40
Bunga yana hamma bolalar kulishdi. Shukur bo‘lsa
portfelini olib, o‘qituvchi ketidan jo‘nab qoldi.
Dam olish kuni ham o‘tib, yana rasm darsi bo‘ldi.
Munira opa bolalarning rasm daftarini bir chekkadan
ko‘rib, baho qo‘ya boshladi. Navbat men o‘tirgan partaga
keldi. Daftarimda chiroyli jiyron toy rasmi chizilgan edi.
Munira opa rasm daftarimga qarab: «Yaxshi», — dedi.
Keyin qo‘lidagi qizil qalam bilan katta qilib «5»
yozdi-da,
tagiga chizib qo‘ydi. Men suyunganimdan terimga sig‘may
ketdim. Sekin orqaga ham qarab qo‘ydim. Nigora «ne
-
cha» degan bo‘lib qoshini uchirdi. Men boshimni qashi
-
moqchi bo‘lib Nigoraga besh panjamni ko‘rsatdim.
— Rostdanmi? — dedi Nigora. Men yonimda
o‘qituv chi turganligi uchun javob qaytara olmadim.
O‘sha kuni rasm darsida Nigora «4», Avaz «3»
oldi. Ikkita quyon rasmini solib kelgani uchun Shukur
ham «4» baho oldi. Erkinvoy bo‘lsa: «Rasm daftarim
uyda qolibdi», degani uchun «2» oldi. Bitta men «5»
olibman. Buni keyin Munira opa aytdi.
Mendan rasm
daftarni olib, hamma bolalarga ko‘rsatdi.
— Sobir jiyron toy rasmini juda yaxshi chizib
-
di. Mana qaranglar, bo‘yoqlari ham o‘rnida ishlatilgan,
— deganlarida jim turolmay: «Men chavandoz bo‘laman», —
deb qo‘ydim.
— Obbo,
maqtanchoq-ey, echkini ko‘rsang qochasan-u,
tag‘in chavandoz bo‘lasanmi? — dedi Avaz menga qarab.
— Jim, bolalar! — deb qo‘ydi Munira opa. Biz jim
bo‘ldik.
— Hammangiz ham harakat qilsangiz, albatta, maq-
sadga yetasiz. Faqat xohish va istak kerak.
Sobir chavan
-
doz bo‘lmoqchi ekan, harakat qilsa bo‘ladi. Nigora doktor
bo‘lmoqchi. Agar u chindan istasa, albatta, bo‘ladi, — dedi.
http://eduportal.uz
41
Bu gaplar menga yoqib ketdi. O‘zim ham bir qop
semirdimov. Yuragim iliq tuyg‘ularga to‘lib ketdi. Dars
tugagach, hamma o‘rtoqlarim meni «5»
bilan tab
-
riklashdi. Ba’zilari: «Qanday qilib chizding? O‘zing
chizding mi? Juda boplabsan-ky, Sobirjon», — deyishdi.
«Jiyronning peshonasidagi chiroyli qashqasini qarang
-
lar», «Xuddi chopib ketayotganga o‘xshaydi!», «Oyoqlari
taqalangan!», «Yaxshi!» deyishardi o‘rtoqlarim.
— Sobir, qanday qilib xuddi o‘ziga o‘xshatding, biz
-
ga ham aytib ber? — dedi Shukur yalingan bo‘lib.
— Xohish va istak kerak. Sizlarda xohish yo‘q. Bor
bo‘lsa ham kam. Bildingizmi? Daftarni bu yoqqa ol,
surkatasan, — dedim.
Bolalarning jahli chiqib ketdi. Shukur rasm daftarimni
Do'stlaringiz bilan baham: