jarayoniga investorlarning resurslarni jamg’arish va ularni qo’yish bilan bog’liq
harakatlari majmuasi, deb qarashga asos bo’ladi.
Investitsiyalarning g’oyat bir muhim tomoni shundaki, ular multiplikatsion
samaraga (hodisaga) sababchi bo’ladi. Keynschilik multiplikator kontseptsiyasiga
ko’ra, investitsiya, iste’mol va milliy daromad o’rtasida barqaror bog’liqlik mavjud
– investitsiyaga qilingan har bir xarajat boshlang’ich daromadlarga aylanadi, bu
daromadlar yana xarajat qilinadi va yana boshqalarning daromadlariga aylanadi va
jarayon shu tarzda davom etadi, bu, o’z navbatida, bandlik va ishlab chiqarish
hajmining o’sishini ta’minlab beradi.
Bir vaqtning o’zida multiplikatsion jarayon investitsiya resurslarini
harakatga keltirib, ishlab chiqarish faolligini kengaytiradi, ilgariga qaraganda
ko’proq mahsulot, daromad yaratiladi. Ular yana qaytadan iste’mol qilinadi va
investitsiyaga ajratiladi. Shunday tarzda ilgariga qaraganda ko’proq daromadning
investitsiyaga aylanishi ishlab chiqarishning uzluksiz kengayib borishini
ta’minlaydi. Bunda investitsiya beradigan daromad bank foizidan kam bo’lmasligi
zarur, aks holda, pulni investitsiya qilgandan ko’ra jamg’arish qulay bo’ladi.
Investitsiya qilib olingan daromad darajasini ifodalash uchun multiplikator
koeffitsienti ko’rsatkichi qo’llaniladi. Mazkur ko’rsatkich daromad o’sishi bilan
investitsiya o’sishi o’rtasidagi bog’lanishni ifodalaydi, ya’ni investitsiya evaziga
olingan daromad pasaysa, investitsiya faolligi ham susayadi.
Daromad o’sishining investitsiyaga ta’sir doirasini ko’rsatish maqsadida
iqtisodchilar akselerator tushunchasini kiritishgan. Akselerator – investitsiyalar
o’sishining milliy daromadga nisbatini ifodalovchi koeffitsient bo’lib, u joriy
yildagi investitsiya o’sishining o’tgan yilgi milliy daromad o’sishiga nisbati tarzida
aniqlanadi. U daromadning o’sishining investitsiya o’sishiga ta’sirini ko’rsatadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, investitsiya jarayonining mohiyatini
yoritganda uni jamg’arish (resurlar), qo’yish (xarajatlar) va foyda (daromad)
olishdan iborat dinamik jarayonda olib qarash lozim. Investitsiya jarayonining
asosida investitsiyadagi ketma-ketlik, ya’ni resurslar (jamg’arish) – investitsiya
qo’yish (xarajatlar) – foyda (daromad) olish yoki ijtimoiy samaraga erishi ketma-
ketligi yotishi kerak (13-rasm). Ammo, bu yerda shu narsani e’tiborga olish
lozimki, daromad investitsiya jarayonida emas, balki ishlab chiqarish jarayonida
yaratiladi. Yaratilgan daromadning bir qismi iste’mol qilinadi, qolgani
jamg’ariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: