10
KIMYO FANINI O‘QITISHDA MODDALARNING TIBBIYOTDAGI AHAMIYATINI
TUSHUNTIRISH
Xo‘janiyozova Umida Qalandarovna
Urganch tumanidagi 45-sonli ixtisoslashtirilgan
maktab-internati kimyo fani o‘qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada kimyo darslarida kimyo fanini o‘qitishda moddalarning
tibbiyotdagi ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritiladi.
Tayanch so‘z va iboralar: moddalarning biologik xossalari, dorivor moddalar.
O‘zbekiston Prezidentining «2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish-
ning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham «Ta‟lim to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston Respublikasi qonunining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilab
berildi. Bundan asosiy maqsad Oʼzbekiston Respublikasida fuqarolariga taʼlim-tarbiya berish,
kasb-hunar oʼrgatishning huquqiy asoslarini va taʼlim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsi-
plarini belgilash hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini taʼminlashdan
iborat. Respublikamizda ta’lim tizimini tubdan isloh etish va uni yanada takomillashtirish ta’lim
jarayonida ilg‘or pedagogik uslub va innovatsion texnologiyalarni, hamkorlikda o‘qitish, shuning-
dek, amaliy o‘yinlar, interfaol ta’lim uslublari, axborot-kommunikasiya texnologiyalari, elektron
ta’lim resurslari va multimedia taqdimotlaridan foydalanish borasida chet-el tajribasini chuqur
va har tomonlama o‘rganib chiqish zarurligini ko‘rsatadi hamda mutlaqo yangicha ta’lim soha-
siga tizimli yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etmoqda
. Bu masalaning davlat darajasida bosqichma-bosqich tizimli yondashuv asosida izchil hal etish
zaruratini bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimini yana-da takomillashtirish yo‘lini davom etti-
rish, umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, fizika, kimyo, biologiya kabi fanlarni chuqur-
lashtirilgan tarzda o‘rganish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali
mexanizmlarini yaratishda ko‘rish mumkin. Shuning uchun ham bugungi kunda ta’lim tizimida
innovatsion pedagogik texnologiyalar faol qo‘llash, xususan kimyo fanini o‘qitish jarayonining
hayot bilan bog‘lash muhim ahamiyatga egadir. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo fanini
o‘qitishda, kimyo fani amaliyot va tajribalarga asoslangan fan ekanligini unutmagan holda ularni
amaliyot, ishlab chiqarish, hayot bilan bog‘lagan holda tashkil qilish zarur.
Hammaga ma’lumki azal-azaldan insonlar turli kasalliklarni davolashda tabiiy giyohlardan,
shifobaxsh o‘simliklardanlardan foydalanganlar, chunki ularni tarkibida inson organizmiga
biologik ta’sir etuvchi moddalar bo‘lgan. Hozirgi kunda esa tibbiyotni dori-darmonlarsiz tasavvur
qishning iloji yoq, ana shu dori- darmonlarning asosiy tarkibi esa kimyoviy moddalardir. Kimyo
fanining vazifasi moddalarni tarkibi, tuzilishi, xossalari, ishlatilishini o‘rganish bilan birga
moddalarning biologik ahamiyatini ham o‘rganishdir. Shuninhg uchun ham maktabda eng muhim
moddalarni o‘rganish davomida uning tibbiyotdagi ahamiyatiga ham alohida e’tibor berish zarur.
Quyida maktablarda kimyo fanini o‘qitishda sinflar kesimida eng muhim moddalarni
o‘rganish davomida qaysi modda qaysi kasallikni davolashda yoki tibbiyotda qanday maqsadda
ishlatilishi to‘g‘risida darsliklar va qo‘shimcha adabiyotlardan foydalangan holda ma’lumotlar
keltirmoqchiman. Zero bu ma’lumotlarni tinglagan, dars davomida shu dori -darmonlarni va
ular bo‘lmaganda turli kasalliklarni avj olishini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan o‘quvchilar kimyo fanini
o‘rganish muhim ahamiyatga ega ekanligini anglaydi va uni o‘rganiishga bo‘lgan qiziqishi
ortadi. Buning uchun kimyo o‘qitishda kompyuter texnologiyasi, AKT, multimedia vositalaridan
foydalanib shu kimyoviy moddalar asosida tayyorlangan dori-darmonlar, ular davo bo‘ladigan
kasalliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘quvchilarga taqdim qilinib boriladi.
7-sinfda kimyo kursini o‘rganganishda “Eng muhim oksidlarning ishlatilishi” mavzusini
o‘rganishda N
Do'stlaringiz bilan baham: |