References:
1. Ambu, &Saidi,B. (1997).Issues in teachingEnglish speaking in foreign language classroom
2.Burns, A. (1998). “Teaching Speaking”. Annual Review of Applied Linguistics,
2. Richards, C. J. & Farrell, T.S.C (2005). Professional Development for Language Teachers:
Strategies for Teacher Learning. New York: Cambridge University Press
831
10
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA AXBOROT-KOMMUNIKATSION
TЕXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING SAMARALI NATIJALARI
Radjapova Karima Siddikovna
Chirchiq shahar 13- umumiy o‘rta maktabining
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi +998917786284 Karima@mail.ru
Annotatsiya: Ushbu maqolada axborot-kommunikatsion texnologiyalarning dars jarayonidagi
afzalliklari, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchining pedagogik mahorati haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar. Axborot-kommunikatsion texnologiyalar, poydevor, tenglama, undoshlar, tahlil,
taqlid, lider, test, samaradorlik.
Bugungi kunda yosh avlod tarbiyasiga berilayotgan ta’lim sifatiga katta e’tibor berilmoqda.
O‘sib kelayotgan yosh avlodni jismonan baquvvat, ruhan tetik, ma’naviy jihatdan barkamol
etib tarbiyalash pedagoglar oldiga muhim vazifalarni qo‘ymoqda. Mamlakatimizning Birinchi
Prezidenti Islom Karimov tak’kidlaganidek, “Biz farzandlarimizni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi,
xalq farovonligiga erishishdek oliy maqsadlarimiz ruhida tarbiyalashimiz, ularni ana shu
maqsadlar sari yetaklashimiz kerak”. Pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning
o‘quv-tarbiya jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining tez almashinuvi
va takomillashuvi jarayonida har bir inson o‘z kasbiy tayyorgarligini, mahoratini kuchaytirishga
imkon yaratadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan ham bu vazifalar kuchli mas’uliyat talab
qiladi. Fan xonalarida o‘qituvchining AKTdan foydalanishi, o‘z malakasini muttasil oshirib
borishi va o‘quv jarayoniga tayyorgarlik ko‘rishi, ko‘rgazmali qurollar va o‘quv materiallar
tayyorlashi uchun yakka kompyuterlardan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Buning uchun
o‘qituvchilar, mutaxassislar bevosita AKTdan foydalanishni mukammal bilishlari va o‘quvchilarni
AKT imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirishlari kerak. Hozirgi kunda boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining ko‘p qismi maktabga chiqmasdanoq kompyuter savodxonligiga ega bo‘lishmoqda.
Ular kompyuter orqali har xil o‘yinlarni o‘ynashni, kompyuter qismlaridan qanday foydalanishni
bog‘cha yoshidanoq o‘rganib olmoqda. Shularni e’tiborga olib, boshlang‘ich ta’limga axborot-
kommunikatsion texnologiyalarni kiritish talab darajasiga chiqmoqda. Har yili o‘tkaziladigan avgust
kengashlarining shu’ba yig‘ilishlarida ham aynan muhokama qilinishi kerak bo‘lgan masalalar
qatoriga “Boshlang‘ich sinflarda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish”
mavzusi kiritilgan. O‘qish, ona tili, matematika, tabiat, musiqa, texnologiya darslari bo‘yicha
dasturlar asosida tayyorlangan animatsiyali, syujetli, videoroliklardan, slaydlardan foydalanish
maqsadga muvofiqdir. Masalan, boshlang‘ich sinflarda atrofimizdagi olam va tabiatshunoslik
darslarida AKTni qo‘llash o‘quvchilar uchun o‘z hududi va bolani o‘rab turgan tabiatga bo‘lgan
mehr va muhabbatini anglagan holda ongli munosabatni shakllantirish imkonini beradi. Ona tili va
o‘qish darslarida mavzuning aniq ma’lumotlarini tushunib olishga, kalit so‘zlar bilan tanishishga,
matnda asar qahramonlari, voqealar ketma-ketligi bilan tanishishga imkon beradi. Texnologiya
darslarida yangi g‘oyalarning vujudga kelish imkonini beradi. Musiqa va salomatlik darslarida
videoroliklar, slaydlar o‘quvchilarning mavzuni jonli o‘zlashtirishlari uchun samarali natija
beradi. Ushbu yilda boshlang‘ich sinf, jumladan, 1-sinflarning predmetlari uchun ta’lim markazi
va multimedia markazi tomonidan multimediali elektron qo‘llanmalar tayyorlandi. Multimediali
elektron qo‘llanmaning afzallik tomonlaridan biri mavzularga tegishli animatsiyalardan
gipermurojaatlash yordamida foydalanish imkoniyati mavjud. allarining mazmunini kengroq va
tushunarli tarzda yoritib beradi. Yosh bola, go‘dak telefondan taralayotgan kuyni tinglab, uni
beixtiyor qo‘li bilan ushlashga intiladi, yoki boshlang‘ich sinf o‘quvchilari AKT orqali namoyish
etilgan multfilmni ko‘rayotganlarida go‘yo o‘zlarini o‘sha olamga tushib qolgandek his etib
qolishadi. O‘quvchidan ko‘rganlarini aytib berish so‘ralganda u bemalol hikoya qilib berishi
orqali bolada tasavvur qilish qobiliyati rivojlanadi. 2-sinf o‘quvchilariga matematika darsida
tenglama mavzusi kompyuter orqali tushuntirildi va tenglamali misollar ketma-ketligi vazifa
qilib berildi. Doskadagi misolni to‘g‘ri ishlagan o‘quvchi kompyuterdan tenglamani yozib olish
huquqiga ega. O‘quvchi misolni tez va to‘g‘ri bajarishga intildi va kompyuterdan tegishli misolni
ko‘chirib oldi, so‘ng keyingi o‘quvchiga “sen ham uddalay olasanmi” degandek g‘ururlanib qarab
qo‘ydi. Demak, ular bir-birlarini ham izlanishga majburlayapti (ixtiyoriy ravishda). O‘qituvchi
mustaqil tayyorlagan ko‘rgazmasini monitor (ekran) orqali namoyish etganda birinchidan eng
832
10
orqadagi bola, o‘quvchi bemalol ko‘ra oladi va hamma bilan bir vaqtda uni bajarishga harakat
qiladi. Masalan, do‘st, go‘sht, g‘isht...kabi so‘zlardagi talaffuzda tushib qoladigan undoshlar
muammoli tarzda namoyish etilsa, o‘quvchi darhol uni ish daftarida bajarishga intiladi. Bu
orqali o‘qituvchi o‘quvchining o‘z qobiliyatini yuzaga chiqarishga intilayotganini darhol sezadi
va nisbatan o‘zlashtirishda qiynalayotgan o‘quvchilarni aniqlab, ular bilan alohida ishlash uchun
o‘ziga reja tuzadi. Informatika xonasida test olish jarayonida o‘quvchilar garchi AKT olamiga
endi kirib kelgan bo‘lsalarda bemalol savollarga javob berish va “keyingi” tugmasini bosib, qisqa
vaqtda aniq va to‘g‘ri javob berishga harakat qiladilar. Chunki o‘quvchi sinfda har sohada “lider”
bo‘lishga intiladi. “Kompyuter savodxonligi” yuqori deb ta’kidlab o‘tilayotgan ziyo maskanlarida
avvalo, o‘qituvchi kompyuterni puxta bilishi va undan dars vaqtida mustaqil keng qo‘llay olishi
o‘quvchilarni shu yo‘ldan borishga undaydi. Buning uchun pedagog yuksak saviyali, bilimdon,
har qanday sharoitda ham muammoli vaziyatdan chiqib ketishga shay turishi lozim. O‘quv-tarbiya
faoliyatida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilar o‘zlashtirish samaradorligini
oshirish bilan bir qatorda o‘qituvchi mehnatini yengillashtiradi. Kompyuter o‘qituvchi va o‘quvchi
o‘rtasida vosita bo‘lib xizmat qiladi. 55 AKTdan foydalanishda o‘quvchilar yoshiga va fiziologik
xususiyatlariga mos manbalardan foydalanishimiz o‘quvchilarda bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqni
kuchaytiradi. Bu esa, o‘z navbatida 70-80 foizgacha samaradorlikka erishishimizga olib keladi
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Karimov I.A.Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008.
2. Ergashev Sh., Kalantarov A. Umumta’lim maktablarida axborot-kommunikatsion muhitni
shakllantirish va rivojlantirishda elektron axborot-ta’lim resurslarning o‘rni va ahamiyati. – T.:
“Xalq ta’limi” jurnali, 2016-yil, 4-son
833
Do'stlaringiz bilan baham: |