bu jarayon 
natijasida foyda (daromad) olish bir-biri bilan uzviy bog’langan bo’lib, investitsiya 
qilishdan oldin resurslar jamg’ariladi, so’ng ular foyda (daromad) yoki ijtimoiy 
samara olish maqsadida iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga joylashtiriladi. 
Resurslarsiz qo’yish jarayoni bo’lmaydi, resurslar qo’yilmas ekan foyda (daromad) 
yoki ijtimoiy samara olish ham mumkin emas va shuningdek, resurslar qanday 
turda bo’lishidan qat’iy nazar ularning manbai daromaddir. 
Demak, 
yuqorida 
aytib 
o’tilganidek, resurslar 
(jamg’arish) 
– 
investitsiyalashning bosh nuqtasidir. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, shakllaridan 
qat’iy nazar investitsiyalar kapitalni (resurslarni) jamg’arish jarayonining natijasi 
hisoblanadi. Jamg’arish investitsiya qo’yishning asosi bo’lib, u qo’yiladigan 
investitsiyalarning hajmini ham belgilab beradi. 
Fikrimizcha, investitsiya faoliyatida investitsiyalarning ketma-ketligi va 
ularning o’zgaruvchanligi, ya’ni resurslar (qiymatliklar) – qo’yish (xarajatlar) va 
investitsiya natijasida samara (foyda, daromad) olish yotishi kerak. Agar samara 
olinmasa investitsiyalashga rag’bat ham bo’lmaydi.
Investitsiyalashning bosh bosqichlari quyidagilar bo’ladi: resurslarni kapital 
qo’yilmalarga aylantirish (resurslarning kapitallashuvi), ya’ni bunda investitsiyalar 
investitsiya faoliyatining aniq obyektlariga transformatsiyasi jarayoni yuz beradi; 
qo’yilgan mablag’larning kapital qiymati o’sishiga aylanishi (ekspluatatsiyaga 
berilgan obyektlar va ishlab chiqarish quvvatlari shaklida); kapital qiymatining 
daromad (foyda) shaklida o’sishi, ya’ni investitsiyalashning oxirgi (so’nggi) 
maqsadi amalga oshiriladi. 
Shunday qilib, investitsiyalarning bosh va oxirgi nuqtalari tutashadi. Bunda 
yana ketma-ketlik, bir-biri bilan yangi aloqa shakllanib: daromad (foyda) – 
resurslar – oxirgi natija, ya’ni jamg’arish jarayoni takrorlanadi. Demak, 
investitsiya faoliyatining mohiyatini tushunishda jamg’arish (resurslar), 
investitsiya qo’yish va ularning kapitallashuvi jarayonlarini ham birga olib qarash 
lozim. 


Investitsiya 
faoliyati 
investitsiyalash 
va 
investitsiyalarni, 
mulkni 
ko’paytirishning asosi hisoblanadi, chunki aynan ana shu faoliyatda investitsiya bir 
ko’rinishdan ikkinchi ko’rinishga o’tadi, ya’ni jamg’armalar (resurslar), 
qo’yilmalar (xarajatlar), kapital mulk (tayyor mahsulot), iqtisodiy yoki ijtimoiy 
samara (daromad, foyda) va kapitalni o’stirish (jamg’arma) shaklini oladi.
Investitsiya jarayoni bilan investitsiya faoliyatining farqi shundaki, 
investitsion jarayon maqsadli, maqsadli harakatni namoyon etmaydi, balki, 
umumiy hatti-harakatlarni ifoda etadi va mujassamlashtiradi. Investitsiya faoliyati 
aniq maqsadga asoslangan bo’lib, maqsadlarning turlariga qarab, turlicha 
yo’nalish, xususiyat, natija va samaraga ega bo’ladi. Investitsiya faoliyati biznes-
g’oyalarni yaratish, ishlab chiqish, ular asosida investitsiya loyihalarini asoslash, 
investitsiya loyihalarini amalga oshirishning moddiy-texnik, moliyaviy va boshqa 
asoslarini aniqlash va ta’minlash va shuning asosida investor xarajatlari qoplanishi, 
mulkning yanada ko’payshiga erishish hamda bu jarayonda ma’lum subyektlar 
ishtirokini ta’minlash harakatlari va imkoniyatlarini aks ettiradi. Shu jihatdan 
investitsiya faoliyati investitsiya jarayoniga nisbatan kengroq tushuncha 
hisoblanadi. 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish