10
O‘QITUVCHI QANDAY BO‘LISHI KERAK?
Yakkabog‘ 14-IDUMI matematika fani o‘qituvchisi
Rasulova Shaxnoz Mengishevna
Insonning ulug‘ligi uning
fikrlashga bo‘lgan layoqatida
(B.Paskal)
Annotatsiya: O‘z ertangi kelajagiga befarq bo‘lmagan, yorug‘ va farovon kunlarini uning
egalari bo‘lmish yosh avlod istiqbolida ko‘rgan millat ta’lim- tarbiyaga alohida e’tibor qaratadi.
Buning uchun ta’lim muassasalari yuqori malakali o‘qituvchilar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Buyuk allomalarimiz o‘qituvchilik kasbiga oid fikrlar bildirishgan.
Kalit so‘zlar: huquqlari, kafolatlari, maqomi, majburiy mehnatga jalb etilmaslik, mehnatga
haq to‘lash, ijtimoiy muhofazasi, qo‘shimcha imtiyozlar, rag‘batlantirishlar va boshqalar.
Farobiy o‘zining,,Aql to‘g‘risida’’gi risolasining o‘zida 12 ta xislatni birlashtirgan kishigina
bolalarga tarbiya bera oladi – deb hisoblaydi. Bular: sog‘lomlik, tez anglay olish xususiyati,
xotirasi, baquvvat, zehni o‘tkir, so‘zlari aniq, fikrini ravon bayon eta oladigan, haqiqatni va
haqiqat tarafdorlarini sevadigan, yolg‘onchiga nafrat bilan qaraydigan, g‘urur va vijdonini
qadrlaydigan, mol- dunyoga mukkasidan ketmagan, adolatni sevuvchi, qat’iy, qo‘rqmas, jasur.
Abu Ali Ibn Sinoning ko‘rsatishicha, muallim, avvalo bolaning nimaga qiziqishini, qaysi
kasbga yoki san’atga mayli borligini aniqlashi zarur.
O‘qituvchi bolaga ta’lim berishga kirishishidan oldin o‘quvchining xarakterini o‘rganish va
bilim darajasini aniqlashi lozim.
Bizning o‘zbek xalqimiz nazarida o‘qituvchi, murabbiy, ustoz eng hurmatli, mo‘tabar inson
sifatida ulug‘lanadi. Ustoz-otangdek ulug‘. Ota-
ona bolani dunyoga keltiradi, ustoz esa uni yuksaklikka, osmonga ko‘taradi.
Ustozsiz shogird-jonsiz kesak.
Ustoz ko‘rmagan shogird-har maqomga yo‘rg‘alar.
Maktab o‘qituvchisining faoliyati inson shaxsining tiklantirishga qaratilgan. Muvaffaqiyatli
ishlash uchun har bir o‘qituvchi pedagogik mahoratga ega bo‘lishi zarur.
O‘zbekistonning uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning ikki muhim
ko‘rsatkichi – sifat va samaradorlik, aynan, o‘qituvchining salohiyati va kasbiy mahoratiga uzviy
aloqadordir.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov,,Yuksak ma’naviyat-yengilmas
kuch’’ asarida haqli ravishda ta’kidlanidek,,… agar dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab
bo‘lsa, kasblarnung ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylikdir, desak o‘ylaymanki,
ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz’’.
Bugun yangicha qiyofa kasb etgan, zamon talablari darajasida ta’minlangan, eng so‘nggi
rusumdagi o‘quv jihozlari bilan jihozlangan maktablar orzu emas, ayni haqiqatdir.
Hozirgi kunda yurtimizda o‘qituvchilar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.Prezidentimiz
Sh.Mirziyoyev tomonidan,,O‘qituvchi maqomi to‘g‘risida’’gi qonun qabul qilindi. Unda
o‘qituvchining huquqlari, kafolatlari, maqomi, majburiy mehnatga jalb etilmaslik, mehnatga haq
to‘lash, ijtimoiy muhofazasi, qo‘shimcha imtiyozlar, rag‘batlantirishlar va boshqalarga to‘xtalib
o‘tilgan.
Birgina
matematika
fani
o‘qituvchilarini
oladigan
bo‘lsak,
yaqindagina
Prezidentimiz,,Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish
chora-tadbirlar to‘g‘risida’’gi qarorga imzo chekdilar. Matematika sohasida sovrini 50 ming
dollor bo‘lgan Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etildi. Bundan tashqari har bir
tumanda matematika fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilishi
matematika o‘qituvchilarini, ruhlantirib yubordi.
609
10
Amir Temur bobomiz aytganlaridek,,Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r-mingni’’.Buyuk
donishmand Suqrot,,Tabiat kitobi matematika tilidan yozilgan’’ degan edi.
Shunday sharoitlardan foydalanib, biz ustozlar o‘z kasbimizga sodiq qolgan holda ta’lim
tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiya tatbiq etib, yosh avlodga yuqori saviyada bilim
berishimiz lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov I.A,,Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch’’-T.,,O‘zbekiston’’, 2015
2. Odinayeva D,,Matematika’’ mustaqil tayyorlanish uchun qo‘llanma-T.,,Yangi kitob’’ 2017
3. Alixonov S ,,Maktabda matematika o‘qitish’’-T.,,O‘qituvchi’’ 1992
610
Do'stlaringiz bilan baham: |