Tayyorlagan mustaqil ish. Mavzu: tarixiy shaharlar



Download 455,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana20.07.2022
Hajmi455,4 Kb.
#830116
1   2   3
Bog'liq
samarqand

 LexUZ sharhi 
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-
sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini 
qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini 
yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
Farmoniga 
asosan o‘z kuchini 
yo‘qotgan. 
Qadimiy va boy tarixi, betakror madaniyati, buyuk siymolari bilan jahon 
sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan, milliy davlatchiligimiz va 
ma’naviyatimizning ko‘hna beshiklaridan biri bo‘lgan, noyob tarixiy-me’moriy 
obidalar, muqaddas qadamjolarni o‘z bag‘rida asrab-avaylab kelayotgan 
Samarqand shahrining 2750 yillik qutlug‘ sanasini 2007-yilda Mustaqillik 
umumxalq bayrami bilan bog‘liq tantanalar kunlarida keng miqyosda nishonlash 
hamda yurtdoshlarimiz, xususan, yosh avlodni milliy g‘urur va iftixor, Vatanga 
muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida: 
1. YUNESKO Bosh konferensiyasining 2005-yil 20-oktabrdagi 33-
sessiyasida Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlash va unda 
YUNESKOning ishtirok etishi haqidagi qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin. 
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat va sport ishlari 
vazirligi, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, Samarqand viloyati 


hokimligi hamda keng jamoatchilikning Samarqand shahrining 2750 yilligini 
nishonlash haqidagi taklifi ma’qullansin. 
2. Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish 
va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasi tarkibi, tadbirlar dasturi 1 
va 2-ilovaga
*
 muvofiq tasdiqlansin. 
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Samarqand 
viloyati hokimligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2006-
2007-yillarda Samarqand shahridagi tarixiy obidalarni ta’mirlash, ijtimoiy hamda 
kommunal sohasida xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish va obodonlashtirishga doir 
tadbirlar dasturini 3-ilovaga
*
 muvofiq amalga oshirsin. 
4. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Samarqand davlat universiteti, 
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi tegishli 
vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Samarqand shahrida 2007-yil may oyida 
“Samarqand shahrining umumbashariy madaniy taraqqiyot tarixida tutgan o‘rni” 
mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya tashkil etish, mazkur anjuman ishiga 
mamlakatimiz va chet ellardagi taniqli olim va mutaxassislarni jalb etgan holda, 
uni har tomonlama yuksak saviyada o‘tkazish, shu mavzu bilan bog‘liq badiiy-
tarixiy ko‘rgazmalar uyushtirish, konferensiya materiallarini chop etish va keng 
yoritish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin. 
Belgilab qo‘yilsinki, xalqaro ilmiy konferensiyani o‘tkazish bilan bog‘liq 
xarajatlar respublika budjeti hisobidan qoplanadi. 
5. Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish 
va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasi yilning har choragida 
o‘tkaziladigan majlislarida tadbirlar dasturining ijrosini ta’minlash to‘g‘risida 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berib borsin. 
6. Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlashga doir tadbirlar dasturini 
amalga oshirishda homiy sifatida qatnashish istagini bildirgan nodavlat va jamoat 
tashkilotlari, xorijiy va xalqaro tuzilmalarning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlansin. 


7. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot 
agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Samarqand shahrining 2750 
yilligiga bag‘ishlangan yubiley tantanalariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni 
o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin. 
8. Belgilab qo‘yilsinki, Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlashga 
tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tadbirlari hamda 2006-2007-yillarda tarixiy 
obidalarni ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq barcha xarajatlar ushbu tadbirlarni 
bajarishga mas’ul vazirliklar, hokimliklar va idoralarning 2006-yilda shu 
maqsadlar uchun ko‘zda tutilgan, shuningdek, 2007-yildagi budjet parametrlarida 
rejalashtirilgan mablag‘lari doirasida va homiylar mablag‘lari hisobidan amalga 
oshiriladi. 
9. Mazkur Qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston 
Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. 
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV 
Toshkent sh., 
2006-yil 25-iyul, 
18 oktyabr - Samarqand shahri kuni
Azaldan insoniyat tamadduni, jamiyat taraqqiyotida shaharlar hamisha alohida 
o`rin tutgani yaxshi ma`lum. Shu paytga qadar er yuzida qanchadan-qancha 
shaharlar vujudga kelgani, ularning qanchasi tarixning suronli voqealari, turli tabiiy 
ofatlar natijasida yo`q bo`lib ketgani ham ayon haqiqat.
Bu dunyodaning shaharlari ko`p... 
Ma`lumotlarga ko`ra, bugungi kunda sayyoramizda ellik mingdan ortiq 
shahar mavjud. Biroq, ular orasida ikki ming yildan ziyod tarixga ega bo`lganlari 
barmoq bilan sanarlidir. Shu bois ham ona diyorimizda tarixi ming yillar bilan 
bo`ylashadigan shaharlarning ko`pligi barchamizga g`urur va iftixor bag`ishlaydi.


Mustaqillik yillarida tarixiy qadriyatlarimizni qayta tiklash, ulug` 
ajdodlarimiz yaratib qoldirgan boy ma`naviy merosni chuqur o`rganish va keng 
targ`ib etish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Buxoro, Xiva, Termiz, 
Shahrisabz, Qarshi, Marg`ilon shaharlarining yubileylari xalqaro miqyosda 
nishonlandi. Jumladan 2007 yilda Samarqand shahrining 2750 yilligi keng 
miqyosda bayram qilindi.
Qadim Sharqda mashhur bo`lgan “Samarqand sayqali ro`yi zamin ast” 
misrasi o`tgan asrlarda qanchalik buyuk va haqqoniy mazmun kasb etgan bo`lsa, 
bu haqiqat, bugun ham, ertaga ham o`z mohiyatini yo`qotmasligi muqarrar.
“Samarqandcha latif shahar kamrakdur” 
Buyuk mutafakkir shoir, nazm mulkining sultoni bo`lmish Alisher 
Navoiydek buyuk zotlarni kamol topishida ham Samarqand beqiyos o`rin tutgan 
edi. Shu bois ul zot “Saddi Iskandariy” dostonida bu shaharni “Samarqandi 
firdavsmonand” ya`ni “jannat bog`lariga monand shahar” deya ta`riflagan, 
“Majolisun-nafois” tazkirasida o`nlab samarqandlik shoirlar ijodiga munosib baho 
berib o`tganlar.
Mirzo Bobur “Boburnoma”da unga “Rub`i maskunda Samarqandcha latif shahar 
kamrakdur” deya baho bergan. Ulug` ajdodlarimizning bunday e`tiroflari bejiz 
emas, albatta. Ishonchli tarixiy manbalar, uzoq yillardan beri olib borilayotgan 
tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar, asrlar bo`yi tildan-tilga o`tib kelayotgan rivoyatlar 
ham Samarqandning naqadar qadimiy, uzoq o`tmishga ega ekanini isbotlaydi.
Tarixchi olimlarning shahodat berishicha, Samarqand to`g`risidagi dastlabki 
ma`lumotlar Markaziy Osiyo xalqlarining mushtarak yodgorligi - “Avesto”da 
uchraydi. Unda Zarafshon vohasi“Sug`ud” va “Sug`uda Gava” nomlari bilan tilga 
olinadi. Mutaxasisslarning fikricha, “Sug`uda Gava” tushunchasi vohaning aholi 
dehqonchilik bilan shug`ullanadigan qismiga nisbatan, “Sug`ud” atamasi 
uning poytaxtiga nisbatan ishlatilgan. 


Bu shahar ilk bor yunon tarixchisi Arrian solnomalarida “Marakanda” nomi 
bilan atalgan. Milodiy 340-345 yillarda bitilgan “Iskandar safarnomasi” kitobida 
shahar Sug`diyonaning poytaxti Marakunda tarzida zikr etilgan. 
Nega aynan Samarqand? 
Samarqand nomining kelib chiqishi yuzasidan olim va mutaxassislar turli 
taxminlarni ilgari suradilar. Bu borada tarixiy faktlarni ham, afsona va rivoyatlarni 
ham ko`plab keltirish mumkin. Ularning ayrimlarini ko`rib chiqaylik.
Mashhur tarixchi olim Abu Tohirxo`ja o`zining “Samariya” asarida bu 
xususda bir qancha misollarni ketirib o`tadi. Naql qilishlaricha, bir paytlar shu erda 
Samar ismli bir kishi yashab o`tgan. U o`z atrofiga ko`pgina odamlarni to`plagan 
va kent (turkiy tilda shahar, qishloq ma`nosida) barpo etgan. Shu bois dastlab bu 
erni “Samarkent” ya`ni “Samar qurgan shahar” deb nomlashgan. Keyinchalik bu 
hududni fath etgan arablar uning nomini o`z tillariga moslab “Samarqand” deb 
ataganlar.
“Tarixi Tabariy”da keltirilishicha, bu shaharni Samar otlig` bir xon bino qilgan 
(tiklagan). Eng avval bu shaharga turkiylarning Qand urug`i kelib o`rnashgan. 
Keyinchalik bu shahar obod bo`lib, Samarqand nomini olgan ekan. 
Samarqand nomi ko`pgina tarixiy manbalarda “Semizkent” shaklida 
uchraydi.Buyuk
allomalarimiz 
Abu 
Rayhon 
Beruniy 
va 
Mahmud 
Qoshg`ariy asarlarida yozilishicha, bu so`z qadimgi turkiy tildaboy, hosildor
serunum shahar ma`nosini anglatadi. Bu fikr bir qator xitoy, arman tarixchilarining 
asarlarida, Amir Temur davrida Samarqandga tashrif buyurgan ispan sayyohi Don 
Ryui Gonzales deKlavixo kundaliklarida, shuningdek, "Boburnoma"da ham ifoda 
etilgan.
Samarqandning yoshi nechada?


Shu paytga qadar Samarqandning yoshi bilan bog`liq turlicha qarashlar ham 
mavjud edi. Bu boradagi savollarga mustaqillik yillarida fransuz arxeologlari bilan 
hamkorlikda Afrosiyob tepaliklarida olib borilgan tadqiqotlar natijasida aniqjavob 
olindi. 
Afrosiyobning eng quyi madaniy qatlamlaridan topilgan miloddan avvalgi 
IX-VIII asrlarga oid ashyolar - sopol idishlarning parchalari va qadimiy mudofaa 
devorining qoldiqlari Fransiya ilmiy-tadqiqotlar milliy markazida o`rganilganda, 
Afrosiyob, demakki, Samaroqandning yoshi 27 asrdan ko`proq ekani ma`lum 
bo`ldi. Shu tariqa YuNESKO Bosh konferensiyasining 2005 yil 20 oktyabrdagi 33-
sessiyasida Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlash haqidagi qaror qabul 
qilindi.
Sohibqironning muazzam poytaxti 
Samarqand o`z tarixi davomida ne-ne hukmdorlarni, xon va amirlarni 
ko`rmadi. Eron shohi Dorodan to Arab sarkardasi Qutaybaga qadar, Qonxo`r 
Chingizdan to general Abramovgacha bo`lgan qanchadan qancha fotih va 
sarkardalar bu azim shaharni er bilan yakson etmoq qasdida suron solib kelgan 
edilar. Tarixning donishmandligini ko`ringki, ularning o`zi allaqachonlar tuproqqa 
qorildi. Samarqand esa hanuz barhayot, hamon navqiron. Shaharni mahv etishga 
chog`langan kaslardan nishona qolmadi. Ammo, Samarqand asrlar, ming yillar 
osha yashab kelayotir.
Mo`g`ul istilosidan so`ng Samarqandning qaytadan qad rostlashiga, tom 
ma`noda Sharqning eng benazir kentiga aylanishida ulug` bobokalonimiz Amir 
Temurning buyuk hissaalarini e`tirof etmoq joizdir. Zero, Samarqand va Amir 
Temur nomlari hamisha xalqimizning iftixori, cheksiz faxru g`urar timsoli bo`la 
oladi.
Sohibqiron Amir Temur davrida bu shaharda keng miqyosda bunyodkorlik 
ishlari amalga oshirildi, Samarqand nafaqat buyuk saltanatning poytaxti, balki 


chin ma`noda er yuzining sayqaliga, ilm-fan, san`at va madaniyat markaziga 
aylandi, rivojlandi. Temur va Temuriylar hukmronligi paytida bu erda Shohi Zinda 
majmuasi, Go`ri Amir maqbarasi, Bibixonim masjidi va boshqa o`nlab bebaho 
tarixiy yodgorliklar, madrasa va karvonsaroylar, hammom va ko`priklar qad 
rostladi. Go`zal bog`-rog`lar yaratildi.
Ozod yurtning bebaho javohiri
Bugungi kunda shahar yanada ko`rkam, go`zal va betakror qiyofa kasb etib 
bormoqda. Har yili ko`plab zamonaviy inshootlar barpo etilmoqda. Ajdodlarimiz 
yaratib qoldirgan bebaho obidalar qayta ta`mirlanmoqda.
Xususan, 1996 yilda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi 
munosabati bilan Samarqanddakeng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Amir Temur 
saltanati 
poytaxtida 
Sohibqironning 
muazzam, 
salobatli 
haykali 
qad 
rostladi. Mazkur qutlug` sana arafasida Samarqand shahrini Amir Temur ordeni 
bilan mukofotlangan edi. Shu kundan boshlab, 18 oktyabr yurtimizda Samarqand 
shahri kuni sifatida nishonlab kelinadi.
Imom al-Moturudiy, Xoja Ahror Vali maqbaralari, Shohi Zinda yodgorlik 
majmuasi singari muqaddas qadamjolarning obod qilinishi, Registon maydoni va 
uning atrofidagi bunyodkorlik ishlari, umuman shaharning tarix va zamonaviylik 
uyg`unlashgan bugungi ko`rinishi zamirida Vatanimiz o`tmishiga, buyuk 
ajdodlarimiz dahosiga hurmat-ehtirom mujassamdir. 
Dunyoning iftixoriga munosib shahar 
Ko`hna va hamisha navqiron Samarqandning 2750 yilligi arafasida ham keng 
ko`lamdagi bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Shohizinda majmuasidan 
Bibixonim maqbarasigacha bo`lgan hududda muhtasham xiyobon barpo etildi. 
Siyob dehqon bozorida jahon talablari darajasida ta`mirlash ishlari amalga 
oshirildi, zamonaviy savdo maskanlari ishga tushirildi. Oqsaroy va 
Saroymulkxonim maqbaralari, Tillakori madrasasi qayta ta`mirlandi. Shahar atrofi 


va ichki yo`nalishlarda yangi yo`llar qurildi. Ruhobod maydoniga tutash 
hududda yangi bog` – go`zal xiyobon barpo etildi. 
Ma`lumki, 1997 yildan buyon har ikki yilda bir marotaba YuNESKO 
ishtirokida Samarqand shahrida an`anaviy “Sharq taronalari” xalqaro musiqa 
festivali o`tkazib kelinmoqda. Mazkur nufuzli anjuman xalqaro miqyosdagi 
madaniy aloqalarni rivojlantirish, xalqimizning boy musiqa san`atini keng targ`ib 
etish barobarida ko`hna Samarqand dovrug`ini yanada oshirishda muhim ahamiyat 
kasb etmoqda.
Samarqand har doim xorijiy sayyohlarni o`ziga maftun etib, hayratda 
qoldirib kelgan. Shaharning obod ko`chalarini, bog` va xiyobonlarini kezib, tarixiy 
obidalarini ziyorat qilar ekansiz, nafaqat yurtimizning turli go`shalaridan, balki, 
jahonning ko`plab mamlakatlaridan tashrif buyurgan sayohatchilarni uchratasiz.
Bugun qadimiy Afrosiyob tepaliklari, gumbazlari tonggi quyosh nurida yal-
yal tovlanayotgan obidalar, buyuk allomalar mangu orom topgan, bugungi 
avlodlari bunyodkorlik shavqi, ezgu niyat va maqsadlar ila yashayotgan bu azim 
shahar o`zining yana bir munavvar tongini qarshi olmoqda... 
1996-yil 18-oktyabr kuni Amir Temur bobomizning 660-yillik yubileyida 
Samarqand shahri “Amir Temur” ordeni bilan taqdirlangan va 18-oktyabr 
Samarqand shahar kuni deb belgilangan edi. Shundan buyon mana qariyb chorak 
asrdirki ushbu kun viloyatda keng nishonlanib kelinadi. 
Olamga yuz tutgan, kelajakka boʻy choʻzgan Samarqand bugun ham bayram 
ogʻushida. Aytish joizki, bu yilgi bayramga har yilgidanda oʻzgacha tayyorgarlik 
koʻrildi. Samarqand shahar kuni bilan bogʻliq tadbirlarning koʻlami keng va rang-
barang. “Oʻtmishi sharafli, buguni saodatli, kelajagi abadiy shahar” shior ostida 
oʻtkazilayotgan bayram tadbirlari viloyat va shahar hokimligi tomonidan tuzilgan 
dastur asosida xalq sayli sifatida tashkil etildi. 


Erta tongdan karnay-surnay sadolari yangrab barchani bayramga chorladi. Asosiy 
tadbirlar ekomarafon bilan boshlandi. “Biz kelajak uchun javobgarmiz!” shiori 
ostida oʻtkazilgan ushbu “ARAL MARATHON” xalqaro ekologik marafonda 7 
yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan minglab fuqarolar ishtirok etishdi. 
Viloyat jamoatchiligi vakillari Sohibqiron Amir Temur maqbarasini ziyorat 
qildilar. Bu yerda oʻtgan buyuk ajdodlarimiz ruhiga bagʻishlab Qurʼon tilovat 
qilindi. Shundan soʻng viloyat va shahar hokimliklari, korxona va tashkilotlar, 
taʼlim muassasalari hamda keng jamoatchilik vakillari tomonidan Sohibqiron Amir 
Temur haykali poyiga gul qoʻyish marosimi oʻtkazildi. 
Ayni paytda Samarqand shahri kuni tadbirlari doirasida shahardagi 7 ta maskan – 
Kimyogarlar qoʻrgʻoni, Farhod va Soʻlim shaharchalarida, Registon maydoni, 
Islom Karimov koʻchasi hamda Alisher Navoiy, “Yoshlik” nomli madaniyat va 
istirohat bogʻlari, Hamid Olimjon nomidagi viloyat musiqali drama teatri oldidagi 
maydon va boshqa joylarda ommaviy xalq sayillari, madaniy-maʼrifiy tadbirlar, 
tanlovlar va taniqli sanʼatkorlar ishtirokida konsert dasturlari davom etmoqda. 
Yangrayotgan diltortar taronalar, jajji isteʼdod sohib va sohibalari tomonidan ijro 
etilayotgan shoʻx-shoʻx raqslar barchaning qalbiga quvonch ulashmoqda. Kishilar 
yuzida 
tabassum, 
qalblarda 
shukronalik. 
Bayram 
sayillaridagi yoshu-
qarining koʻrinishidan buni payqash qiyin emas. 
- Samarqand shahri kuni munosabati bilan bizning Kimyogarlar qoʻrgʻonida ham 
xalq sayli, bayram tadbirlari oʻtkazilayotganidan xursandmiz. Bunday tadbirlar 
odatda shahar markazidagi istirohat bogʻlarida oʻtkazilar edi. Endilikda bizning 
Kimyogarlar qoʻrgʻonimiz ham obod boʻlib, aholi uchun barcha qulayliklar 
yaratilib, mana shunday goʻzal tadbirlar oʻtkaziladigan ajoyib maskanga aylandi, - 
deydi Gulshod Sharipova. – Bugungi kunda Kimyogarlar qoʻrgʻonida yashovchi 
barcha fuqarolar bu yerda olib borilgan bunyodkorlik, obodonchilik ishlaridan juda 
mamnun. Ana shunday obod maskanga mana bunday bayramlar yarashadi. 


Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bogʻida oʻtkazilayotgan sayilda 
tayyorlangan osh ham dasturxonlarga tortildi. - 150 kilogrammlik osh damladik, - 
deydi oshpaz Abdumannon Nusratov. - Unga 150 kilogrammdan guruch va sabzi, 
100 kilogramm goʻsht, 30 litr yogʻ va boshqa mahsulotlar solindi. Sayil oshini 1500 
kishiga tarqatishni niyat qilganmiz. 
Bayram tadbirlari doirasida Alisher Navoiy koʻchasida “Tabiat saxovati” 
yarmarkasi ham boʻlib oʻtayapti. Unda viloyatda yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi 
mahsulotlari va qayta ishlangan isteʼmol mollari xalqimizga tortiq qilinmoqda. 
Mazkur yarmarka 20-oktyabrga qadar davom etadi. 
- Bugun erta tongda poyezdda Ellik qalʼadan Samarqandga keldim. Koʻhna kent 
tonggida sayr qildim. Obodonchilik, qurilish va ozodalikka havas qildim. Keyin 
shahar kuni munosabati bilan Amir Temur maqbarasidagi xatmi Qurʼonda, 
Sohibqiron haykali poyiga gul qoʻyish marosimida ishtirok etdim, - deydi 
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Yangiboy Qoʻchqorov. - 
Mana endi xalq sayllaridagi madaniy-maʼrifiy tadbirlar, tanlovlar, bazmlarda 
qatnashyapman. Bayramdan olgan bir olam taassurotlardan ilhomlanib, 
Samarqandga, samarqandliklarga ehtiromimni qogʻozga tushirdim. Yangi yozgan 
sheʼrimni bayram ishtirokchilariga havola qilganimdan mamnunman. 
Samarqand shahar kuni bilan bogʻliq bayram tadbirlari davom etmoqda. 
Sohibqiron Amir Temur 1370-yilda Samarqandni oʻz davlati poytaxti qilib 
tanlagach, bu yerda bir-biridan goʻzal, betakror obidalar — koʻrkam jome masjidi, 
Koʻksaroy, Boʻstonsaroy, Shohizinda kabi inshootlarni bunyod ettirdi va atrofida 
12 bogʻ-saroyni yaratdi. Shu tariqa Samarqand betakror sharqona qiyofasi, boy 
tarixi, har qanday odamni hayratga soladigan noyob obidalari bilan 
sayyoramizning turli oʻlkalarida afsonaviy shahar sifatida shuhrat qozondi. Shu 
bois bundan 23 yil muqaddam aynan sohibqironning 660-yillik yubileyida “18-
oktyabr — Samarqand shahri kuni” deb belgilangan edi. 


Istiqlol yillarida kentdagi tarixiy inshootlar rekonstruksiya qilinib, atrofi 
obodonlashtirildi, bir qancha bogʻlar va favvoralar qurildi, yoʻlaklar kengaytirilib, 
sayyohlar uchun qulay shart-sharoit yaratildi. 
Bu xayrli ishlar bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida tizimli 
ravishda davom ettirilmoqda. 
Xususan, Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali boʻyida turistik markaz 
qurilishi boshlandi. Majmua uchun 360 gektar yer ajratilib, uning 80 gektarida 
anjumanlar markazi, 5, 4 va 3 yulduzli mehmonxonalar va boshqa obyektlar 
qurilishi moʻljallangan. 
Davlatimiz rahbari viloyatga tashrifi chogʻida Samarqand xalqaro aeroportini 
zamon talablariga mos darajada rekons-truksiya qilish, xizmat koʻrsatish va servis 
sohasini rivojlantirish, qolaversa, sayyohlar oqimini koʻpaytirish uchun yangi 
loyihalarni ishlab chiqish boʻyicha topshiriq bergan edi. Shu asosda ishlab 
chiqilgan rejaga binoan, 2019-2020-yillarda yangi terminal quriladi, uchish-
qoʻnish yoʻlagi taʼmirlanib, samolyotlar turargohi kengaytiriladi, radiolokatsiya 
tizimi takomillashtiriladi. Ayni kunlarda belgilangan hududda samolyotlar turish 
va harakatlanish yoʻlaklari yangidan qurilmoqda. 
Samarqand xalqaro aeroportidagi barcha loyihalar roʻyobga chiqqach, bu yerda 
soatiga 600 xorijiy va mahalliy mehmonga xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratiladi. 
Prezidentimiz viloyatga ikki yil oldingi tashrifida Samarqand shahri aholisining uy-
joyga boʻlgan talabi tobora oshib borayotganidan kelib chiqib, shahar chetidan 
zamonaviy aholi turarjoy maskanlari barpo etish zarurligini taʼkidlagan edi. Shu 
topshiriq asosida oʻtgan yili Samarqand tumanining Qorasuv massividan 50 
gektarga yaqin yer ajratilib, koʻp qavatli uylar qurilishiga kirishildi. 2018-yilning 
oʻzida 1 344 xonadondan iborat 7 qavatli 32 ta arzon uy barpo etildi. Huquq-tartibot 
idoralari xizmatchilari va yosh oilalar uchun 5 qavatli 12 ta turarjoy qurilib, 


foydalanishga topshirildi. 4 ta 12 qavatli, 5 ta 14 qavatli, 9 ta 16 qavatli uylar 
qurilishi jadal olib borilmoqda. 
Gulobod koʻchasining nihoyatda torligi transport va piyodalar harakati uchun 
noqulaylik tugʻdirib kelayotgan edi. Shu bois G-34 va Gulobod koʻchalarining 
kesishmasidan Samarqand tumanidagi Xoʻja Ahror Valiy majmuasigacha olib 
boruvchi koʻchada 6 qatorli avtomobil yoʻli qurish moʻljallangan boʻlib, ayni 
paytda 2,4 kilometrlik qismi tubdan rekonstruksiya qilindi. 
Rudakiy va Boʻstonsaroy koʻchalari kesishmasida esa loyiha qiymati 67,7 milliard 
soʻm boʻlgan tonnel qurilishi davom ettirilyapti. Yoʻloʻtkazgichning umumiy 
uzunligi 534 metr va tonnel qismi 93 metrga yetadi. Shu bilan birga, Boʻstonsaroy 
koʻchasi boʻylab kengligi 6, balandligi 3 metr boʻlgan piyodalar yer osti oʻtish yoʻli 
ham quriladi. Rudakiy koʻchasi boʻylab ketgan tramvay yoʻli ham tonnel ostidan 
oʻtadi. 
Samarqand shahri kuni bayramini koʻtarinki ruhda oʻtkazish, aholining yaxshi dam 
olishini tashkil etish maqsadida puxta hozirlik koʻrildi. Masalan, 7-oktyabrdan 
boshlab 
shahar 
markazidagi 
Alisher 
Navoiy 
koʻchasida 
viloyatda 
yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va qayta ishlangan isteʼmol 
mollaridan tarkib topgan “Tabiat saxovati” yarmarkasi ish boshladi. 
— Safarimiz ushbu yarmarka hamda Samarqand kuniga toʻgʻri kelgani yaxshi 
boʻldi, — deydi ispaniyalik sayyoh Sofe -Monserat. — Quyoshli tabiatingiz 
saxovati boʻlgan meva-chevalar biram mazali. Ayniqsa, tarvuz va qovunning 
shuncha turi bor, deb xayolimga keltirmagan edim. Ularning taʼmi nihoyatda 
oʻziga xos, shirasi kuchli, toʻyimli. Shahar koʻrkamligiga gap yoʻq. Moziy va 
bugun uygʻun boʻlgan shahar. Bu yerda ekanimizdan baxtiyormiz. 
O’zbekiston YUNESKOga 1993-yilda mustaqil davlat sifatida a'zo bo’lgan va bu 
Tashkilot bilan uning har bir sohadagi ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda. 
Respublikada qilinayotgan ishlarni ko’rib, 1997-yilda Tashkilotga a'zo 


mamlakatlar O’zbekiston Respublikasini 4 yilga Boshqaruv Qo’mitaga boshqaruv 
organiga saylagan. Shu yo’sinda, 2009-yildan 2013-yilgacha O’zbekiston 
YUNESKOning Boshqaruv Qo’mitasiga a'zo sifatida qaytatdan saylangan. Tarixiy 
ahamiyatga ega bo’lgan voqyealardan biri, 1998-yil 6-7-noyabr kunlari 
O’zbekistonda YUNESKO Boshqaruv Qo’mitasining oxirgi 155-majlisi bo’lib 
o’tgan, unga ko’ra Toshkent deklaratsiyasi "A'zo mamlakatlarda YUNESKOning 
faoliyati va madaniyati” qabul qilingan. YUNESKO rahbarligida O’zbekiston 
xalqi uchun muhim bo’lgan, tarixga, fanga, dunyo xalqlari madaniyatiga hissa 
qo’shgan olimlarning sana va yubileylar nishonlanishi ko’zda tutildi.Ulardan: 
astronom olim Mirzo Ulug’bekning 600-yilligi 
• Amir Temurning 660-yilligi 
• olim Al-Farg’oniyning 1200-yilligi 
• olim va teolog Al-Buxoriyning 1225-yilligi 
• olim va rassom Kamoliddin Behzodning 545-yilligi 
Bundan tashqari, YUNESKO rahbarligida va hamkorligida Buxoro va Xiva 
shaharlarining 2500 yillik, Shaxrisabz va Qarshining 2700 yillik, shuningdek, 
Samarqand shahrining 2750 yilligi va Toshkent shahrining 2200 yillik yubileylari 
tantanali nishonlangan. YUNESKOning bevosita ko’magida Samarqand shahrida 
Markaziy-Osiyo Xalqaro tadqiqot instituti tuzildi. O’zbekistonning turli 
hududlarida 10 ta kafedra va YUNESKOning 10 ta ijtimoiy-ta'lim markazlari 
muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, shuningdek, YUNESKO tasavvuridagi 46 ta 
maktab mavjud. YUNESKO bilan hamkorlik yillarida Respublikada shunday 
loyihalar amalga oshirilgan: 
• "Loydan yasalgan madaniy meros majmualari, mahalliy mutaxassislarning 
malakasini oshirish, Buyuk Ipak Yo’li bo’yida joylashgan madaniy meros 
majmualarini ro’yxattan o’tkazish”; 
• "Xorazm viloyatidagi suv va yer resurslari Iqtisodiy va ekologik 
restrukturizatsiyasi”; 
• "O’zbekistondagi budda merosi ob'yektlarini saqlamoq”; 
• "O’zbekistonning kulolchilik san'ati”; 


• "”Shoshmaqom”ni saqlash, rivojlantirish va kelajak avlodga yetkazish”; 
• "O’zbek gilamlarini tayyorlash san'ati. Buxoro va Xivada gilam to’qish va 
bo’yash o’quv markazlari ochish”; 
• "Boysun hududining madaniy merosi”. 
Xulosa. 
Samarqandni bir ko‘rgan inson unga oshiqu beqaror bo‘ladi , shahardagi davrlar va 
turli madaniyatlarning qorishib ketganini ko‘rib, uni abadiy eslab qolishi aniq. 
Samarqand Rim va Nankin kabi qadimiy poytaxtlar bilan tengdoshligini 
bilarmidingiz? Ha, ha! Shahar bundan 2750 yil oldin paydo bo‘lgan, bu nafaqat 
Markaziy Osiyoda, balki dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biri deb nomlanish 
huquqini beradi. Shaharning gullab-yashnashi Amir Temur va uning avlodlari 
davriga to‘g‘ri keladi. 
Aynan o‘sha paytda Samarqand Temuriylar qudratli imperiyasining poytaxti 
bo‘ldi. Buyuk Temur o‘z poytaxtini qanday tanlaganligi haqida shunday afsona 
yuradi . O‘z tanlovini amalga oshirish uchun, u fuqarolarga barcha shaharlarning 


kirish darvozalariga qo‘chqorning jasadini osib qo‘yishni buyurdi va bir oydan 
keyin shaxsan o‘zi darvozalarga osilgan go‘shtlarni ko‘zdan kechirdi. Barcha 
shahar darvozalariga osilgan tana go‘shti chirishiga ulgurgan va faqat Samarqand 
darvozalarida u deyarli buzilmasdan va hidlanmasdan turardi. Buni ko‘rib, Temur 
shunday dedi: “Bu shaharning havosi toza va yerlari esa unumdor. Poytaxt shu 
yerda bo‘ladi! ” Amir Temurning nabirasi Mirzo Ulug‘bek tufayli shahar dunyo 
ilm-fanining markaziga aylandi. Samarqand “o‘z hayotida tashrif buyurishga 
arziydigan 50 shahar” ro‘yxatiga kiritilgan.

Download 455,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish