Масъул муҳаррир


DARS O‘TISH JARAYONIDA O‘QITUVCHI VA O‘QUVCHI HAMKORLIGI



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet573/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   569   570   571   572   573   574   575   576   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
DARS O‘TISH JARAYONIDA O‘QITUVCHI VA O‘QUVCHI HAMKORLIGI , 
INNOVATSION G’OYALAR KO‘LAMI
Xorazm viloyati Xiva shahri
8-son umumta’lim maktabi Fransuz tili fani o‘qituvchisi
Ruzimova Umida Qadambayevna
Kimyo fani o‘qituvchisi
Yusupova Dinora Rejabbayevna
Anontatsiya: Maqolada o‘qituvchi o‘quvchi hamkorligi ko‘pchilik talantli qobiliyatli 
o‘quvchilar o‘zidagi qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda o‘qituvchi anglashi va yordamlashi dalda 
bo‘lishi haqida so‘z boradi.
Innovatsion yangiliklar yaratish ,izlanish va o‘z navbatida hayotga tatbiq qilish haqida 
tushuncha berilgan.
Kalit so‘zlar: Innovatsiya, innovatsion faoliyat,o‘zbek xalqining odobi va axloqi,inson aql 
zakovat egasi .
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan qabul qilingan 2017 / 2021 yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Shu jihatdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 19 iyundagi ,,Barkamol 
avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning o‘z o‘zini boshqarish organlarinining ta’lim 
muassasalari bilan hamkorligini yanada rivojlantirish chora –tadbirlari to‘g‘risidagi 175 - sonli 
qarori, Xalq ta’limi vazirligining ,,Oila, mahalla va ta’lim muassasalari’’ Jamoat Kengashi ning 
yig‘ilishida ko‘rsatilganidek o‘quv tarbiya jarayonida jipslashish o‘sib kelayotgan o‘smir yigit 
qiz, ularni to‘g‘ri yo‘lga yetaklash binobarin hayot yo‘llarida to‘g‘ri yurish,bilim olish ,intilish , 
har bir o‘smir hayotda o‘z yo‘lini topib baxtli yashashga xaqli ekanligini o‘zi harakat qilib zamin 
hozirlashi , yurt oldidagi burchini anglashi Insoniylik tuyg‘ularini bilishi bunda: to‘g‘riso‘z, 
andisha sharm hayo ,ibo, or momus ,va albatta o‘zbek xalqining takrorlanmas saxiylik , 
saxovatpeshalik, mehnatsevarlik kabi xususiyatlari o‘rganishni ta’lim tarbiya jarayonida belgilab 
berilgan. 
Mustaqilikning dastlabki kunlaridan boshlab ta’lim tizimini rivojlantirish va sifatini isloh 
qilish davlat siyosiy darajaga ko‘tarilgani biz juda yaxshi bilamiz.
Bugungi kunning eng muhim dolzarb mavzu ta’lim tarbiya mavzusini tubdan yaxshilash za-
mon bilan hamnafas bo‘lishga chaqiradi.Bugungi hayotimizning hal etuvchi muhim masalalari 
qatorida ta’lim tarbiya mazmunini tubdan o‘zgartirish uni zamon talabi darajasiga ko‘tarish 
asosiy o‘rinni egallaydi, chunki jamiyatni yangilanishi hayotimiz taraqqiyoti va istiqboli amalga 
oshirilayotgan islohotlar samarasi taqdiri Respublika mustaqilligi va bozor iqtisodiyotiga 
mos ijtimoiy va iqtisodiy siyosatni shakllantirish ularning barchasi zamon talalablariga javob 
beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liq. Ammo 
ilg‘or pedogogik texnologiyalar va innovatsiyalar o‘z o‘zidan ta’lim tizimiga kirib kelmaydi.Bu 
o‘qituvchi faoliyati va uning motivatsiyasiga bog‘liq jarayon. O‘qituvchi faoliyatini o‘zgartirmay 
turib uning ma’sulyati va faolligini oshirmasdan ta’limda bir qadam oldinga siljib bulmaydi. 
Bugungi kunda pedagogika sohasida yangi ilmiy yo‘nalish pedagogik innovatsiya va ta’lim 
jarayonini yangilash g‘oyalarini paydo bo‘lishi natijasida o‘qituvchining pedagogik faoliyatida 
ham yangi yo‘nalish ,,o‘qituvchining innovatsion faoliyati’’ tushunchsi paydo bo‘ldi.
O‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash muammosi bu jamiyatda turli innovatsion 
g‘oyalarning paydo bo‘lganligi oqibatida vujudga keldi. Bunda yangiliklarni yaratish, izlash, 
moslashtirish va tadbiq etish , olingan natijalarni qayta tekshirish kabi jarayonlarni o‘z ichiga 
oladi.
Innovatsion faoliyat tushunchasi deganda :pedagogik tajriba sinov faoliyatining 3 ta asosiy 
shaklini ajratish mumkin: 
Xususiy tajriba, tajriba sinov ishi va o‘qituvchining innovatsion faoliyati. Pedagogik faoliyatda 
innovatsiyalar qancha ko‘p bo‘lsa o‘qituvchi xususiy tajribasi shuncha ortadi.
Zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilar egallayotgan bilimlarni 
o‘zlari qidirib topishlariga mustaqil o‘rganib tahlil qilishlariga va xulosalarni ham bayon qilishlari 


841
10
maqsadga muvofiqdir.O‘qituvchi bu jarayonda shaxs va sinf jamoasini rivojlanishi mavzuni qay 
darajada anglab tushunganliklari, rivojlanishi , qabul qilishini tahlil qilib borsa maqsadga to‘g‘ri 
keladi. O‘z navbatida ma’lum vaqt oralig‘ida savol javob o‘tkazishi o‘quvchi yoshlarning xotirasini 
mustahkamlash va uzoq vaqt saqlab qolishiga turtki buladi. Ko‘pchilik yoshlar hozirgi paytda 
o‘tilgan dars jarayonini tezda esdan chiqarib qo‘yishlari, unutishlari xotirada saqlay olmasliklari 
achinarli ahvol, bunda yanada o‘qituvchini o‘z ustida ko‘proq ishlashga o‘sha o‘quvchiga qay 
tarzda mavzuni yo‘ritib berishi qay darajada yetkaza olishi uchun yangi texnologiyalar yoki 
individual jarayonni ko‘proq talab qiladi. Bir sinfga darsga kirsangiz bemalol vaqtdan ham 
foydalanasiz qo‘shimcha variantlar va yana yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanasiz 
darsni bir keng tarzda tushuntirib fikrlashib olasiz. Ayrim sinflarda esa aksincha ….bunday 
paytda o‘yin yo‘llaridan ayrim paytda qiziqarli videorolik va mediata’lim juda asqotadi. Dars 
jarayonida tajribalar shuni ko‘rsatadi ki har dars jarayonida ,, O‘ZINI O‘ZI BAHOLASH’’ usulu 
juda yaxshi natija bermoqda.masalan har bir fan o‘qituvchisi sinf yoki guruh a’zolarini ism 
va familiyalari yozilgan plakat yoki qog‘ozni sinf doskasiga ilib qo‘yadi va dars jarayonidagi 
baholash tizimini aytib ogohlantiradi. Tashkiliy qismdan boshlangan savol javob dan keyingi 
bosqichlarda o‘quvchi o‘zi intiladi,savolga javob bergan o‘quvchi o‘zini o‘zi baholab boshlaydi. 
Qiziqtirish orqali shaxsni shakllantirishda uning faolligini oshirishda zarur omildir.Fanga 
qiziqtirishda barcha jarayonlar ishlatiladi , bilish uchun yaratuvchanlik uchun muammoli 
vaziyatlardan chiqib ketishda o‘qituvchi mahorati ish beradi, ta’sir etuvchanlik qobiliyati juda 
muhim sanaladi.Shunday qilib fanni chuqur o‘rganish,rag‘batlantiruvchi omillar shaxsi o‘quv 
materialini mazmuni o‘quv jarayonini tashkil qilish mexanizmi yaxshi bo‘lishi o‘quvchiga yetib 
boradigan qobiliyat asosida yetkaza olishi zarur. 
Ta’limda innovatsion texnologiyalar va interfaol metodlar haqida tassavvurlar juda ko‘p. 
Har bir o‘qituvchi mustaqil ravishda yangilik kiritishi va yaratishi mumkin. Innovatsion 
texnologiyalar o‘qituvchi o‘z dars faoliaytidan qoniqmasligi asosida kelib chiqadi deyish mumkin 
,chunki yangilikni sevadigan biron bir g‘oyalar ustida ishlaydigan tahlil qiladigan ,maqsadi bor 
Ustozlar orqali yangilik yaratiladi.( A. Nikolskaya ta’rifida shunday berilgan: rejalashtiriladi, 
tayyorgarlik ko‘riladi va amalga oshiriladi.) dars jarayonida o‘quvchilar toliqqanda yoki zerikish 
hosil bo‘lganda turli metod yoki o‘yinlardan foydalanish zarur, bu o‘quvchini darsga qiziqishini 
orttiradi.
Masalan ; Chet tili fanidan ,,Farqlash’’ deb nomladik va guruh o‘quvchilarini 3 guruhga 
ajratiladi har bir guruhga A- 4 qog‘ozi berib chiqiladi ( rang –tasvir ifodalanadi) unda gapni 
davom ettirish yoki rang tasvirni ifodalash tushuntiriladi: 
I- Guruh L’e`le`fant est…..
( noir, rouge, gris)
II- Guruh Le chat est…. 
( blanc, brun, vert)
III- Guruh La vache est… 
( gris, noire, brune)
Tarjimasi ; 1) FIL ( qora, qizil. kul rang) 2) Mushuk….( oq, jigar rang, yashil) 3) Sigir… ( 
kul rang, qora, jigar rang) .Bunda so‘z tarjimasini bilgan o‘quvchi to‘g‘ri javobni tez topa oladi.
Hozirgi zamon ko‘proq AKT lardan foydalanish jarayonlarida ko‘p xilma xillik uslublar 
orqali qiziqtirish mumkin.O‘qituvchi innovatsion texnologiyalarga asoslanib tashkil qilar ekan 
kompyuter, proekt, elektron doskalardan foydalnib yanada chuqurroq va qiziqarliroq dars 
o‘tkazishi mumkin.Dars mazmunini yuqori darajada bo‘lishi o‘qituvchining tajribasi va yangilik 
yaratishiga bog‘liq.Axborot almashinuv tezligi tez sur’atlarda o‘smoqda shuning uchun dars 
samaradorligini pastlashib ketmasligiga yangilik yaratish izlanish va qiziqtirish muhim omil 
hisoblanadi.
Kimyo darsida ,, Maqsad’’ deb nomlangan o‘yin uslubida o‘qituvchi sinf o‘quvchilarini guruhga 
ajratadi va mavzuga doir bo‘lmagan rasm iladi unda kimyoviy elementlar o‘quvchilarning 
xotirasida saqlab qolish qoiliyatini namoyon qilish imkoni bo‘ladi:
I- Guruhga ,, UY’’ 2- guruhga ,, Maktab’’ 3- guruhga ,,Ko‘cha’’ ( sharti: Qanday kimyoviy 
elementlardan foydalanasiz?)
O‘quvchilarga berilgan vaqt oraligida formulalarni yozish topshirig‘i beriladi, va kuzatib qaysi 
guruh faolligi aniqlanadi . Ammo o‘quvchilar ruhiyatiga ta’sir qilmasligi , balki ko‘tarinki ruhiyat 
bag‘ishlash lozim.
Hozirgi davr rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar qatorida O‘zbekistonning ta’lim 
sohasida ham ta’limni zamon talablariga muvofiqlashtirish-yangilash asri hisoblanadi. Zamonaviy 
ta’lim sistemasining maqsadi puxta bilim olish ,dunyoviy bilimlarni egallash, rivojlangan 


842
10
mamlakatlar bilan teng darajada o‘z bilimlari bilan raqobatlasha oladigan kuchli bilimli aql 
zakovatli yoshlarni tarbiyalashdir.Hozirgi yoshlarimiz bilimga chanqoq ,puxta bilim olish uchun 
harakat qiladigan yoshlardir. Ommaviy axborotlardan internet xabarlaridan bilamiz-ki O‘zbekiston 
yoshlari har jabhada o‘zlarini ko‘rsatmoqdalar,ilm –fan sohasida buyuk cho‘qqilarni zabt etishga 
harakat qilmoqdalar.
Bilim olish- bu katta kuch ,g‘ayrat, iroda va qunt talab qiluvchi aqliy mehnatdir.Shuning uchun 
o‘sib ulg‘ayib kelayotgan yoshlarning qiziqishini so‘ndirmasdan ularda irodani mustahkam qilish, 
qiyinchiliklardan qo‘rqmasdan to‘sqinlarni yengib o‘tish uchun zarur bo‘lgan ruhiy madadni 
,zakovat va bilimni har bir fan o‘qituvchisi dars jarayonlarida tushuntirib o‘rgatib borishi zarur. 
O‘qituvchi innovatsion yangilik kiritishi ,ijodiy faollikni talab qilib, yangiliklar yaratishi 
va metodlar ishlab chiqishi zarur,o‘z ornida o‘z o‘quvchilarini ham o‘z ustida ishlashga biron 
bir g‘oya yoki ijodini ko‘rsatishga undashi ,rejalari bor ammo ruhiy dalda berishni istaydigan 
,,ichimdagini top’’ deydigan qobiliyatini chiqara olmaydigan yoshlar bilan ko‘proq ishlash va 
shug‘ullanish kerak,chunki bunday yoshlar umidsizlikka ko‘proq tushib qolishadi ularni ma’nan 
va ruhan qo‘llash ,komaklashish zarur. 
Aniq bir yo‘nalishga qiziqqan bilim oluvchini o‘qituvchi anglab olishi zarur va bunda juda 
ko‘p rol o‘ynaydi va yo‘naltirishi , izlanishi va o‘z o‘rnida o‘z maslahatini ayamasligi kerak 
bo‘ladi,negaki o‘quvchi nazarida o‘qituvchi ,,daho‘’ hisoblanadi va undan madad kutadi…
Adabiyotlar:
1. Uzluksiz ta’lim sifatini va samaradorligini oshirish yo‘llari haqidagi konferensiya 
materiallari. Samarqand sh. SamDu nashri.
2. I.Karimov,,Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch’’ Toshkent. Ma’naviyat .2008
3. A. Abduqadirov ,, Ta’limda Innovatsion texnologiyalar’’ T.2008


843

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   569   570   571   572   573   574   575   576   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish