10
TA’LIM – TARBIYA JARAYONIDA OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIKNING
O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Shaniyazova Sapargul O‘skinovna
Xorazm viloyat Gurlan tuman
15-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Sapargul.shaniyazova@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada ta’lim-tarbiya jarayoninga ota-onalarni jalb qilish va ular bilan
hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda erishiladiga sifat va samaradorlik o‘z aksini topgan.
Kalit so‘zlar: ota-ona, hamkorlik, ta’lim-tarbiya, oila, o‘quvchi, rag‘bat.
Farzand. U maktabga boradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi. Bu bola ilmga tashna, e’tiborga
muhtoj, rag‘batga ilhaq, ta’lim va tarbiyaning eng go‘zaliga munosib. Yozilmagan oppoq
qog‘ozga qiyoslashadi bolani, unga berilgan ta’lim va tarbiya esa uning kelajagini ko‘rsatib
beruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Zero, “Tarbiya –buyuk ne’mat, u kishi taqdirini belgilaydi”-
degan edi Belinskiy. Ta’lim - tarbiya jarayoni murakkab jarayon. Bu jarayonni bir tomonlama
olib borishning imkoni yo‘q. Bunda albatta, maktab va oila, ustoz va ota-ona hamkorligi juda
zarur. Ta’lim va tarbiya jarayoni ijtimoiy hayotning ajralmas qismi, deb qarash lozim, chunki
ta’lim-tarbiya ishlarini olib bormasdan turib, jamiyatni va shaxsning rivojlanishini tasavvur
qilish qiyin.Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmagani kabi, maktab va
oilani ham ajratib bo‘lmaydi. Oila o‘z “zimmasidagi” tarbiya funksiyasi bilan chegaralanib
qolmasligi kerak, uning yonida ta’lim deb nomlangan “egiz” tushuncha borligini va bu
funksiyaning ham oilaga aloqador ekanligini tushunib qo‘yishi lozim. Zotan, ayrim ota-onalar
ta’lim jarayoniga qiziqmasligi, farzandining o‘qish jarayoni bilan shug‘ullanmasligi kabi dilni
xira qiluvchi vaziyatlar ham uchrab turadi. Bunday vaziyatlarda esa pedagogdan talabchanlik
va sezgirlik, pedagogik mahoratini ishga solish kerakligini talab qiladi. Eng avvalo, sinf rahbar
o‘quvchi bilan ishlash davomida uning oilasi bilan tanishib, o‘quvchining tarbiya olayotgan
maskani bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi zarur. O‘quvchining ota-onasi bilan doimiy muloqotda
bo‘lishi, farzandining o‘quv-tarbiya jarayonidagi ishtirokini muhokama qilishi lozim. Bundan
tashqari ota-onalar majlislarini o‘tkazishda ham o‘qituvchidan ijodkorlik bilan yondoshish talab
qilinadi. Ingliz shoiri va dramaturgi Uilyam Shekspir o‘z asarida: “O‘z farzandini bilgan ota
donishmanddir”,-deb yozgan edi. To‘rt asr oldin yozilgan bu ibora bugunning ham dolzarb
masalasi bo‘lib qolyapti. Chunki, aksariyat otalar farzand tarbiyasiga bee’tibor. Tarbiyani onaga
topshirib, moddiy jihatdan taminlashni zimmasiga olgan xolos. Biroq shuni anglashimiz kerakki,
oilada otaning o‘rni, uning tarbiyasi, viqori, qattiqqo‘lligi yoki mehribonchiligiga bolada doimo
ehtiyoj bor. Bu narsani ayniqsa, otalar tashrif buyurgan tadbirlardan keyin bolaning yuz-ko‘zidan
anglab olish qiyin emas. Majlisga har doim otaning yoki onaning, buvi yoki buvaning kelishini
oldini olish va farzand ta’lim-tarbiyasiga butun oilani jalb qilish maqsadida majlis nomlarini
turlicha nomlash mumkin. “Otalar majlisi” deb emas “ Dadam men bilan faxrlanadi” tadbiri,
yoki “Onalar majlisi” emas, “ Men onamga kimligimni isbotlayman” tadbiri kabi nomlab, majlis
oldidan turlicha tadbirlar, tanlovlar o‘tkazish katta samara beradi. Bu tadbirlarni tomosha
qilish orqali ota-onaning o‘zlari “ Farzandimning faolligi qanday?” “ Farzandim tadbirlarda
yaxshi qatnashyaptimi?” degan savollarga javob topib ketadilar. Pedagogik tajribam mobaynida
shularni yana qo‘shimcha qilishim mumkinki, ota-onalarni darslarga jalb qilish uchun “ Ochiq
eshiklar haftaligi”ni o‘tkazish va bu haftada ota-onalarning ochiq darslarga kirib,farzandining
o‘quv jarayonidaagi ishtirokini, darsni, o‘qituvchilarni kuzatishi mumkin bo‘ladi. Xulosa
qilib aytganda, bolaga yorqin kelajak hadya qilmog‘imiz zarur. Buning uchun esa ota-ona va
o‘qituvchi-pedagogning zimmasida vazifalari bir xil. Bu vazifalarni bajarishda esa hamkorlik,
hamkorlik va yana hamkorlik kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Barkamol avlod orzusi (Tuzuvchilar: Qurboniv Sh., Saidov H., Ahliddinov R.)- Toshkent:
“Sharq” nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati, 1999.
605
Do'stlaringiz bilan baham: |