10
HOZIRGI SHAROITDA AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR
SOHASIDA O‘QITUVCHILAR UCHUN QO‘YILAYOTGAN TALABLAR
Тошкент шахар Яшнобод тумани
230- мактабнинг бошлангич синф укитувчиси
Дадамухамедова Гулбахор.
Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kun o‘qituvchisiga qo‘yilayotgan zamon talablari
haqida so‘z boradi. Mazkur talablar asosan zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot-
kommunikatsion texnologiyalar bilan bog‘liq ekanligi ta’kidlanadi.
Kalit so‘zlar: O‘qituvchi, o‘quvchi, milliy g‘oya, texnologiya, zamonaviy pedagogik
texnologiyalar, axborot-komunikatsion texnologiyalar.
Hozirgi shiddatli axborotlashgan, murakkab davrda yashayotganligimizni hisobga olsak,
bugungi kun aynan shu davrning murakkab vaziyatlarida yashash malakasiga ega bo‘lgan,
mustaqil fikrli avlodni tarbiyalashni taqozo etmoqda. Buning uchun barcha fan o‘qituvchilaridan,
avvalo, o‘z mutaxasisligini chuqur bilish va ayni vaqtda jahonda va mamlakatimizda bo‘layotgan
ijtimoiy-siyosiy jarayonlardan boxabar bo‘lib borish talab etilmoqda.
Hozirgi zamon o‘qituvchilari o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bilimdon va ayni vaqtda ijtimoiy-
siyosiy tomondan ham yetuk bo‘lishi barobarida, o‘quv jarayoniga qadam qo‘yar ekan, endilikda
u zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni ham egallagan bo‘lishi
shart. Zamonaviy o‘qituvchi uchun zarur bo‘lgan pedagogik texnologiyaning mazmun-mohiyatiga
qisqacha to‘xtaladigan bo‘lsak, pedagogik texnologiya atamasidagi texnologiya tushunchasi
texnikaviy taraqqiyot bilan bog‘liq bo‘lgan holda fanga 1972-yili kirib kelgan. U yunoncha ikki
so‘zdan ‘texnos (technos) san’at, hunar va ‘logos (logos) fan so‘zlaridan tashkil topib, hunar
fani ma’nosini anglatadi.
Umumiy ma’noda texnologik jarayon har doim zarur vositalar va sharoitlardan foydalan-
gan holda muayyan operatsiyalarning maqsadli ketma-ketlikda bajarilishini ko‘zda tutadi, yoxud
texnologiya jarayoni bu mehnat qurollari bilan mehnat obyektlariga yaratish borasidagi ishchi
(yoki mashina) faoliyati hisoblanadi. Shu ma’noda texnologiya u yoki bu ishni bajarish uchun
kerak bo‘lgan operatsiya, harakat va usullar ketma-ketligidir.
Bugungi kun o‘qituvchisi o‘quvchilar ongi va qalbiga milliy g‘oyani singdirish uchun axborot
olish, uni qayta ishlash va dars jarayonida axborotni o‘quvchiga yetkazishda ishlatiladigan texnika
va texnologiyalardan foydalanishni bilishi lozim. Hozirgi sharoitda axborot kommunikatsion
texnologiyalar sohasida o‘qituvchilar uchun qo‘yilayotgan talablar quyidagilardan iborat:−
kompyuter va uning barcha qurilmalari (printer, skaner va shu kabilar)dan mustaqil foydalana
olish;
− kompyuterdagi MS Word, MS Power Point va MS Excel dasturlarini amalda ishlata
olish;− Internet tarmog‘iga mustaqil kira olish va u yerdan fanga oid materiallarni ko‘chira
olish kabilardir. O‘qituvchilar mazkur bilimlarga ega bo‘lsalar ular o‘z faoliyatida axborot olish,
uni qayta ishlash va dars jarayonida axborotni o‘quvchiga yetkazish ko‘nikma va malakalariga
ega bo‘ladilar. O‘qituvchilarni bunday ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari darslarda milliy
g‘oyani o‘quvchilarga singdirish jarayoni yanada jonlantiradi va uning ta’sir quvvati yanada
ortishiga olib keladi.
Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. T.: Ma’naviyat, 2008.
2. Milliy g‘oya va rahbar mas’uliyati. T.: G‘afur G‘ulom nashr. 2007.
3. Turg‘unov S., Daniyarov B., Otajonova D. O‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini
rivojlantirishda ta’lim muassasasi rahbarlarining funksional vazifalari. T.: Sano-standart, 2011.
118-b.
827
Do'stlaringiz bilan baham: |