Масъул муҳаррир


PANDEMIYA SHAROITIDA TA’LIMNING UZLUKSIZLIGINI TA’MINLASH



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet414/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
PANDEMIYA SHAROITIDA TA’LIMNING UZLUKSIZLIGINI TA’MINLASH 
MASALASI
Sayidova Shahodat Toxirovna
14-umumta’lim maktabi tasviriy 
san’at va chizmachilik fani o‘qituvchisi
Buxoro viloyati Olot tumani
Annotatsiya: Ushbu maqolada M. SH. Mirziyiyev tomonidan ilgari surilgan besh tashabbusning 
bugungi kunda yoshlarni qay darajada qamrab olgani va o‘z qobilyatini namoyon qilishi haqida 
bayon etiladi. 
Kalit so‘zi: Besh tashabbus, ma’naviy ma’rifiy soha, o‘quvchilar qamrovi, Turkiy guliston 
yoxud axloq asari, pedagogika tarixi
Pandemiya sharoitida ta’limning uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan e’tiborning jamiyatdagi 
o‘rni, bizga oziq – ovqat va kiyim qay darajada ustun bo‘lsa xuddi shu darajada muhim bo‘lishi 
kerak, hozirgi sharoitda o‘quvchilar ta’limdan uzulib qolmasligini ta’minlashimiz lozim zero 
ta’lim tarbiyasiz biz mustahkam va porloq kelajak quraolmaymiz shu o‘rinda Abdulla Avloniy 
“Tarbiya – «Pedagogiya», ya’ni bola tarbiyasining fani demakdur. Ilmi axloqning asosi tarbiya 
o‘ldug‘indan shul xususda bir oz so‘z so‘ylaymiz. Bolaning salomati va saodati uchun yaxshi 
tarbiya qilmak, tanini pok tutmak, yosh vaqtidan maslakini tuzatmak, yaxshi xulqlarni o‘rgatmak, 
yomon xulqlardan saqlab o‘sdurmakdur. Tarbiya qilguvchilar tabib kabidurki, tabib xastaning 
badanidagi kasaliga davo qilgan kabi tarbiyani bolaning vujudidagi jahl maraziga «yaxshi 
xulq» degan davoni ichidan, «poklik» degan davoni ustidan berub, katta qilmog‘i lozimdur. 
Zeroki, «Hassinu axloqiko‘m» amri sharifi uzra xulqimizni tuzatmakg‘a amr o‘linganmiz. Lekin 
xulqimizning yaxshi bo‘lishining asosiy panjasi tarbiyadur. 
Lekin bu so‘z to‘g‘ri emasdur. Chunki tarbiyaning axloqga, albatta, ta’siri bo‘ladur. Oramizda 
masal borki, «sut ila kirgan, jon ila chiqar», mana bu so‘z to‘g‘ridur. Rasuli akram nabiyyi 
muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: «Beshikdan to mozorga borguncha ilm o‘rgan», – 
demishlar. Bu hadisi sharifning ma’nosi bizlarga dalildur. Hukamolardan biri: – «Har bir millatning 
saodati, davlatlarning tinch va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘lidur», – demish. 
Shariati islomiyada o‘z bolalarini yaxshilab tarbiya qilmak otalarga farzi ayn, o‘z millatining 
yetim qolgan bolalarini tarbiya qilmak farzi kifoyadur. Payg‘ambarimiz: «Bolalaringizni yetti 
yoshida namozga o‘rgatingiz. Agar o‘n yoshida o‘qimasa uringiz», –demishlar. 
Shunday o‘g‘ir bir sharoitda hammamiz birlashsak o‘quvchilarni bo‘sh vaqtini mazmunli 
o‘tkazishga erishamiz ularning tarbiyasida sustlikka yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilsak qadim 
zamonlardan tortib hozirgi kungacha bo‘lgan turli tarixiy davrlarda tarbiya maktab va pedagogika 
nazariyalarini taraqqiyotini urgandi. U sinfiy jamiyatdagi tarbiya nazariyasi va praktikasini 
sinfiy moxiyatini cheklanganligini progressiv pedagogik nazariyalarning reaksion nazariyalar 
bilan kurashni tarbiya nazariyani va praktikasining taraqqiyotidagi tarixiy qonuniyatlarini ochib 
berdi. Yosh avlodni utmishda tarbiyalash va o‘qitish nazariyasi bilan praktikasining qanday 
taraqqiy qilib kelganligini bilmay turib hozirgi jamiyatda yoshlarni mustaqillik ruxida tarbiyalash 
masalalarini ilmiy ravishda xal qilib bo‘lmaydi. Tarbiya va ta’lim nazariyasi hamda praktikasini 
tarxiy davrlardagi rivojlanishi Pedagogika tarixida urganildi. Tarbiyaning ilk shakllari ibtidoiy 
jamiyat davridayok paydo bo‘lgan: Keksa avlod mehnat jarayonida orttirgan tajribalarini yosh 
avlodga o‘rgatishga harakat qilgan. Quldorlik tuzumi davrida Sharqda tarbiyaga oid turli 
pedagogik qarashlar vujudga keldi. Demokratik, Platon, Aristotel va boshqalar qadimgi yunon 
filosoflari asarlarida tarbiyaning maqsadi vazifasi mazmuni va vositalari haqida fikrlar bildirilgan. 
Qadimgi yunon filosoflarini tarbiyada etika va psixologik birligi prinsiplariga tayanish aqliy, 
axloqiy va jismoniy birligi to‘g‘risidagi g‘oyalari pedagogik tafakkurning rivojlanishida muxim 
ahamiyatga ega bo‘lgan. Feodalizm jamiyati davrida ta’lim tarbiya ishlari xukmron feodal 
tuzumi va diniy mafkura maqsadiga qaratildi. Xususan o‘rta Osiyoda tasavvuf maslagining 
reaksion shakllari maktab va madrasalarda katta ta’sir ko‘rsatdi. Bugungi kunda yoshalrimizni 
uy sharoitida bo‘sh qolmasligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-mart kuni yoshlarga e’tiborini kuchaytirish, ularni madaniyat, 
san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnalogiyalaridan foydalanish 


593
10
ko‘nikmalarini singdirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini 
oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. 
Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 yoshdan 30 yoshgacha yigit-qizlar tashkil etadi. 
Ularning ta’lim olishi, kasb-hunar agallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga
yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. 
Yoshlar qanchalik ma’naviy barkamol bo‘lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik 
kuchli bo‘ladi. 
Ma’lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim 
asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. 
Prizidentimizning shu tashabbuslariga javoban biz ham maktabimizda turli yo‘nalishlar 
to‘garaklar va turli viktorinalaar o‘tkazib, o‘quvchilarimizning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil 
etishga harakat qilyapmiz. 
Bilamizki hozirgi vaqtda karantin tufayli o‘quvchilar uyda shunga qaramasdan ijodiy 
ishlar to‘xtab qolgani yo‘q, o‘quvchilar o‘z ustlarida ishlashib yanada tajribalarini oshirishib 
tengdoshlari bilan fikr almashinib kelishyapti. 
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. www.ziyonet.uz
2. www.kitobxon.com
3. www.ma’rifat.uz


594

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish