10
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI FANINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH.
Sayidova Shahnoza Sadriddinovna.
Buxoro viloyati Qorako‘l tumani
19- o‘rta maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.
Telefon +998930820114
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining pedagogik texnologiyalardan
foydalangan holda darslarni o‘zlashtirishi, innovatsion texnologiyalarning ushbu jarayonda tutgan
o‘rni haqida aytib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: Pedagogik texnologiya, fonetika, grafika, gap, nutq, klaster, keys, PISA test,
shaxs. muloqot, tarmoqlash.
“Ma’naviy va axloqiy poklanish, imon, insof, diyonat,
or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi chinakam insoniy
fazilatlar o‘z-o‘zidan kelmaydi. Hammasining
zaminida tarbiya yotadi”.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov
Mustaqillikning ma’naviy, ma’rifiy, axloqiy, huquqiy va mafkuraviy asoslarini mustahkamlash
jarayonida badiiy madaniyat va uning tarbiyaviy funksiyasi masalasiga jiddiy e’tibor berilmoqda.
Xususan, muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha qabul qilingan “Harakatlar
strategiyasi”, yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan
“Besh muhim tashabbus” ham aynan yoshlarni ma’naviyatini yuksaltirishga, ularni kelajakda
yetuk mutaxassis bo‘lishiga qaratilgan. Aynan ushbu amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalar
respublikamizning barcha ta’lim muassasalariga kirib bordi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ushbu o‘zgarish va loyihalardan biz boshlang‘ich ta’limda keng foydalandik. Masalan,
boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarida asosiy diqqat bolaning nutqini va lug‘at boyligini
o‘stirish, to‘g‘ri o‘qish va yozish, hamda husnixat ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratiladi .
Xususan, 1-sinfda fonetika va grafikaga oid mavzularni o‘rganishga katta ahamiyat beriladi .
Chunki bu davrda o‘quvchilar o‘qish va yozish ko‘nikmalarini egallaydilar .
Bunda o‘quvchilar quyidagilarni bilishi shart va zarur :
Tovushlarni talaffuz qilish va eshitish
Harflarni ko‘rish, o‘qish va yozish
Harf tovushning yozuvda ifodalanadigan belgisi ekanligini bilish.
O‘quvchilar mavzularni oson o‘zlashtirishlarish uchun,ularni ijodiy fikrlashga o‘rgatish
maqsadida rebus, boshqotirmalar, PISA testlaridan foydalanilsa maqsadga muvofiq boladi.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili ta’limi bolalarning tafakkur doirasini kengaytirishga, erkin
fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olishga,
jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalariga xizmat qiladi. Bu
vazifalarni amalga oshirish ko‘pincha o‘qituvchining mahoratiga bog‘liq. Hozirgi kunda darsda
o‘quvchilarning faolligini oshirish va fikrlash orqali o‘zlashtirishlarni ta’minlash maqsadida
multimediya ilovalar, PISA testlar ishlab chiqildi tayyorlandi .Ular orqali o‘quvchilarni to‘g‘ri
talaffuzga, til ma’nolarini to‘g‘ri anglashga og‘zaki va yozma nutqlarining savodli bo‘lishga
husnixat bilan yozishga o‘rgatishdir. Ona tilini o‘rgatish natijasida o‘quvchilarda o‘z fikrini to‘gri,
aniq mazmunli ohangga rioya qilib ifodalay olish va uni imloviy to‘gri yoza olish ko‘nikmalari
shakllantiriladi.
1-sinfning 2 –yarim yilligida “Gap” mavzusini klaster usulda tushuntirish juda katta
ahamiyatga ega. Bu usulning ma’nosi- fikrlarning tarmoqlanishi. “Klaster” texnologiyasi –
pedagogik strategiya bo‘lib, u o‘quvchilarni biron- bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam
beradi. O‘quvchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-
ketlik bilan uzviy bog‘langan holda tarmoqlashga o‘rgatadi. O‘quvchining fikrini jadallashtirishga
yanada rivojlantirishga o‘rgatadi. Shuningdek, aynan ushbu usul orqali o‘quvchilar shu mavzu
bo‘yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashlari mumkin.
595
Do'stlaringiz bilan baham: |