91
Mahmud yosh bahodirning izzat-nafsiga shikast yet
-
kazishni o‘ziga ep ko‘rmay, bu iltifotni rad etibdi. O‘z
marhamati qabul qilinmaganini eshitgan sulton g‘azab
otiga minibdi.
Mulozimlar bu xabarni Mahmudga yetkazib, kurash
-
da ishtirok etishini o‘tinib so‘rabdilar. U rozilik bildiribdi.
Odatda, bunday musobaqalardan oldin Mahmud
ulug‘larning qadamjolarini ziyorat qilar ekan. O‘sha ke
-
cha ham shahardagi qabristonni
ziyorat qilib yursa, bir
ayol erining qabrini quchoqlab: «Ey xudo, ikki bolam
va erimni olding, ertangi kun maydonda yolg‘iz o‘g‘lim
-
ning qo‘lini baland qilgin», — deb nola chekayotgan
ekan. Mahmud bu xotin sulton saroyidagi pahlavonning
onasi ekanligini sezibdi.
Ertasi kuni kurash maydonida Mahmud o‘zini
juda zaif va lapashang qilib ko‘rsatibdi. Yosh baho
-
dir ikki-uch davradan keyinoq
Mahmudni chirpirak qilib
ko‘tarib uribdi. Sulton bu g‘alaba sharafiga katta ziyofat
beribdi. Tantanalardan so‘ng hokim boshchiligida arko
-
ni davlat: barcha xizmatkorlar, mehmonlar fillarga minib
o‘rmon -ga — ovga jo‘nashibdi.
Changalzorlar orasidan ketayotganda bexosdan sul
-
ton taxtiravoni o‘rnatilgan fil botqoqqa botib qolibdi.
Ko‘p urinishibdi, filni loydan chiqaza olishmabdi. Shun
-
da Mahmud xizmatkorlarga
filning oldingi oyoqlari ora
-
sini kovlab bo‘shatishni buyuribdi. Shunday qilishibdi.
Bo‘shliqqa katta bir kundani tashlabdilar. Mahmud
ana shu kunda ustiga tushib, fil oyoqlari orasiga yel
-
kasini qo‘yib, bir zo‘r bilan ikki oyog‘ini botqoqdan
bo‘shatibdi, fil o‘zini o‘nglab, halokatdan qutulibdi.
http://eduportal.uz
92
Hamma mehmonning qudratiga ofarinlar aytibdi. Ov
-
dan so‘ng yana ziyofat boshlanibdi. Gap orasida sulton
Mahmuddan:
— Kecha maydondagi zaifli gingiz
bilan bugungi ja
-
soratingizni qanday tushunsa bo‘ladi? — deb so‘rabdi.
— Ey, oliyhimmat sulton! Bu yigit — bir bevaning
yagona farzandi, istiqboli porloq pahla von, lekin hali
tajribasiz. Men u bilan olishib,
mayib qilib, umriga zo
-
min bo‘lishni istamadim. Ammo siz g‘azablanganingizdan
so‘ng kurash tushishga rozilik bergandim, — debdi u.
— Tilang tilagingizni, nima istasangiz, muhayyo qila
-
man, — debdi sulton.
— Menga hech narsa kerak emas.
Sizning
zindoning izda 200 dan ortiq yurtdoshim asir ekan,
o‘shalarni ozod qilsangiz, Vatanimga birga olib ketsam,
bas, — debdi Mahmud.
Sulton bahodirga ot-ulov, sarpolar beribdi va asirlar
-
ni hibsdan bo‘shatibdi. Mahmud
vatandoshlari bilan Xo
-
razmga qarab yo‘l olibdi.
1. Pahlavon Mahmud nima uchun yosh bahodir bilan ku
-
rash tushishni xohlamaydi?
2. Pahlavon Mahmudning kurashda yosh bahodirdan
yengilishi sababi nimada deb o‘ylaysiz?
Do'stlaringiz bilan baham: