Abu Ali ibn Sino Vafot etgan sana



Download 351,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana29.12.2021
Hajmi351,73 Kb.
#82784
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Abu Ali ibn Sino



Abu Ali ibn Sino  

 

 



Vafot etgan sana: iyun 1037 yil 

 

Abu  Ali  Ibn  Sino  ilm  taraqqiyotiga  katta  hissa  qo‘shgan,  O‘rta  Osiyo  tuprog‘idan  yetishib  chiqqan 



buyuk  allomalarimizdan  biri  hisoblanadi.  Buyuk  allomaning  fanlar  olamida  tajriba  o‘tkazmagan  va 

qalam tebratmagan sohasi  yo‘q desa ham bo‘ladi, ayniqsa tibbiyot xazinasiga qo‘shgan ulkan hissasi 

bebahodir.  Ibn  Sino  ko‘p  qirrali  ilm  sohibi  bo‘lgan  buyuk  siymodir.  Tibbiyot  olamida  Ibn  Sinoning 

tabarruk nomi Gippokrat va Galen kabi buyuk allomalar bilan bir qatorda turadi. 

Ibn  Sinoning  otasi  Abdulloh  katta  boy  bo‘lib,  o‘sha  davrda  podshohga  soliq  teradigan  vazirlardan 

bo‘lgan.  Somoniylar  davrida  Afshona  katta  shaharlar  sirasiga  kirgan  va  shahar  ichida  qal'a  ham 

bo‘lgan. Soliq yigish uchun uning otasi Abdulloh Buxoroga kelgan. 

Tabobat  ilmining  sultoni  bo‘lmish  Ibn  Sino  Buxoro  yaqinidagi  Afshona  qishlog‘ida  tugilgan,  5 

yoshgacha  Ibn  Sino  Afshona  qishlog‘ida  yashagan.  Keyin  Ibn  Sino  oilasi  bilan  birgalikda  Buxoroga 

ko‘chib kelgan. 

Ibn Sinoning to‘liq nomi Abu Ali – Al Xusein Ibn Abdullo ibn Al-Hasan ibn Ali Ibn Sino 13 ta so‘z 47 

ta xarfdan iborat. Yevropada ibn Sino Avitsenna nomi bilan mashhur bo‘lgan. 10 yoshida Kur'on, til 

adabiyot, keyinchalik esa mantiq, aljabr, hisob, falakkiyot kabi fanlarni to‘liq o‘zlashtiradi.  

Buyuk alloma tib ilmida juda tez kamol topa boshlaydi. Ibn Sino 17 yoshidayoq Buxoro xalqi orasida 

mohir tabib sifatida tanildi. O‘sha kezlarda Somoniylar davlatining hukmdori Nux ibn Mansur kasal 

bo‘lib,  saroy  tabiblari  uni  davolashdan  ojiz  edilar.  Buxoroda  o‘sib-ulg‘aygan  yangi  yosh  tabibning 

ovozasi  saroyga  ham  yetib  borgan  edi,  uni  amirning  davolash  uchun  saroyga  taklif  qiladilar  va 

tabibning  nazoratida  davolangan  bemor  tez  fursatda  oyoqqa  turadi.  Buning  evaziga  Ibn  Sino  saroy 

kutubxonasidan  foydalanish  imkoniyatiga  ega  bo‘ladi.  Bu  kutubxona  o‘sha  vaqtda  butun  O‘rta  va 

YAqin Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan sanalardi.  

Kecha-kunduz  tinmay  mutolaa  qilish  natijasida  Ibn  Sino  o‘z  bilim  doirasini  mislsiz  darajada 

kengaytiradi.  U  o‘z  davridagi  yirik  olimlardan  biri  hisoblangan  Abu  Rayxon  Beruniy  (973  –  1048) 

bilan  ilmiy  munozaralar  o‘tkazadi.  999  yillarda  Koraxoniylar  Buxoroni  zabt  etadilar,  Somoniylar 

davlati inqirozga uchraydi. Bu esa Ibn Sinoning Buxoroda tinch va xotirjamlikda ilmiy ishlarni davom 

ettirish uchun imkoniyat bo‘lmaydi, buning ustiga 1002  yil  Ibn  Sinoning otasi  Abdulloh vafot etadi. 

Oqibatda buyuk alloma o‘z tug‘ilib o‘sgan yurti Buxoroni tark etib, Xorazm (Urganch) ga ketadi.  

Xorazm  O‘rta  Osiyoning  qadimiy  boy  va  madaniy  viloyatlaridan  biri  bo‘lib,  u  yerda  XI  asrning 

boshlarida ilmiy hayot ancha rivojlangan edi. G‘aznaviylar hukmdori Sulton Mahmud (998 – 1030 y) 




Xorazm yerlarini o‘z davlatiga qo‘shib olishga harakat qiladi. Unga tobe bo‘lishni istamagan Ibn Sino 

taxminan  1010  –  1011  yillarda  Xorazmdan  maxfiy  ravishda  chiqib,  Xurosan  tomon  yo‘l  oladi  va 

Kaspiy  dengizining  sharqiy-janubida  joylashgan  Gurgon  amirligiga  yetib  keladi.  Bu  yerda  u  Abu 

Ubayd Jurjoniy bilan tanishadi. Shu kundan boshlab bu yigit Ibn Sinoga eng  yaqin va sodiq shogirdi 

bo‘lib qoladi. 

Ko‘p o‘tmay Ibn Sino Gurgonda o‘zining ilmiy ishlarini va tabiblik faoliyatini davom ettira boshlaydi. 

U  17  yoshida  tabobatga  oid  mashhur  asari  «Kitob  al-qonun  fit-tib»  («Tib  qonunlari»)  ning  birinchi 

kitobini yozishga kirishadi. 

1014  yil  Ibn  Sino  Gurgonni  ham  tark  etadi  va  bir  qancha  muddat  Ray  va  Kazvin  shaharlarida 

turgandan keyin Hamadonga keladi va Buvayxiylar hukmdori Shams ad-davla (997 – 1021) xizmatiga 

kiradi.  Oldin  saroy  tabibi  bo‘lib  ishlaydi,  so‘ngra  vazirlik  mansabigacha  ko‘tariladi.  Davlat  ishlari 

bilan  band  bo‘lishiga  qaramay,  ilmiy  ishlarni  davom  ettiradi  va  qator  asarlar  yaratadi,  o‘zining 

mashhur falsafiy ensiklopediyasi «Kitob ash-shifo» ni ham shu yerda yozishga kirishadi. 

1023  yili  Isfaxonga  ko‘chadi  va  «Kitob  ash-shifo»ning  qolgan  qismlarini  yozishda  davom  etadi. 

Boshqa bir qancha asarlar bilan bir qatorda fors tilidagi falsafiy kitobi «Donishnoma» ni tasnif etadi. 

Jurjoniyning  yozishicha,  Ibn  Sino  jismoniy  jihatdan  ham  juda  baquvvat  kishi  bo‘lgan,  biroq, 

shaharma-shahar  darbadarlikda  yurish,  kechalari  uxlamasdan  uzluksiz  ishlash  va  bir  necha  bor ta'qib 

ostiga  olinib,  hatto  hibsga  olish  olimning  salomatligiga  ta'sir  etmay  qolmadi.  U  kulanj  (kolit) 

kasalligiga chalinib qolgan edi. Kasallik zuraygach, uni tutqanoq ham tutadigan bo‘ladi, oqibatda shu 

darddan  u  428  hijriy  yilining  ramazon  oyida  (1037  yilning  iyunida)  57  yoshida  Hamadonda  vafot 

etadi. Uning qabri hozirgacha Eron davlatining Hamadon shahrida saqlanib kelinmokda. 

Ibn  Sino  haqiqiy  ensiklopedist  olim  sifatida  o‘z  davridagi  fanlarning  deyarli  hammasi  bilan 

muvaffaqiyatli  ravishda  shug‘ullangan  va  ularga  oid  ilmiy  asarlar  yaratgan.  Turli  manbalarda  uning 

450 dan ortiq asarlari qayd etilgan bo‘lsa ham, zamonlar o‘tishi bilan ularning ko‘pi yo‘qolib ketgan va 

bizgacha faqat 242 tasi yetib kelgan. Shu 242 asardan 80 tasi falsafa, ilohiyot  va tasavvufga tegishli, 

43  tasi  tabobatga  oid,  19  tasi  mantiqqa,  26  tasi  psixologiyaga,  13  tasi  botanika  ilmiga,  7  tasi 

astrologiyaga, 1 tasi matematikaga, 1 tasi musiqaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi etikaga, 4 tasi adabiyotga va 

8 tasi boshqa olimlar bilan bo‘lgan ilmiy yozishmalarga bag‘ishlangan. 

«Tib  qonunlari»  kitobining  asl  arabcha  matni  birinchi  marta  1593  yili  Rimda,  keyinchalik  u  hozirgi 

Kohira  (1873,1877,1879),  Tehron  (1889),  Laknav  (1906)  va  Lohur  (1906)  shaharlarida  chop  etildi. 

Ispaniyaning Toleda shahrida 1130 yili tarjimonlar kollegiyasi tashkil qilinadi va Kremonalik Gevard 

(1114 – 1187 y) «Tib qonunlari» ni arab tilidan lotin tiliga tarjima qilishga kirishadi. Shundan boshlab 

«Tib  qonunlari»  kitobi  Yevropa  vrachlari  qo‘lidagi  asosiy  qo‘llanmaga  aylanadi  va  universitetlarda 

tibbiyot fani shu asar buyicha o‘qitilgan. 

O‘zbekiston  sharqshunoslari  «Tib  qonunlari»  ning  besh  kitobini  arabchadan  o‘zbek  va  rus  tillarida 

tarjima  qilishdi  va  ularni  1954  –1961  yillar  mobaynida  Toshkentda  shifokorlar  bilan  hamkorlikda 

nashr etdilar. Umuman, «Tib qonunlari» besh kitobdan iborat va ular quyidagilar: 

Birinchi  kitob  –  tabobatning  nazariy  asoslari  hamda  amaliy  tabobatning  umumiy  masalalari  haqida 

ma'lumot  beradi.  Tabobat  ilmining  ta'rifi,  uning  vazifalari,  xilt  va  mizoj  haqidagi  ta'limot  bayon 

qilinadi. Keyin odam tanasining «oddiy» a'zolari – suyak, tog‘ay, asab, arteriya, vena, pay, mo‘shaklar 

haqida  qisqa  anatomik  ocherk  keltiriladi.  Kasalliklarning  kelib  chiqish  sabablari,  ko‘rinishlari, 

turkumlari  hamda  ularni  davolashning  umumiy  usullari  keltiriladi.  Ovqatlanish,  hayot  tarzi  va 

hayotning hamma bosqichlarida sog‘liqni saqlash haqidagi ta'limot batafsil bayon qilinadi. 

Ikkinchi kitob – o‘sha davr tabobatida qo‘llanilgan dori-darmonlar haqida zaruriy  ma'lumotlar bayon 

qilingan mukammal majmuadir. Unda o‘simlik, hayvon va ma'danlardan olinadigan 800 dan ortiq dori-

darmon ta'rifi, ularning davolik xususiyatlari va qo‘llanish usullari bayon qilingan. Muallif O‘rta Osiyo 

va  YAqin  Sharq  hamda  O‘rta  Sharq  mamlakatlaridan  chiqadigan  –  dori-darmonlardan  tashqari 

Hindiston,  Xitoy,  Yunoniston,  Afrika,  O‘rta  yer  dengizi  orollari  va  boshqa  joylardan  keltiriladigan 

ko‘plab dorivor moddalarni ham ko‘rsatib o‘tadi. 

Uchinchi kitob  – Inson tanasining boshidan tovonigacha bo‘lgan a'zolarida  yuz beradigan  «Xususiy» 

yoki «Mahalliy» kasalliklar haqida ma'lumot beradi. Ya'ni, bu kitob xususiy patologiya va terapiyaga 

bag‘ishlangan. Unda bosh, miya, ko‘z, kuloq, burun, ogiz bo‘shlig‘i, til, tish, milk, lab, tomoq, o‘pka, 




yurak, qizilo‘ngach, oshqozon kasalliklari, so‘ngra jigar, o‘t pufagi, ichak, buyrak, qovuq, jinsiy a'zolar 

kasalliklari haqidagi ma'lumotlar keltirilgan. 

To‘rtinchi kitob  – inson a'zolarining birortasi xos bo‘lmagan  «umumiy» kasalliklarga bag‘ishlangan. 

Masalan,  turli  isitmalar  (buhronlar),  shishlar,  toshmalar,  yara-chaqalar,  kuyish,  suyak  sinishi  va 

chiqishi,  turli  jarohatlar  kiritilgan.  Shuningdek,  mazkur  asarda  o‘ta  yuqumli  kasalliklar:  chechak, 

qizamiq, moxov, vabo va quturish haqida so‘z boradi. Toksikologiyaning ham asosiy masalalari bayon 

qilinadi.  Kitobning  maxsus  bo‘limi  inson  husni  va  chiroyini  saqlashga  va  pardoz-andoz  vositalariga 

bag‘ishlangan  sochni  to‘kilishdan  saqlaydigan,  haddan  tashqari  semirib  ketish  yoki  ozib  ketishning 

oldini oladigan vositalar haqida so‘z yuritilgan. 

Beshinchi kitob - farmakopiya bo‘lib, unda murakkab tartibli dori – darmonlarni tayyorlash va ulardan 

foydalanish usullari bayon qilingan.  Kitobning 1-qismida turli taryoklar (ziddi  –  zaharlar), ma'junlar, 

xabdori,  kulchadori,  elaki  dori,  sharbatlar,  qaynatma,  sharob,  malham  va  boshqalar  tavsifi  berilsa,  2- 

qismida muayyan a'zolar  – bosh, ko‘z, kulok, tish, tomoq, ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i a'zolari, 

bo‘g‘imlar va teri kasalliklarini davolash uchun ishlatiladigan dori darmonlar keltiriladi. 

Xulosa  qilib  aytganda,  Abu  Ali  ibn  Sinoning  eng  mashhur  va  ulug‘vor  kitoblaridan  biri  «Kitob  al  –

qonun  fit-tib»  hisoblanadi.  Bu  asar  o‘z  zamonasidagi  tabobat  ilmlarining  mufassal  qomusi  sifatida 

inson  sog‘lig‘i  va  kasalliklarga  oid  bo‘lgan  barcha  muammolarni  mantiqi  tartibda  to‘la  mujassam 

etgan. Buyuk olimning qilgan xizmatlarini, jahonning ilm ahli e'zozlaydi. 

Buyuk  bobokalonimiz  Abu  Ali  Ibn  Sino  sharafiga  mashhur  shved  tabiatshunosi  Karl  Linney  (1707-

1778)  tropik  mamlakatlarda  dengiz  suvida  ham  o‘suvchi  va  doimo  yashil  holda  qoladigan  daraxt 

nomini  Avitsenna  deb  atagan.  Shuningdek,  1956  yil  yurtimizda  topilgan  yangi  mineral  ham  ulug‘ 

ajdodimiz sharafiga Avitsennit deb nomlangan. 

 

 

 




Download 351,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish